p.f.n. Q.Yadgarov.
2
Iboralar o„tish orqali o„quvchilarning nutqini
o„stirish metodikasi
Reja:
Kirish
1- bob. Iboralar haqida qisqacha ma‟lumot.
2- bob. Iboralar o„quvchilar nutqini o„stiruvchi vosita.
3- bob. Tasviriy ifodalar o„quvchilar nutqini o„stiruvchi
vosita.
Xulosa
3
KIRISH
Mavzuning
dolzarbligi.
Mustaqillikka
erishganimizdan
so„ng
Respublikamizda ta‟lim tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon talablari darajasiga
ko„tarish, yuksak ma‟naviyatli shaxslar tarbiyalashning yangi tizimini barpo etish,
yurt kelajagi uchun barkamol, yetuk, salohiyati yuksak avlodni tarbiyalash davlat
siyosatining ustivor yo„nalishiga aylandi.
Bu borada, avvalo, ta‟lim jarayonida ta‟lim va tarbiya uyg„unligi tamoyilini
keng yo„lga qo„yib, yuksak ma‟naviyatli, barkamol avlodni tarbiyalash dolzarb
masalalardan biri qilib belgilab qo„yildi. Zero, Yurtboshimiz aytganlaridek,
“Ta‟limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta‟limdan ajratib bo„lmaydi – bu sharqona
qarash, sharqona hayot falsafasi”.
1
Bugungi kunda O„zbekiston Respublikasining “Davlat tili to„g„risida”gi,
“Ta‟lim to„g„risida”gi Qonunlari va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi ”ga
muvofiq yangilangan pedagogik tafakkur barcha fanlar oldiga yangicha talablarni
qo„ymoqda. Xususan, ona tili ta‟limining bosh maqsadi yoshlarimizni ijodiy
fikrlashga, o„z fikrini erkin va ta‟sirli qilib yozma va og„zaki shaklda ifodalashga,
o„zbek tili qonun-qoidalarini ongli o„zlashtirishga hamda nazariy bilimlardan
o„rinli va to„g„ri foydalana olish ko„nikmasini o„stirishga, fikr doirasini
kengaytirishga, Vatanimizga, milliy an‟analarimizga, boy ma‟naviyatimizga
mehr- muhabbat ruhida tarbiyalashga qaratildi.
Shu bilan birga ta‟lim mazmunining yangilanishida “o„quvchi o„quv
jarayonining faol ishtirokchisi” tamoyiliga o„tildi. Dars jarayonining
samaradorligini oshirish, o„quvchilarning intellektual salohiyatini yanada
rivojlantirib, ma‟naviy-tarbiyaviy jihatdan yetuk inson bo„lib yetishishida
zamonaviy pedagogik texnalogiyalardan foydalanib, noan‟anaviy tarzda dars
o„tish, shuningdek, o„quvchilarning grammatik savodxonligi, ijodiy fikrlash
qobiliyati, topqirligi, nutqi va fanga bo„lgan qiziqishini orttirish maqsadida turli
xil o„yin-topshiriqlar, boshqotirma va topishmoqlardan foydalanib, dars jarayonini
1
Karimov I.A Yuksak ma‟naviyat – yengilmas kuch. – T. : Ma‟naviyat, 2008, 62-b.
4
tashkil qilish zamon talablari darajasiga ko„tarilmoqda. Binobarin, Prezidentimiz
ta‟kidlaganlaridek: “Fan – taraqqiyot demakdir. Fanni yuksak rivojlantirmay,
Vatannning kelajagi haqida gapirish qiyin”
2
. Yoki “Xalq ta‟limi, yosh avlodga
ta‟lim va tarbiya berish sohasi tubdan yangi yondashuvlar talab qiladi ”
3
.
Bu talablar asosida nutq o„stirish turadi. O„quvchilar nutqini o„stirishda
iboralar va tasviriy ifodalar asosiy vosita hisoblanadi. Ibora va tasviriy ifodalarni
o„quvchilar nutqida o„rinli qo„llay olish malakalarini hosil qilish ishning
dolzarbligi sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: