Улуғмуродов н. Х



Download 4,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/187
Sana14.04.2022
Hajmi4,43 Mb.
#549733
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   187
Bog'liq
«ТЕХНОЛОГИК ЖАРАЁНЛАРНИ АВТОМАТЛАШТИРИШ ВА МОДЕЛЛАШТИРИШ» (3)

3-4 - MA’RUZALAR. 
 
MAVZU: AVTOMATIKA VA AVTOMATLASHTIRISH ELEMENTLARI. 
Reja: 
1.
Umumiy ma‟lumotlar. Meterologiya elementlari. 
2.
Sezuvchi elementlar. 
3.
Signal kuchaytiruvchi elementlar. 
4.
Ijrochi elementlar. 
5.
Boshqarish elementlar. 
Adabiyotlar: 
1. Yusupbekov N.R. va boshqalar. “Texnologik jarayonlarni boshqarish sistemalari”, -Toshkent, 1997 
y. 
2. Yusupbekov N.R. va boshqalar. “Avtomatika va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish.”, -
Toshkent, 1982 y. 
3. Mansurov X.N. “Avtomatika va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish”,-Toshkent 1987 y. 
4. Майзель М.М “Основы автоматики и автоматизации производственных процессов ”, - 
Toshkent, 1964 
 
1. Umumiy ma’lumotlar 
Inson eng avval og‟ir jismoniy mehnat turlari (energiya va haraktlantiruvchi kuch manbai 
vazifasini bajarish)dan ozod bo‟lishga erishgan. Bu o‟rinda u tabiiy energiya manbalaridan (suv, 
shamol va b) foydalangan. Keyinchalik bug‟ va elektr mashinalarini yaratilishi va ularning ishlab 
chiqarishda qo‟llanilishi bilan bog‟liq bo‟lgan fan va texnika taraqqiyotining birinchi bosqichi ishlab 
chiqarish jarayonlarini mexanizasiyalash fazasi boshlandi. 
Sanoatda qo‟llanilishi mumkin bo‟lgan eng birinchi texnik vosita rus mexanigi I.I. Polzunov 
tomonidan (1765 yil) yaratilgan. Bu qurilma bug‟ mashinasining bug‟ qozonidagi suv sathi 
balandligini bir me‟yorda odam ishtirokisiz saqlab turishga mo‟ljallangan qurilma edi.
1784 yilda ingliz mexanigi J. Uatt ikkinchi masalani hal qildi. Bug‟ mashinasining aylanish 
tezligini rostlay oladigan avtomatik qurilma regulyatorini yaratdi. Bu ikki texnik qurilma yordamida 
o‟sha paytdagi texnologik mashinalarni ishonchli o‟zgarmas tezlikda ishlashi birmuncha ta‟minlangan 
edi. 
Texnologik jarayonlarni harorat, bosim, modda sarfi va sath kabi parametrlarga ko‟ra 
boshqarish, ko‟pincha, talab etilgan sifatdagi maxsulotlar olishga kafolat bera olmadi. Ko‟pgina 
hollarda ishlab chiqariladigan maxsulotlarning tarkibi va fizik xossalarini avtomatik tarzda nazorat 
qilish zarurati tug‟iladi. Texnologik jarayonlar davomida qayta ishlanayotgan moddalarning tarkibi va 
ularning fizik xossalari o‟zgaradi, bu parametrlarni nazorat qilish texnologik jarayonlarni borishi 
to‟g‟risida bevosita fikr yuritishga imkon beradi, chunki ular ishlab chiqarilayotgan moddalarning 
tarkibini fizik xossalarini nazorat qilish asosiy masalalardan biridir. Shu munosabat bilan keyingi 


50 
yillarda analitik asbobsozlikning jadal rivojlanishi sodir bo‟lmoqda. 
Moddalarning tarkibi va fizik kimyoviy xossalari haqidagi axborotini olish uchun 
qo‟llaniladigan o‟lchash vositalarini analizatorlar deb atash qabul qilingan. 
Avtomatik analizatorlar tahlil qilinayotgan muhitning tarkibini emas, balki aniq fizik 
parametrni o‟lchaydi, uning o‟zgarishi bu muhitda aniqlanayotgan komponentlarning miqdoriy sifatiy 
o‟zgarishlarini ifodalaydi. 
Turli xil belgilar bo‟yicha analitik o‟lchash vositalarini tavsiflash ancha qiyin. O‟lchash 
vositalari tahlil uslubi, tahlil qilinayotgan muhitning xossalari, komponentlar soni, ijro etishi, chiqish 
signali, axborotni berish uslubi va hokazolar bo‟yicha tavsiflanishi mumkin. 
Gazlarni avtomatik analiz qilish uchun quyidagi usullar qo‟llaniladi: namunani oldindan 
o‟zgartirmasdan termokonduktometrik, termomagnit, adsorbsion, optik (infraqizil va UB nur 
yutiladigan), pnevmatik usullar: namuna oldindan o‟zgartiriladigan usullar elektrokimyoviy, 
termokimyoviy, 
fotokolorimetrik, 
alanga 
ionlashuv, 
aerozol 
ionlashuv, 
xromotografik, 
massaspektrometrik usullar. 
Suyuq muhitlarnin tarkibini va fizik xossalarini avtomatik nazorat qilishda sanoatda sinov 
moddasini dastlabki o‟zgartirishsiz tahlil qilish uslubi keng tarqaldi: konduktometrik, potensiometrik, 
poliografik, dielkometrik, optik (refroktometrik, polyarizasion, turbodimetrik, nefilometrik) to‟yingan 
bug‟ bosimlari bo‟yicha, radio izotopli, mexanik (zichlik), kinematik (qovushqoqlik) va boshqalar 
hamda sinov moddasini dastlabki o‟zgartirish bilan titrometrik. 
Namlik miqdorini o‟lchash vositalari alohida guruhga ajratiladi. Mexanik parametrlarni 
(o‟lchamlarni, siljishlarini, kuchlarni, tezliklarni va h.) nazorat qilish asboblarini turli texnologik 
jarayonlarni avtomatlashtirishda keng qo‟llanilmoqda. Bunda qalinlikni, chiziqli va burchakli 
siljishlarni, burchak tezliklarni (mashina va mexanizmlarning aylanishlar sonini), kuchlanishlarni 
deformasiyalarni, tebranishlarni va b.larni o‟lchash talab qilinadi. Chiqindi o‟lchamlarning 
o‟lchashning elektr usullarini kichik o‟lchamlarini o‟lchash usullariga ajratish mumkin. 
Mexanik harakatning asosiy parametrlari siljish, tezlik va tezlanish o‟zaro oddiy differensial 
bog‟lanishlar bilan bog‟langanligi ma‟lum. harakat paramertlarining bu xossasi ularning o‟lchash 
asboblarini yasashda foydalaniladi. Harakat parametrlarini o‟lchash usullari ikki asosiy guruhga 
bo‟linadi: birinchi guruhga harakatdagi ob‟ekt bilan harakatsiz deb qabul qilingan sistema o‟rtasidagi 
bevosita kontaktni amalga oshirishga asoslangan usullar kiradi. 
Tezliklarni va tezlanishlarning o‟lchov asboblar velosimetr va aksilometr deyiladi. Vibrasion 
sidjishlarni o‟lchovchi asboblar vibriometr deyiladi. Kuch, bosim va aylanuvchi momentlarni elektrik 
o‟lchash o‟sullari bir-biriga ancha o‟xshash va ikki xil turga ajralishi mumkin: tabiiy kattaligi 
o‟lchanayotgan kattalikning o‟zi bilan o‟zgartirgichlardan foydalanishga asoslangan usullar va 
o‟lchanayotgan kuchlarning ta‟sirida bo‟ladigan elastik elementlarning materialidagi mexanik 
kuchlanishlarni o‟lchashga asoslangan usullar. Mexanik parametrlarni nazorat qilish uchun elektrik 
o‟zgartirgichlar ishlash prinsipiga ko‟ra potensiometrik, tenzometrik, sig‟imli, induktiv va boshqa 
turdagi datchiklarga bo‟linadi. Shularning ayrimlari bilan tanishib chiqamiz. 
2. Sezuvchi elementlar 

Download 4,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish