o‘zim tark etgan yerni, men, noshukur banda, yuragimga
o‘q uzib hayotimni so‘ndirgan payt bag‘ir qonim tomgan
o‘sha yernigina sevaman va seva olaman! Men jonimga
qasd qildim, lekin hech qachon, hech qachon ona-erimizga
muhabbatim so‘ngan emas, balki o‘sha xosiyatsiz tunda
ham unga alvido ayta turib uni har qachongidan ortiqroq
sevgandirman. Bu yangi zaminda ham azob-uqubat
bormikin? Biz o‘z yerimizda faqat azob bilangina, azob
orqaligina chinakam mehr-muhabbatga noil bo‘lamiz. Biz
boshqacha sevolmaymiz, boshqacha muhabbatni
bilmaymiz ham. Men sevmoq uchun azob chekishni
istayman. Menga hozir o‘zim tark etgan o‘sha yerdan
boshqasi kerakmas, men faqat o‘shanigina qo‘msayman,
Do'stlaringiz bilan baham: |