VII BOB. JAMIYATNI QAYTA TAShKIL ETISh VA TUGATISh 49-modda. Jamiyatni qayta tashkil etish Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining qaroriga binoan jamiyat ushbu Qonunda
nazarda tutilgan tartibda qayta tashkil etilishi mumkin.
Jamiyatni qayta tashkil etish qo‘shib yuborish, birlashtirish, bo‘lish, ajratib chiqarish va
qayta tuzish shaklida amalga oshirilishi mumkin.
Jamiyat, birlashtirish shaklidagi qayta tashkil etish hollarini istisno etganda, qayta tashkil
etish natijasida tuziladigan yuridik shaxslar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran qayta
tashkil etilgan deb hisoblanadi.
Jamiyat unga boshqa jamiyatni birlashtirish shaklida qayta tashkil etilganda ulardan
birinchisi yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga birlashtirilgan jamiyat faoliyati tugatilgani
haqida yozuv kiritilgan paytdan e’tiboran qayta tashkil etilgan deb hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang. Qayta tashkil etish natijasida tuzilgan jamiyatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va qayta
tashkil etilgan jamiyatlarning faoliyatini tugatish to‘g‘risidagi yozuvlarni kiritish, shuningdek ustavga
kiritilgan o‘zgartishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga
oshiriladi.
(49-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683- sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Jamiyatni qayta tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran, jamiyat
qo‘shib yuborish yoki birlashtirish shaklida qayta tashkil etilganda esa bu haqda qo‘shilishda yoki
birlashtirishda ishtirok etayotgan jamiyatlardan oxirgisi tomonidan qaror qabul qilingan sanadan
e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay jamiyat bu haqda jamiyatning o‘ziga ma’lum barcha
kreditorlarini yozma ravishda xabardor qilishi va qabul qilingan qaror haqida ommaviy axborot
vositalarida xabar e’lon qilishi shart. Bunda jamiyat kreditorlari o‘zlariga xabarnomalar yuborilgan
sanadan e’tiboran o‘ttiz kun ichida yoki qaror qabul qilingani to‘g‘risida xabar e’lon qilingan sanadan
e’tiboran o‘ttiz kun ichida jamiyatning tegishli majburiyatlari muddatidan ilgari tugatilishini yoki
bajarilishini va ko‘rgan zararlarining o‘rni qoplanishini yozma ravishda talab qilishga haqlidir.
Qayta tashkil etish natijasida tuzilgan jamiyatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta tashkil
etilgan jamiyatlarning faoliyatini tugatish to‘g‘risidagi yozuvlarni kiritish ushbu moddaning
oltinchi
qismida
belgilangan tartibda kreditorlar xabardor qilinganligining dalillari taqdim etilgan
taqdirdagina amalga oshiriladi.