Bitiruv malakaviy ishini bajarish jarayonida oliy o„quv yurtlari talabalari uchun
mo„ljallangan “Hozirgi o„zbek adabiy tili ” darsligi nazariy ko„rsatma vazifasini
ma‟lumotlarni prof. Sh. Rahmatullayev e‟lon qilgan. Iboralar murakkab til
hodisasi sifatida ikki yoki undan ortiq komponentlardan tashkil topadi. Shu
ma‟noda iboralarni amaliy va ilmiy o„rganish o„ziga xos yondashuvni, o„ziga xos
metod va usulni taqozo etadi. O„zbek tilshunosligida iboralar grammatik,
semantik, uslubiy yo„nalishda o„rganilgan. O„zbek tili iboralari dastlab prof. Sh.
Rahmatullayevning ishlarida ilmiy tadqiq etilgan. U o„zining qator ilmiy
tadqiqotlarida iboralarning til hodisalari bilan o„xshash va farqli xususiyatlari va
grammatik tabiatini o„rgandi, ilk bor o„zbek frazemalarining izohli lug„atini tuzdi.
tahlili ” mavzusida ilmiy tadqiqot olib borgan. Bu dissertatsiyada frazemalarning
shaklantirishdagi komponentlarning o„rni, frazemalarning o„z va paradigmatik
Karimov I.A. Zamonaviy kadrlar – taraqqiyotimizning muhim omilidir // Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot
Karimov I.A. O‟zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. Toshkent: O‟zbekiston, 2011, 206- b.
5
shakli, komponentlarning tarkibi, variantlanishi kabi masalalarni tatqiq etishni
asosiy maqsad qilgan.
“Til va adabiyot ta‟limi ” jurnalining 2008-yil №5 sonida Toshkent
shahridagi 34-maktab o„qituvchisi E‟tibor Muhammedovaning “Iboralar
yuzasidan mashq va topshiriqlar”
4
nomli ilmiy-metodik maqolasi berilgan. Bu
maqolada o„quvchilarning ijodiy tafakkuri va nutqini o„stirishda iboralarni nutqda
qo„llay olishning ahamiyati katta ekanligi ta‟kidlanib, o„quvchilarning bu mavzu
bo„yicha olgan bilimlarini mustahkamlash va ulardan to„g„ri va o„rinli foydalana
olish ko„nikmasini hosil qilish maqsadida bir nechta mashqlar tavsiya qilgan.
Xuddi shu jurnalning 2010-yil №6 sonida esa Toshkent davlat pedagogika
universiteti o„qituvchisi Muxtorxon Raximovning “Ma‟no ifodalashda frazeologik
birliklardan foydalanishga o„rgatish” nomli ilmiy-metodik maqolasi e‟lon qilingan
bo„lib, bu maqolada o„zbek tilidagi frazeologik birliklarning semantik tabiati
yetarli darajada o„rganilmaganligi sababli, o„zbek tilidagi ma‟noni kuchaytiruvchi
frazeologik birliklarning semantik tabiati, leksik qurshovi masalalari xususida fikr
yuritadi.
Sh.Sodiqova. “Turg„un birikmalarning deformatsiya va modernizatsiya
qilinishi” mavzusidagi maqolasida iboralarning uslubiy imkoniyatlari, so„zlashuv
va badiiy uslubga tegishli iboralarning o„ziga xos qo„llanishi, badiiy uslubga xos
iboralarning zamon talabiga mos ravishda deformatsiya va modernizatsiya
qilinishi masalalariga to„xtalib o„tgan.
Shuningdek, Hamroqulova Mashhura “O„quvchilar nutqini o„stirishda
frazemalarning ahamiyati ” mavzusida bitiruv malakaviy ish yozgan. Bu ishni
yozishda nutq o„stiruvchi vositalardan foydalanish usullarini o„rganishni maqsad
qilib olgan. Shuningdek, iboralarning so„z va so„z birikmalaridan farqi, nofaol
iboralar, maktab darsligida iboralarning o„tish metodikasiga batafsil to„xtalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: