TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5
3. O‘quv rejalarga kiritilgan fanlarning fan dasturlarini sifat jihatdan pastligi. Fanlarning
fan dasturini ishlab chiqishda meʼyor talablariga rioya qilinmasligi, xorijiy tajribalardan
foydalanmasligi holatlari natijasida fan dasturlarining sifati pastligicha qolmoqda.
Shuningdek, tayanch oliy taʼlim muassaslarida o‘quv-uslubiy kengashlar faoliyatini to‘liq
ishlamasligi, kengashda fan dasturlarning muhokasiga bag‘ishlangan yig‘ilishlar
o‘tkazilmasligi, fan dasturlari bo‘yicha turdosh oliy taʼlim muassasalarining taklif va
mulohazalari inobatga olinmasligi natijasida bo‘lg‘usi iqtisodchi mutaxassisning innovatsion
faoliyatini takomillashtirishga taʼsir etib kelmoqda.
4. O‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanmaslik. O‘quv
jarayonida nafaqat kasbiy bilimlarni olish, balki amaliy vazifalarni hal etishdagi zarur kasbiy
qobiliyat va ko‘nikmalarni rivojlantirish imkonini ham beruvchi faol o‘qitish usullarini
qo‘llashga alohida eʼtibor qaratish zarur. Аynan faol o‘qitish usullari ijodiy tashabbus,
mustaqillik, javobgarlik hissining rivojlanishiga, jamoada ishlay olish, o‘z loyihalarini himoya
qilish va asoslash hamda kreativ qobiliyatlarining shakllanishiga xizmat qiladi. Аna shunday
o‘qitish usullaridan biri amaliy o‘yinlar bo‘lib, ular yordamida quyidagilar amalga oshiriladi:
– erishilgan natijalarni muhokama qilgan holda nazariy va amaliy muammolarni hal
etish;
– yechimlarni jamoaviy izlash («aqliy hujum»);
– boshqaruv qarorlarini ekspertiza qilish.
5. Bo‘lg‘usi iqtisodchi mutaxassisning innovatsion faoliyatini takomillashtirishga taʼsir
etadigan
omillardan
yana
biri,
bu
fan,
taʼlim
va
ishlab
chiqarishning
integratsiyalashmaganligidir. Fan, taʼlim va ishlab chiqarishning uzviy integratsiyasi,
iqtisodchi mutaxassislar tayyorlashda soha tarmoqlari bilan yaqin hamkorlikni kuchaytirish,
ilmiy-tadqiqot natijalarini targ‘ib va joriy qilish tizimini tubdan takomillashtirish talab
etilmoqda. “Kadrlar tayyorlash milliy modeli” keltirilgan shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz
taʼlim, fan va ishlab chiqarishni integratsiyada bo‘lishi iqtisodchi mutaxassislarni
tayyorlashda asosiy vosita vazifasini bajarib kelmoqda. Ishlab chiqarish-iqtisodiyot sohasi
uchun kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni, shuningdek, ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga
nisbatan qo‘yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini
moliya va moddiy-texnika jihatidan taʼminlash jarayonining qatnashchisi demakdir.
Ishlab chiqarish turli saviya va malakadagi mutaxassislarga bo‘lgan talab-ehtiyojni
shakllantiradi, o‘z ixtiyoridagi moddiy-texnika, moliya, kadr resurslari hamda kadrlarni
o‘qitish, malakasini oshirish va qayta tayyorlash uchun zarur boshqa resurslarni berish bilan
uzluksiz taʼlim tizimiga ko‘maklashadi, muassis, vasiy, donor, homiy tariqasida ayrim
mutaxassislarni va guruhlarni maqsadli tayyorlashni, shuningdek, turli tip va darajadagi
o‘quv yurtlarini moliyalashda qatnashadi, taʼlim va ilm-fanning turli shakllardagi
integratsiyasini (muvaqqat ijodiy jamoalar, o‘quv-ilmiy-ishlab chiqarish majmualari,
markazlari, texnoparklar, texnopolislar) rivojlantiradi. Bu jarayonlar bo‘lg‘usi iqtisodchi
mutaxassisning innovatsion faoliyatini takomillashtirishda uzluksiz taʼlim, fan va ishlab
chiqarishning integratsiyasini taʼminlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: