Nahotki u ham yerimiz kabi hattoki eng badkirdor
farzandlarida ham azobli bir muhabbat uyg‘otadi? — Men
o‘zim tark etgan ona-erimizga nisbatan asov, otashin
muhabbatimdan titrab nido qildim. O‘zim ranjitgan g‘arib
qizchaning qiyofasi bir zum ko‘z oldimdan o‘tdi.
— Shoshilma, hammasini ko‘rasan, — dedi mening
hamrohim qandaydir hazin ovoz bilan. Biz tezda sayyoraga
yaqinlashdik. U mening ko‘z oldimda ulkanlashdi, men
hademay okeanni, Yevropa chegaralarini ajratdim va
birdan qalbimda qandaydir ulug‘, muqaddas rashk
tuyg‘usi alanga oldi. «Ajabo, shunchalik ham aynan takror
bo‘lishi mumkinmi?! Buning nima keragi bor?! Men faqat
Do'stlaringiz bilan baham: |