80
Relef quyidagi usullarda: perespektiv usul (shakli kwrsatilib tasvirlanadi),
shtrixlar usuli, gorizontallar usuli, gorizontallar oralig’ini bwyash usuli
(gipsometrik usul), shartli belgilar usuli, otmivka usulida, shuningdek, raqamlar
bilan va model
ё
rdamida h’am tasvirlanadi. Perespektiv usulda relef rasm
shaklida
tasvirlanib, unda relef shakllarini (tepalik, tog’ oldi balandliklar,
tog’liklar) wqish biroz oson bwladi. Lekin unda balandlik va pastliklarni
qiymatini aniqlab bwlmaydi. Bunday usul XVIII-XIX asrlarda tuzilgan
kartalarda uchraydi. Hozirgi vaqtda bu usul deyarli ishlatilmaydi.
Lekin bu usulda tasvirlangan relef aniqligi kam bwlganligi uchun undan II
asr keyin bu usul takomillashtirilib, aniq geometrik shakllar asosida chizilib
tasvirlangan. Hozirgi vaqtda bazi kartalarda (si
ё
siy-mamuriy, iqtisodiy va tarixiy)
bu usul ishlatilib uni fiziografik usul deb yuritiladi. Relef shtrix chiziqlar bilan
tasvirlanganda chiziqlarning ingichka va ywg’onligiga qaraladi.
Relef tik bwlsa
ywg’onlashtirilgan qora chiziqlar bilan kwrsatiladi. Bu usul dastlab nemis h’arbiy
xizmatchisi
İ
ogani Georg Leman tomonidan taklif qilingan, keyinroq borib rus
h’arbiy akademiyasining professori A.N.Bolotov tomonidan takomillashtirilgan.
Lekin bu usulda relefni twliq tasvirlab bwlmaydi. Er yuzasining tekislik qismini
kwrsatish juda qiyin.
60-rasm.
Relefning shtrix chiziqlar bilan tasvirlanishi.
Otmivka usuli
yirik relefli h’ududlarni tasvirlashda yaxshi samara beradi.
Bu usul qu
ё
sh nurining relefni
ё
ritish darajasini farqlashda qwl keladi. Relefning
soya tushadigan tomonlari kul rangda
ё
ki jigar rangda tasvirlanadi.
Relef
81
qancha tik bwlsa, janubi-sharqiy
ё
nbag’irlar kwproq jigar rangda
ё
ki kul rangda
aks ettiriladi. Bunday tasvirni «qiya nur bilan
ё
ritish usuli» deb yuritiladi. Lekin
qu
ё
sh nuri tik tushib, relefning h’amma
joyini
ё
ritsa soya tushmaydi. Bunda relef
rangda otmivkasiz tasvirlanadi va balandliklar farqi rang orqali berilib, relefning
past joylari, yani pasttekislikli qismi yashil rangda (200 metrgacha baland
joylar), undan balandroq joylar, yani tekisliklar och jigar rangda, 0 metrdan past
joylar twq yashil rangda tasvirlanadi.
Shtrixlar va otmivka usulida tasvirlangan
relefni wqish oson kwrinsa-da,
nisbiy balandliklarni twg’ri aniqlab bwlmaydi. Shuning uchun XIX asr oxirlariga
kelib gorizontallar usulidan foydalanila boshlandi (Bu usul twg’risida topografiya
fanida twliq malumot beriladi).
Gorizontallar kartada absolyut balandligi bir xil bwlgan nuqtalarni
tutashtiruvchi chiziqlardir. Gorizontallar balandlik farqlarini kwrsatib bersa-da,
uni wqish juda qiyin, shuning uchun gorizontallar oralig’ini h’ar xil ranglarga
bwyab kwrsatish usuli ishlatiladi. Natijada relefni wqish va balandliklar farqini
ajratish imkoni tug’ildi. Topografik kartalarda gorizontallar oralig’idagi farq h’ar 1
metrdan, 2,5-5 metrdan, 10, 20, 50 metrlardan wtkazilar edi.
Mayda masshtabli
umumgeografik kartalarda gorizontallar oralig’idagi shkalalar farqi,
tasvirlanadigan h’ududlarga bog’liqdir. Masalan, Wrta Osi
ё
ning relefi h’ar xil
bwlgani uchun, quyidagi shkala qabul qilingan: 0 metrdan past joylar twq yashil
rangda (asosan botiqlar tasvirlanadi), 0-100 metrgacha yashil rangda, 100-200
metrgacha och yashil rangda tasvirlanadi. 200-400 metrgacha och jigar rang,
balandligi oshib borgan sari jigar rang quyuqlashib boraveradi (Wzbekiston
h’ududi tasvirlanganda 1000-gorizontal albatta kwrsatiladi, chunki undan baland
joylarda paxta ekilmaydi). Bunday usul gorizontallar oralig’ini bwyab kwrsatish
usuli deb yuritiladi. Bu usulda relefni tasvirlash kartografiyada
gipsometrik usul
deb ataladi, bu usul izogips (teng balandlik) larga asoslangan.
Gipsometrik
usulda tasvirlangan relef 10-16-pog’onada berilishi mumkin. Bu usuldan suv osti
relefini tasvirlashda h’am foydalaniladi, suv osti relefi kwk rangda beriladi, bu
batimetrik usul deb yuritiladi.
Yuqoridagi usullar
ё
rdamida relefning h’amma xususiyatlarini twliq
tasvirlab bwlmaydi, masalan, tog’li h’ududlarda er betiga chiqib turgan tog’
jinslari, g’orlar, jarliklar va boshqalar. Gorizontallar bilan tasvirlab bwlmaydigan
bunday relef shakllari maxsus shartli belgilar bilan kwrsatiladi.
Joylardagi
balandlik farqlarini aniqlash uchun relefni xarakterli nuqtalarining absolyut
balandliklari (masalan, tog’ chwqqilari va xarakterli nuqtalar) raqam bilan
ё
zilib
qwyiladi.
Gipsometrik usulda tasvirlangan relefni wqish uchun karta legendasida
berilgan chuqurlik va balandliklar shkalasidan foydalanish zarur. Bu shkala
asosida kartadagi 2 nuqta orasining kwndalang kesimini (profilini) chizib, relefni
yanada aniqroq va chuqurroq wrganish mumkin.
Bunday kwndalang profil Wzbekiston geografik atlasining (1999) Tabiiy
geografik kartasida (8-9-betlar) berilgan bwlib, 2 masshtabda (gorizontal
masshtab 1:4 mln. vertikal masshtab 1:100 000) va 2 xil ywnalishda berilgan.
82
Relefni ikkinchi bir plastik (tekis) usulda yani fotorelef usulida h’am
tasvirlash mumkin. Lekin bu usul relefning
qanday balandlikda, qanday
qiyalikda tasvirlashga bog’liq. Bunda tasvirlana
ё
tgan joyning modeli h’osil
bwladi, undan umumiy tushuncha h’osil qilish uchun foydalanish mumkin.
Kosmosdan va samol
ё
tdan olingan suratlar orqali h’am relefning tasvirini
wqish mumkin.
Relefning eng yaxshi tasviri karta-model (relefli karta) h’isoblanadi. Bu 2
xil masshtab ishlatish ywli bilan h’osil bwladi. Bu usulda SNG ning bir qancha
h’ududlari (masalan, Karpat tog’lari, Qrim, Kavkaz, Ural tog’lari) tasvirlangan.
Relefni tasvirlashda va uni kartaga tushirishda kompyuter grafikasidan
h’am foydalanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: