VI BOB. JAMIYATNING FAOLIYATI USTIDAN NAZORAT QILISh
45-modda. Jamiyatning taftish komissiyasi (taftishchisi)
Oldingi
tahrirga qarang.
Jamiyatning ustavida jamiyatning taftish komissiyasini tuzish (taftishchisini saylash)
nazarda tutilishi mumkin. Jamiyatning ishtirokchisi bo‘lmagan shaxs ham jamiyat taftish
komissiyasining a’zosi (taftishchisi) bo‘lishi mumkin.
(45-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-martdagi O‘RQ-760-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.03.2022-y., 03/22/760/0249-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Agar jamiyatning ustavida nazarda tutilgan bo‘lsa, jamiyatning taftish komissiyasi
(taftishchisi) vazifasini jamiyat bilan, jamiyat kuzatuv kengashining a’zolari bilan ishonchli
boshqaruvchi bilan, jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini bajaruvchi
shaxs bilan, jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi a’zolari va jamiyatning ishtirokchilari bilan
mulkiy manfaatlar bilan bog‘liq bo‘lmagan auditorlik tashkiloti amalga oshirishi mumkin.
(45-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-martdagi O‘RQ-760-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.03.2022-y., 03/22/760/0249-son)
Jamiyat kuzatuv kengashining a’zolari, jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi
organi vazifasini amalga oshiruvchi shaxs va jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi a’zolari
jamiyat taftish komissiyasining a’zolari (taftishchisi) bo‘lishlari mumkin emas.
Jamiyatning taftish komissiyasi (taftishchisi) jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishi
tomonidan jamiyatning ustavida belgilangan muddatga saylanadi.
Jamiyat taftish komissiyasi a’zolarining soni jamiyatning ustavida belgilanadi.
Jamiyatning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tekshirish taftish komissiyasining tashabbusiga,
ishtirokchilar umumiy yig‘ilishining, kuzatuv kengashining qaroriga yoki jamiyat ishtirokchilari
umumiy ovozlari sonining jami kamida o‘ndan bir qismiga ega bo‘lgan jamiyat ishtirokchilarining
talabiga binoan bir yillik yoki boshqa davr uchun faoliyat yakunlariga ko‘ra amalga oshiriladi.
Jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) talabiga binoan jamiyat kuzatuv
kengashining a’zolari, jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga
oshiruvchi shaxs, jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi a’zolari, shuningdek jamiyatning
xodimlari og‘zaki yoki yozma shaklda zarur tushuntirishlar berishlari shart.
Jamiyatning taftish komissiyasi (taftishchisi) jamiyatning yillik hisobotlarini va buxgalteriya
balanslarini ular jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishida tasdiqlanguniga qadar majburiy
tartibda tekshirishdan o‘tkazadi.
Jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) ish tartibi jamiyatning hujjatlari bilan
belgilanadi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |