Ushbu moddaning
birinchi qismida
ko‘rsatilgan shaxslar jamiyatning ustavida belgilangan
boshqa hollarda ham jamiyatning bitim tuzishidan manfaatdor shaxslar deb e’tirof etiladi.
Ushbu moddaning
birinchi qismida
ko‘rsatilgan shaxslar:
ular, ularning erlari (xotinlari), ota-onalari, bolalari, aka-ukalari, opa-singillari va (yoki)
affillangan shaxslari aksiyalarining (paylar ulushlarining) yigirma va undan ortiq foiziga ega bo‘lgan
yuridik shaxslar to‘g‘risidagi;
ular, ularning erlari (xotinlari), ota-onalari, bolalari, aka-ukalari, opa-singillari va (yoki)
ularning affillangan shaxslari boshqaruv organlarida lavozimni egallab turgan yuridik shaxslar
to‘g‘risidagi;
ular tuzilishidan manfaatdor deb e’tirof etilishi mumkin bo‘lgan tuziladigan yoki taxmin
qilinadigan bitimlar to‘g‘risidagi axborotni jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining e’tiboriga
yetkazishlari kerak.
Tuzilishidan manfaatdorlik bo‘lgan bitimlarni jamiyat tuzishi to‘g‘risidagi qaror jamiyat
ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi tomonidan jamiyatning uning tuzilishidan manfaatdor
bo‘lmagan ishtirokchilari umumiy ovozlarining ko‘pchilik ovozlari bilan qabul qilinadi.
Agar bitim jamiyat bilan boshqa taraf o‘rtasida, bitim tuzilishidan manfaatdor shaxs ushbu
moddaning
birinchi
va
ikkinchi
qismlariga muvofiq shunday shaxs deb e’tirof etiladigan paytga qadar
bo‘lgan, odatdagi xo‘jalik faoliyati jarayonida tuzilgan bo‘lsa, manfaatdorlik bo‘lgan bitimni tuzish
ushbu moddaning
beshinchi qismida
nazarda tutilgan jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining
qarorini talab qilmaydi (jamiyat ishtirokchilarining keyingi umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladigan sanaga
qadar qaror talab qilinmaydi).
Tuzilishidan manfaatdorlik bo‘lgan va ushbu moddada nazarda tutilgan talablar buzilgan
holda tuzilgan bitimlar jamiyatning yoki uning ishtirokchisining da’vosi asosida sud tomonidan
haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Manfaatdor shaxs jamiyat oldida o‘zi tomonidan jamiyatga yetkazilgan zarar miqdorida
javobgar bo‘ladi. Agar bir necha shaxs javobgar bo‘lsa, ularning jamiyat oldidagi javobgarligi solidar
bo‘ladi.
Jamiyatda jamiyatning kuzatuv kengashi tuzilgan taqdirda, tuzilishidan manfaatdorlik
bo‘lgan bitimlarni tuzish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish jamiyatning ustavi bilan uning vakolatlari
jumlasiga kiritilishi mumkin, bitim yoki bitimning predmeti bo‘lgan mol-mulkning qiymati bo‘yicha
haq to‘lash summasi jamiyatning oxirgi hisobot davridagi buxgalteriya hisobotlari ma’lumotlari
asosida aniqlangan mol-mulki qiymatining besh foizidan ortiq bo‘lgan hollar bundan mustasno.
Do'stlaringiz bilan baham: