Bog'liq «ТЕХНОЛОГИК ЖАРАЁНЛАРНИ АВТОМАТЛАШТИРИШ ВА МОДЕЛЛАШТИРИШ» (3)
1. Umumiy ma’lumotlar. Kirish signalini bir necha 10 va 100 marta kuchaytirish uchun xizmat qiluvchi element signal
kuchaytirgich deb ataladi. Qurilmaga kiruvchi va undan chiquvchi signallarni fizik tabiati
o‟zgarmaydi. Bunday element vositasida kirish signali quvvatini kuchaytirish tashqi energiya manbaini
talab etadi. Bunday signal kuchaytirgichlar elementlarini avtomatik sistemalarda qo‟llashning asosiy
sababi datchiklardan olinadigan chiqish signallarini juda zaifligidir (10
-4
- 10
-5
Vt).
Signal kuchaytirgichlar tashqi energiya manbainingturiga qarab elektrik, pnevmatik, gidravlik
va boshqa tiplarga bo‟linadi. Bunday kuchaytirgichlar statik xarakteristikasi va kuchaytirish
koeffisientlari bilan bir-biridan farq qiladi. Kuchaytirish koeffisienti va tashqi energiya manbaining
quvvati kuchaytirgichlarni xarakterlovchi asosiy parametrlar hisoblanadi.
Kuchaytirish koeffisienti quyidagicha ifodalanadi:
K=X ch / X k (1) Bunda X
ch
– kuchaytirgichning chiqishdagi signal, X
k
– kirishdagi signal.
Elektrik signal kuchaytirgichlarning kuchaytirish koeffisienti signalning quvvati R, toki 1 yoki
kuchlanish orqali ifodalanishi mumkin, ular mos ravishda quvvat bo‟yicha kuchaytirish koeffisienti,
tok bo‟yicha kuchaytirish koeffisienti va kuchlanish bo‟yicha kuchaytirish koeffisienti deb ataladi.
Barqaror rejimdagi chiqish signali X
ch
bilan kirish signali X
k
orasidagi bog‟lanish X
ch
=f(X
k
) signal
kuchaytirgichlarning statistik xarakteristikasi deb ataladi. 1-rasm.
Statik xarakteristikalarga ko‟ra kuchaytirgichlar uzluksiz va uzlukli xarakteristikali (1 rasm)
signal kuchaytirgich turlariga bo‟linadi. Uzluksiz xarakteristikali signal kuchaytirgichlar sifatida
elektron, magnit, gidravlik, pnevmatik signal kuchaytirgichlarni ko‟rsatish mumkin. Uzlukli
xarakteristikali kuchaytirgichlarga rele tipdagi hamma kuchaytirgichlar kiradi.
Signal kuchaytirgich elementlariga quyidagi talablar qo‟yiladi:
1)kuchaytirgichning chiquvchi signali (quvvati) ijrochi elementni ishga tushirish uchun etarli.
2) sezgirligi yuqori.
3) inersionligi kam
4) xarakteristikasi to‟g‟ri chiziqqa yaqin bo‟lishi kerak.
Kuchaytirgichlarning tezkorligiga ham katta ahamiyat beriladi. Bu ularning dinamik
xarakteristikasi X
ch
(t) asosida yoki vaqt doimiysi T(s) bo‟yicha aniqlanadi. Elektron va yarim
o‟tkazgichli kuchaytirgichlar eng yuqori tezkorlikka ega. Elektron kuchaytirgichlarning vaqt doimiysi
T=10
-6
-10
-10
s, pnevmatik kuchaytirgichniki esa T=1-10
-1
s ga teng. Signal kuchaytirgichlarning kirish
R
2
va chiqish R
3
qarshiliklari turlicha bo‟ladi. R+U
a
=const.
Х
к
а)
Х
ч
Х
ч
Х
к
б)