Microsoft Word kartografiya doc


Maktabda ishlatiladigan devoriy wquv kartalarining turlari va wquv



Download 12,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/101
Sana14.04.2022
Hajmi12,54 Mb.
#550158
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   101
Bog'liq
KARTOGRAFIYa

Maktabda ishlatiladigan devoriy wquv kartalarining turlari va wquv 
atlaslari. 
Maktablarda geografiya fanini wqitishda sinflar uchun aloh’ida kartalar 
twplami, wquv atlaslari nashr qilingan. Har bir sinf twplamiga kirgan kartalarning 
proektsiyasi, masshtabi va geografik asosi bir xil, ular faqat mazmuni bilan 
ajralib turadi. Natijada kartalarni bir-biriga taqqoslab, faydalanish h’am 
osonlashadi. Odatda bunday kartalar devoriy kartalardir. Materiklar 
geografiyasida h’ar bir materik uchun (Antraktidadan tashqari) tabiiy karta, iqlim 
kartasi, tabiiy zonalar, ah’oli kartalari berilgan bwlib, h’ar bir materikning tabiiy 
geografiyasi shu sinf wquvchisi uchun etarli ravishda aks ettirilgan. 
7-sinfda Wrta Osi
ё
va Wzbekiston tabiiy geografiyasida 1:10 000, 1:25 000, 1:50 000 masshtablarda 
topografik kartalar twplami berilgan. Bu topografik kartalar geografiya dasturidagi bazi mavzularni wtishda 
asosiy manba bwlib xizmat qiladi. Masalan, shartli belgilar, masshtablar, topografik kartalarning 
nomenklaturasi, orientirlash burchaklari (azimut, rumb, direktsion burchak va boshqalar) nuqtalarning 
geografik va twg’ri burchakli koordinatalarini, topografik kartada nisbiy va mutloq balandliklarni aniqlashda, 
relefni tasvirlash usullarini tushuntirishda, bwylama profil chizishda asosiy material bwlib h’isoblanadi. Wrta 
Osi
ё
va Wzbekiston tabiiy geografiyasini wrganishda kartalar twplami h’ar xil tabiiy geografik va mavzuli 
kartalarni wz ichiga oladi.Wzbekistonni 1:1 000 000 masshtabdagi tabiiy kartasi, geologik, tektonik, 
umumiqlim, wsimliklar, tuproqlar, h’ayvonot dun
ё
si, qazilma boyliklar, landshaft (tabiiy geografik rayonlari) 
kartalari shular jumlasidandir. Shu bilan birga tabiatni muh’ofaza qilish va ekologik kartalarini tuzish kerak, 
chunki, darslikda mavzuga tegishli materiallar bor-u, kartalari esa chop etilmagan. 
Wzbekistonning ijtimoiy va iqtisodiy geografiyasi uchun zarur bwlgan 
devoriy kartalar tuzilmoqda. Bazilari chop etilmoqda. Xorijiy mamlakatlar 
iqtisodiy geografiyasi uchun iqtisodiy-geografik kartalar, sistemasi zarur, 
h’amma wquv iqitsodiy kartalar absolyut kwrsatkichda berilgan bwlishi kerak. 
Hozirgi vaqtda wquvchilarning geografiya fani bwyicha mustaqil 
ishlashlarida, amaliy mashg’ulotlar bajarishlarida geografik wquv atlaslarning 
ah’amiyati oshib bormoqda. Maktab wquv atlaslari h’ar bir sinf uchun nashr 
qilinishi kerak. Bunday atlaslar mazmuni bwyicha wquv kompleks atlasiga 
kiradi. Chunki bunday atlaslarda umumgeografik kartalar bilan bir qatorda bir 
qancha mavzuli kartalar h’am mavjud. 
Wquv maktab atlaslari 3 qismdan tashkil topgan. 
1. Kirish qismi, yani 1-qism - unda atlasdagi kartalarni wqish uchun kerak 
bwlgan shartli belgilar, jadvallar, maxsus matnlar, mundarija va boshqalar 
beriladi, 2-qismida bevosita kerak bwlgan kartalar beriladi, 3-bwlimda 
malumotnomalar, sxema va diagrammalar beriladi. Sobiq 
İ
ttifoqi davrida nashr 
qilingan wquv atlaslarning kirish qismida plan nima, u qanday vujudga keladi? 
degan tushunchalar berilib, sinf planidan boshlab kartalarni wqish ywllarigacha 
ba
ё
n etilganki, geografiya wqituvchisi dars jara
ё
nida bu malumotlarni qaytarib 
wquvchilarga tushuntirib borishi kerak. 
Wquvchilarga atlasdagi kartalarda tasvirlangan h’ududlarning er yuzasidagi tabiiy landshaftini kwrsatish 
maqsadida, bazi bir landshaft turlarining suratlari h’am keltiriladi. Masalan, 4-sinfning tabiat zonalar 
kartasidagi Arktika zonasining tasviri aloh’ida surati berilib, muzlar va oq ayiq tasvirlangan. Wquvchi karta 
ё
rdamida wsha h’ududning landshaftini kwz oldiga keltiradi. 
Respublikamiz kartograflari geograflar bilan birgalikda wquvchilar uchun 
7-8-9-sinflarga mwljallangan «Wzbekistonni wquv atlasi» va «Xorijiy 
mamlakatlar ijtimoiy-iqtisodiy atlaslari» tuzib, nashr qilindi. Endilikda wrta 


135
maktab geografiyasi bwyicha 4,5,6-sinflar uchun geografik wquv atlaslari tuzib 
nashr qilish arafasida.

Download 12,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish