2-rasm. Qurbaqa terisining ekvivalent sxemasi.
Yuqorida bayon etilganlar natriy ionlari teri orqali xlor ionlariga bog`liq bo`lmagan holda
aktiv tashiladi, degan fikrni tasdiqlaydi.
39
1-laboratoriya ishi
Qurbaqaning o`ldirilgan terisi orqali vujudga keladigan konsentrasion potensialning muhit
pH darajasiga bo`lgan munosabatini o`rganish
Ish uchun zarur vositalar:
millivoltmetr, elektrodlar sistemasi uchun mo`ljallangan
shtativ, xlorlangan kumush elektrodlar, plastmassa naycha bo`lagi (diametri 1,5-2,0 sm), o`sha
naychaga mos o`rtasida agarli sifonga mo`ljallangan teshigi bor rezina tiqin, kristallizator yoki
katta stakan, mazkur stakanga mo`ljallangan o`rtasida plastmassa naychaning tashqi diametriga
mos teshikka ega qopqoq, uchlariga qog`oz pilik tiqilgan va II shaklli agarli sifonchalar, kontakt
eritmalar uchun mo`ljallangan va kaliy xloridning to`yingan eritmalari to`yingan stakanchalar,
kaliy xloridning to`yingan va 1N eritmalari, sirka kislota va uning kaliyli tuzi eritmalari (1N), 50
ml hajmi o`lchov silindri va stakanchalar, 1 va 10 ml hajmga ega pipetkalar, preparat to`plami va
qurbaqalar.
Dastlab sirka kislota va uning kaliyli tuzi (1N) eritmalaridan pH darajasi 3,6; 4,4; 4,8; 5,2
va 6,0 ga teng bufer eritmalari tayyorlanadi. So`ngra mazkur bufer eritmalarni suyultirish yo`li
bilan ularning har qaysisidan 50 ml hajmli, konsentratsiyalari 0,1; 0,01; 0,001 M ga teng
eritmalar tayyorlab olinadi.
Harakatsizlantirilgan qurbaqaning qorin tomonidan plastmassa naychaning stakanga
tushiriladigan tomonini to`la qoplay oladigan kattalikda teri parchasi qirqib olinib, epiteliy qavati
tashqariga qaragan holda mahkam bog`lanadi. Shu tarzda hosil qilingan teri taglik "idishga"
kaliy xloridning 1N eritmasi quyiladi va eritma "idishda" 1 minut davomida qoldirilib, keyin esa
kaliy xlorid eritmasi pH=3,8 bufer eritmaga almashtiriladi. Millivoltmetr ham elektr tarmog`iga
ulanadi. U qizib, o`z rejimiga tushib olguncha, rasmda ko`rsatilgandek qilib, o`lchash moslamasi
yig`iladi (12-rasm). Yuqorida bayon etilgan tarzda tayyorlangan teri taglik "idish"
kristallizatorning qopqoqiga o`rnatiladi va shu holatda stakandagi 0,1 M, pH=3,8 bufer eritmaga
tushiriladi. II-shaklidagi agarli sifonning pilik tiqilgan uchi, plastmassa naychaning ikkinchi
tomoniga tiqilgan tiqindagi teshik orqali uning ichidagi eritmaga, ikkinchi bandi esa kontakt
eritmalarning biriga tushiriladi. Keyin S-shaklidagi agarli sifonning katta yelkali uchi ikkinchi
kontakt eritmaga, kalta bandli pilik tiqilgan uchi esa stakandagi eritmaga shunday tushiriladiki, u
terining tashqi yuzasiga tegib tursin. Terining tashqi yuzasi bilan kontakt hosil qiluvchi elektrod
millivoltmetrning manfiy qutbiga, terining ichki yuzasi bilan kontakt hosil qiladigan elektrod
esa, asbobning musbat qutbiga ulanadi. Millivoltmetr qizib olganidan so`ng, dastlab 15 minut
davomida, 5 minut interval bilan potensiallar farqi uch marta o`lchab olinadi. Keyin esa
stakandagi eritma, 0,1 M bufer eritmasining pH darajasi 4,4; 4,8; 5,2 va 6,0 eritmalariga
almashtirilgan holatlari uchun potensiallar farqlari alohida-alohida o`lchab olinadi. So`ngra
stakandagi 0,1 M bufer eritmalar o`rniga 0,01 M, pH darajasi yuqorida ko`rsatilgan kattaliklarga
ega eritmalarda potensiallar farqlari o`lchanadi. Oxirgi o`lchash ishlari 0,001 M eritmaning pH
darajasi har xil bo`lgan eritmalarida ham bajariladi.
O`lchash ishlari tamomlangach, tajriba davomida ishlatilgan bufer eritmalarning har bir
jufti va ularning pH darajalariga mos keladigan konsentrasion potensiallar farqlarining nazariy
kattaliklari, Nernst tenglamasiga binoan, hisoblab topiladi. O`lchov natijalari va ularga tegishli
potensiallar farqlarining nazariy qiymatlari quyidagi jadvalga ko`chiriladi:
6
-jadval
Bufer
eritmalarning
konsentratsiyalari(M)
.
Muhit pH darajasi
3,3
4,4
4,8
5,2
6,0
Potensiallar farqi, mV
Taj.
Naz.
Taj.
Naz.
Taj
Naz.
Taj.
Naz.
Taj
Naz
40
Tajriba
ma`lumotlari
asosida,
teri
potensiallar
farqining
bufer
eritmalari
konsentratsiyalari va ularning pH darajalariga bog`liqligini aks ettiruvchi grafik chiziladi. Bunda
abssissa o`qiga muhit pH darajasi, ordinata o`qiga esa, millivoltlarda ifodalangan potensiallar
farqining kattaliklari tushiriladi. Hosil qilingan chiziqlar tepasiga tegishli konsentratsiyalar
juftlarining kattaliklari yozib qo`yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |