Bu topshiriqni bajarish jarayonida o„quvchilarga muammoli savol bilan
murojat qilib, chuqur mushohada qilish ko„nikmasi hosil qilamiz va mustaqil
fikrlashini rivojlantiramiz. O„quvchilar oldiga qo„yilgan qator muammoli
savollarga javob berish natijasida berilga tasviriy ifodalarning ma‟nosini izohlab,
Podshoh kim ?, O„rmonda ham podshoh bo„ladimi? O„rmon podshosi qaysi
59
Podshoh - biror bir davlatni, xalqni va jamiyatni boshqaruvchi kishi. U
mamlakatning tinchligini , farovonligini taminlab, xalqni o„z ortidan
ergashtiruvchi hukmdor.
O„rmonda ham podshoh bo„lishi mumkin. O„rmonda, asosan, yovvoyi
hayvonlar va qushlar yashaydi. O„sha hayvonlarga, qushlarga boshchilik
qiladigan, ularni o„z ortidan ergashtiradigan hayvonga o„rmon podshosi deyiladi.
Bu hayvon sherdir. Biz buni ertaklarda o„qib, multfilmlarda ham ko„rganmiz.
Demak, o„rmon podshosi – sher .
Ko„zimning nuri tasviriy ifodasiga ─ Nur deganda nimani tushunasiz?,
Nur bilan farzand orasida aloqadorlikni qanday tushunasiz? kabi savollar
berishimiz mumkin.
Bu savollarga quyidagicha javob berishi mumkin.
Ko„zimning nuri – tasviriy ifodasida asosiy diqqat nurga qaratilgan. Inson
hamisha yaxshilikka qarab intiladi. Har qanday epizotik holatda ham o„z
maqsadida foydalanishga harakat qiladi. Bilamizki, nur (ko„pincha quyosh nuri
nazarda tutiladi) olamni munavvar qiluvchi timsoldir. Nur tushunchasidagi ifoda
ko„zga o„tgan. Natijada ko„zning nuri olamni munavvar qiluvchi vosita vazifasini
o„tamoqda.
Ana shu nur ma‟nosi ota-ona uchun farzand timsoliga ko„chirilgan.
Darhaqiqat, ota-onaning (insonning) butun orzu-umidlari, istaklari farzand bilan
bog„liqdir. Nur olamni yoritganidek, farzand ota-ona olamini yorituvchi manbadir.
Bu o„z o„rnida sharqona (o„zbekona) odob-axloq normalariga mos keladi.
Demak, ko„zimning nuri tasviriy ifodasining ma‟nosi– farzanddir.
Qalbim quyoshi tasviriy ifodasiga ─ Quyosh nima va qanday vazifani
bajaradi? Qalbning ham quyoshi bo„ladimi? kabi savollar berishimiz mumkin.
Bu savollarga o„quvchilar quyidagicha javob beriladi.
Quyosh - olamni yoritguvchi, nurafshon qilguvchi osmon jismi bo„lib, u
butun yer yuzini o„zining zarrin nurlari bilan isitadi.Uning issiq taftidan butun
60
insonlar, barcha mavjudot bahra oladi. Quyoshning bu xususiyatlari qalbga
ko„chganda, qalbimizni isituvchi, nurafshon qiluvchi degan ma‟no kelib chiqadi.
Bizning qalbimizni isituvchi, nurafshon qilguvchi inson – dunyodagi eng buyuk
zot onadir.
Qalbim quyoshi tasviriy ifodasining ma‟nosi esa – ona so„ziga teng keladi.
Zangori kema tasviriy ifodasiga – Kema qayerda suzadi? Daryodami ?
Dengizdami? Ko„ldami?, Dengizning tebranishini yana nimalarga o„xshatasiz?
kabi savollar berishimiz mumkin.
Kema asosan dengizda suzadi. Dengiz suvining tebranishini keng
maydonlardagi
paxta
yoki
bug„doyzorlarning
shamolda
tebranishiga
o„xshatishimiz mumkin. Bu zangori kema tasviriy ifodasi orqali paxta teraydigan
mashina nazarda tutilmoqda.
Demak, zangori kema – paxta teraydigan mashina.
Bu topshiriqni bajarish jarayonida o„quvchilar tasviriy ifodalar va ularning
xususiyatlari haqida umumiy tasavvurga ega bo„ladilar. Chunki topshiriqni
bajarish jarayonida o„zlari faol ishtirok etadilar, tasviriy ifodalarning nutqdagi
ta‟sir kuchini his qiladilar. O„quvchilardagi ana shu umumiy tushuncha va
xulosalarni mustahkamlash maqsadida nazariy ma‟lumotni tushuntiramiz.
Yangi mavzu bayoni ekranga slayd asosida chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: