Tuzilmaviy (strukturali) ishsizlik



Download 15,88 Kb.
Sana27.02.2021
Hajmi15,88 Kb.
#60203
Bog'liq
Ishsizlik


Ishsizlik – bu xoʼjalik yuritishning bozor tizimi sharoitlarida ishchi kuchi taklifi va unga talabning uzluksiz oʼzgarib turishi natijasidir. Ishsizlik umumiy ishchi kuchi ommasiga kiradigan ishga layoqatlilar soni bilan mehnat faoliyatida band boʼlganlar oʼrtasidagi farq sifatida aniqlanadi.

Аgar koʼpgina bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda 1991 yilda ishsizlik meʼyori 6-12% atrofida boʼlgan boʼlsa, Shvetsiyada – 2%, Yaponiyada – 2,3%ni tashkil qilgan va bu mazkur mamlakatlarda mehnat bozorini tashkil etishning milliy modellaridan oqilona foydalanganligidan dalolat beradi.



Friktsion ishsizlik – bu ishchi kuchi taklifi va unga talabning uzluksiz oʼzgarib turishi, ish joylarining almashtirilishi natijasida doimo mavjud boʼladigan ishsizlikdir. Аmmo bu har bir alohida xodim munosabatida vaqtincha ishsizlik hisoblanadi.

Tuzilmaviy (strukturali) ishsizlik – bu ishchi kuchi taklifining tuzilmasi unga boʼlgan talab tuzilmasiga muvofiq kelmaydigan, ishlab chiqarishning eskirgan, istiqbolsiz tarmoqlari yopilib, yangilari rivojlanadigan hamda xodimlarni qayta tayyorlash va ularning ish joylarini oʼzgartirishlari uchun vaqt kerak boʼladigan davrda yuzaga keladigan ishsizlikdir.

Ixtisoslashgan ishsizlik – eskirgan ixtisos xodimlariga talabning kamayishi va ayni vaqtda yangi mutaxassisliklar boʼyicha ish joylari mavjud boʼlgan davrdagi ishsizlikdir.

Sikllik ishsizlik – bu ishlab chiqarish pasaygan sharoitlarda ish joyiga daʼvogarlar soni mavjud ish joylari sonidan ortiqcha boʼladigan davrda yuzaga keladigan ishsizlikdir. Sikllik ishsizlik shu davrda band boʼlganlar soni bilan ishlab chiqarishda milliy daromadning potentsial darajasiga erishinilgan taqdirda band qilinishi mumkin boʼlgan ish joylari soni oʼrtasidagi farq sifatida aniqlanadi.

Ixtiyoriy ishsizlik – bu ishsizlikning ayrim aholi guruhlari (uy bekalari va biror sababga koʼra ishlashni xohlamaydigan boshqa shaxslar) ixtiyoriy ishsiz boʼlgan sharoitda yuzaga keladigan ishsizlikdir.

Yashirish ishsizlik – bu ishlab chiqarishning pasayishi natijasida boʼshatilishi mumkin boʼlgan ortiqcha xodimlarning mehnat jamoalarini saqlash maqsadida korxona va tashkilotlarda ushlab turilishidir. Bu maʼmuriyat tashabbusi bilan asosan majburiy notoʼliq ish kuni (haftasi)ga oʼtish va majburiy taʼtillar (qisman haq toʼlanadigan yoki toʼlanmaydigan) berish koʼrinishida namoyon boʼladi.

Shunday qilib, ishsizlik bozor iqtisodiyotiga xos xususiyat hisoblanadi. Shuning uchun toʼla bandlik bozor xoʼjaligini rivojlantirish gʼoyasi bilan uygʼunlashmaydigan bekorchi gapdir. Аmmo, har qanday ishsizlik maʼlum doiraga olinishi kerakki, bu doirada iqtisodiy barqarorlikning oʼsishi va holatida samaradorlik rejimiga erishish mumkin boʼlsin. Bunday ideal darajaga muvofiq keladigan ishsizlik tabiiy ishsizlik nomini olgan. Kempbell R. Makkonell va Stenli P.Bryuning «Ekonomiks» kitobida qayd etilishicha, 60-yillarda АQShda band boʼlgan aholining 4% atrofidagi ishsizlik tabiiy hisoblanardi. Hozirda u 5-6%ga koʼtarilgan.

Ishsizlik darajasi rasmiy roʼyxatga olingan ishsizlarning ishlab chiqarishda band boʼlganlar soniga nisbati sifatida aniqlanadi.

Ishsizlikning davomiyligi ishdagi oʼrtacha uzilish vaqtini ifodalaydi.



Ishsizlikning tabiiy darajasi shunday bir darajadirki, unda ish haqi va narxi oshiradigan hamda pasaytiradigan omillar muvozanatda boʼladi. Bu bandlikning potentsial YaMMga muvofiq keladigan eng yuqori darajasidir. Tabiiy daraja kontseptsiyasiga koʼra, potentsial YaMMga asosiy kapital toʼla band etilganda erishilinadi. Bunda qayta ishlovchi sanoatning ishlab iqarish quvvatlaridan foydalanish indeksi taxminan 86%ga teng vaziyat tushuniladi. Ishsizlikning tabiiy darajasi nuldan yuqori, chunki ishsizlik friktsion yoki tuzilmaviy (strukturali) ishsizlik shaklida doimo mavjud boʼladi.
Download 15,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish