Tasviriy ifodalarni o„tish metodikasi.
Ma‟lumki, boshlang„ich sinfda va 5-sinfning I- II choragida takrorlash
darslarida tasviriy ifodalar haqida ma‟lumot berilmagan. Tasviriy ifodalar va
ularning nutqda qo„llanishiga o„quvchilar turli holatlarda duch kelgan bo„lsalarda,
uning mohiyati, nutqiy zaruriyati, ijtimoiy holati haqida tushunchaga ega emaslar.
Shuning uchun ham an‟anaga ko„ra mavzuga atab berilgan topshiriqni bajarish
jarayonida o„qituvchi tasviriy ifodalar haqida qisman yo„llanma berib borgani
maqsadga muvofiq, ya‟ni dars materialni tayyor holda bayon qilish metodi asosida
olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |