41
eritmasiga almashtiriladi va 30 minut davomida, 5 minutlik interval bilan,
potensiallar farqi
o`lchanadi. Keyin esa sulfatli Ringer eritmasi normal Ringer eritmasiga almashtiriladi, 10 minut
davomida potensiallar o`lchanadi, yozib olinadi.
Mazkur mashg`ulotni sulfatli Ringer eritmasi o`rniga mis sulfat kristallaridan foydalanish
orqali ham bajarish mumkin. Bunda mis sulfat kristallari tashqi eritmaga tashlanishi shart.
Qo`lga kiritilgan ma`lumotlar asosida xlor ionini sulfat ioniga almashtirilishining teri
potensiallar farqiga ko`rsatadigan ta`sirini aks ettiruvchi grafik chiziladi.
Eslatma.
Ish davomida terining hayotiyligini saqlash uchun teri tushiriladigan tashqi
eritmalar, hamma vaqt havo bilan to`yintirilib turilishi shart. Buning uchun ham
mikrokompressordan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
11. OKSIDLANISH-QAYTARILISH POTENSIALLARI
Biokimyoviy jarayonlarda ionlarning tashilishi va taqsimlanishi bilan bir vaqtda, turli
ionlar va molekulalararo elektronlarning tashilishi ham ro`y beradi. Bunda ba`zi molekulalar
oksidlansa, boshqalari qaytariladi. Natijada ularning zaryadlari o`zgaradi. Aytilganlarni molekula
tarkibida temir ionlari
tutuvchi fermentlar misolida, quyidagicha tasvirlash mumkin:
3
2
Fe
Fe
e
Umuman, oksidlanish bu elektron yo`qotish, qaytarilish esa elektron qabul qilishdan
iborat jarayonlardir. Shunga binoan, oksidlovchi-bu kislorod singari, o`ziga elektron birlashtirib
oluvchi birikma (elektron akseptori) bo`lsa, qaytaruvchi esa, vodorod singari, o`zidan elektron
ajratadigan (elektron donari) birikmadir.
Elektron qabul qilish va elektron ajratish har doim bir vaqtda ro`y beradigan bo`lgani
uchun, elektronlarning molekulalararo tashilshini oksidlanish-qaytarilish jarayoni deb ataladi.
Oksidlovchi bilan qaytariluvchiaro elektronlar va vodorod ionlarining
tashilish tezliklari
vaqt davomida o`zgarmas bo`lib qoladigan paytda dinamik muvozanat kelib chiqadi. Tashilish
tezligi sekinlashganda muvozanat qaytarilgan birikmaning yig`ilishi tomon surilsa, tezlik
oshganda muvozanat oksidlangan birikmalar to`planishi tomon siljiydi. Demak, har qanday
oksidlanish-qaytarilish sistemasini oksidlangan forma aktivligining qaytarilgan forma aktivligiga
bo`lgan nisbati, ya`ni
red
ox
-shaklida ifodalash mumkin. Mazkur
nisbatning katta qiymati
sistemaning oksidlovchi (yoki elektron akseptori) sifatida, kichik qiymati esa uning qaytaruvchi
(yoki elektron donari) sifatida ishlashini bildiradi. Odatda, muvozanatning siljishi, boshqacha
aytganda, oksidlovchi bilan qaytaruvchi formalararo nisbatning o`zgarishi natijasida sistemada
mavjud bo`lgan potensiallar farqi (oksidlanish-qaytarilish potensiali-redoks potensial) kattaligi
ham o`zgarmaydi.
Shu tufayli, redoks potensial kattaligi berilgan sistemada ro`y berayotgan
oksidlanish-qaytarilish jarayonlarning xarakteri, yo`nalishi va ularning jadalligi haqida ma`lumot
beruvchi manbaaga aylanadi.
Sistemaning redoks potensiali-E nisbat
red
ox
- ga quyidagicha bog`langan:
red
ox
In
Fn
RT
E
E
0
(1)
bu yerdagi E
0
-sistemaning standart redoks potensiali, n-tashiluvchi elektronlar soni.
Standart potensial (E
o
) kattaligi sistemaning oksidlovchilik yoki qaytaruvchilik qobiliyati
miqdorini xarakterlaydi. U musbat qiymatga ega bo`lganda sistema
standart potensiala manfiy
sistemaga nisbatan oksidlovchi bo`la oladi.
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida elektronlarning tashilishi OH
-
ionlarning paydo
bo`lishiga bog`liq holda, kislota asos muvozanatining siljishi bilan ham amalga oshadi. Odatda
bunday hol ikki atom vodorod yoki ikki H
+
ioni va ikki elektronning tashilishi bilan ro`yobga
chiqadigan ko`pchilik biokimyoviy reaksiyalarga xarakterlidir. Bunda vodorod atomi
proton va
elektronga dissotsiatsiyalanadi, ya`ni:
42
½ H
2
=H
+
+e
-
(2)
Agar oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida elektronlarning molekulalararo tashilishi ro`y
bersa, u holda H
+
ionlariga nisbatan vujudga keladigan muvozanat muhitning pH darajasiga
bog`liq bo`lib qoladi va bunday sharoitda H
+
ionlari (H atomlari) ning tashilish yo`nalishi
elektronlarning tashilish yo`nalishiga mos kelishi shart emas. Masalan, gidroxinonning (I)
xinongacha (II) oksidlanishi, o`z mohiyatiga ko`ra, ikki elektronning yo`qotilishi bilan amalga
oshadi, ya`ni
Gidroxinon ishqori pH=9-10 muhitda 1-shaklda mavjud bo`lsa,
kislotali muhitda II-
shaklda, neytral muhitda esa oraliq (I a) shaklda mavjud bo`ladi. Gidroxinon qaysi shaklda
bo`lishidan qat`iy nazar u oksidlanganda ikki elektron yo`qotadi. Reaksiya qaytar tabiatli bo`lib,
xinon qaytarilganda o`ziga ikki elektronni birlashtirib oladi. Kislotali muhitda esa, u ikki H
+
birlashtirib olib, yangidan gidroxinonga aylanadi.
Vodorod ioni ishtirokida amalga oshadigan oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari uchun
yozamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: