Soxta shaxsiyat
Ongimizga turli xil dasturlarni kirituvchi qurol
– bu, albatta, aql. U
sizning yagona dasturchingiz desa ham bo’ladi. To’g’ri – ongimizda aql
kiritmagan dasturlar ham bor. Bular tug’ma dasturlar va ular bizga
tabiatdan ato etilgan. Baxtimizga, aql ularga daxl qila olmaydi
– ular
aqldan avval yaratilgan.
Turli dasturlar qatori aql ongimizda bizning shaxsiyatimizni belgilovchi
dasturlarni ham shakllantirib boradi. Ular bizning u yoki bu narsaga yoki
Javlon Juraev
O’zlik Sari Yetti Qadam – 2
www.juraev.uz
19
umuman, hayotga munosabat
imizni, o’zimizga bo’lgan ishonch va hurmat
hissini, shaxs sifatida atrofdagilar bilan munosabatlarimizni va boshqa
jihat
larni belgilaydi. Ana shu dasturlar yig’indisi – odam fe’l-atvorini yoki
xarakterini
tashkil qiladi.
Afsuski, aql nomukammalligi sabab, bu dasturlar orasida ham “chala”
yoki zararlilari m
avjud. Aql tuzgan shaxsiyat ko’p hollarda asl
shaxsiyatdan ancha yiroq bo’ladi. Buni odam turli hayotiy vaziyatlar
ta’sirida aql hukmidan vaqtincha qutulganda sezish mumkin. Masalan,
qattiq qo’rqitilgan holatda yoki o’ta ilojsiz qaltis vaziyatlarda odamning aqli
yasab bergan soxta tabiati yashirinib, uning haqiqiy xarakteri yuzaga
chiqadi.
Odamning asl tabiati
uch xil sababga ko’ra yuzaga chiqishi mumkin.
Birinchisi
– o’lim xavfi: odam o’lim bilan yuzma-yuz kelganda aql
boshqaruvidan ayriladi. Bunda odam on
giga tabiat kiritib qo’ygan dasturlar
odamni xavfli vaziyatdan omon olib chiqib ketish uchun aqlni ataylab
“o’chirib” qo’yadilar – o’lim xavfi tug’ilgan holda aqlga fikr o’yinini davom
ettirishga imkon berilsa, tana vaqtida kerakli harakatlarni bajarishga
ulgurmay qolishi mumkin. O’lim bilan yuzma-yuz kelgan har qanday odam
bu lahzani “fikrsizlik” holati deb ataydi – diqqatni bir fikrga qaratib turuvchi
aql chekingach, birdaniga hamma xotiralar diqqat doirasiga kirib qoladi va
odamga xuddi
butun umri ko’z oldidan o’tgandek tuyuladi.
Katta xavf
ta’sirida aql boshqaruvni qo’yib yuborgan ana shu holatda
odamning asl shaxsiyati namoyon bo’ladi. Kuchli shaxs bunda
boshqacha, ojiz odam mutlaqo boshqacha yo’l tutadi. Vaholanki, kuchli
shaxsiyat egasi butun umri dav
omida aqlining gapiga ishonib, o’zini ojiz
deb bilgan bo’lishi, ojiz shaxsiyat egasi esa o’zi haqida asossiz yuqori
fikrlarga borib yurgan bo’lishi mumkin.
Odamni aql hukmidan ozod etib, uning asl tabiatini namoyon
qiladigan ikkinchi holat
– bu chin sevgidir. Bu ko’pchiligimiz sevgi deb
biladigan, aslida esa ko’ngil emas aqlning buyrug’i bilan yuzaga kelgan
tobelik munosabati emas
– aynan haqiqiy tabiiy sevgi bo’lishi lozim. Ana
shunday sof muhabbat odam shaxsiyatini aql
ta’siridan olib chiqib keta
oladi. Shunda sevib qolgan odam mutlaqo boshqacha tabiat egasi ekani
yuzaga chiqadi. Sevgi ta’sirida odamlarning keskin o’zgarishi ana
shundan. Zo’ravon ko’cha bezorisi bo’lib yurgan yigit sevib qolsa – u
aslida juda
ko’ngilchan va rahmdil romantik ekani oshkor bo’ladi.
Javlon Juraev
O’zlik Sari Yetti Qadam – 2
www.juraev.uz
20
Aqlning sun’iy shaxsiyatini emas, tabiat bergan asl shaxsiyatni tanib
olishning yana bir yo’li – shaxsiy rivojlanishda ancha ilgarilab, aql
ta’siridan chiqish uchun yetarlicha ahd kuchi jamlashdir. Bunda erkinlikka
o’lim xavfi yoki sevgi qudrati turtkisi bilan emas, mehnat-shijoat bilan
erishiladi. Odam sergak hayot kechirib, o’z shaxsiyatini mustahkamlab
boradi va bir kun kelib o’zida aql tazyiqidan ozod bo’lishga yetarli kuch
topa biladi. To’g’ri, bu o’lim xavfi yoki sevgi ishtirok etgan holatdagidek tez
sodir bo’lmaydi – bunga ko’p yillar ketishi mumkin. Lekin bu usulda
erishilgan erkinlik uzoq muddatli, agar sergaklik yo’qotilmasa – doimiy
bo’ladi. O’lim xavfidan kelgan erkinlik shu xavf bartaraf bo’lishi bilan
odatda barham topadi va aql qayta
o’z o’rnini egallaydi. Sevgida ham
shunday
– sevgan odamga nisbatan ko’ngil sovushi bilan muhabbatning
erkinlik ato etuvchi kuchi yo’qoladi va sahnaga yana aql chiqib keladi.
Qalb esa nobud bo’lgan ishqning azasini tutib, parda ortiga chiqib ketadi.
Aql siz uchun yaratgan soxta shaxsiyatni sizga rol qilib biriktirib
qo’yadi. Bu roldagi qahramon baxtli yoki baxtsiz, kuchli yoki ojiz, muhim
yoki qadrsiz bo’lishi mumkin. Bu rol sizga yoqmasligi, uning yashash
muhiti, sharoiti, usullari, tamoyillari sizga mos kelmasligi mumkin. Lekin
siz bu roldan voz kecha olmaysiz
– chunki o’zingiz siz uchun rol tanlash
huquqini aqlga beradigan shartnomaga imzo chekkansiz.
Bu
buzg’unchi shartnomani bekor qilish uchun sizga ozgina sergaklik
va anchagina shaxsiy kuch kerak. Sergaklikning badali
– muhimlikdan
qutulish bo’lsa, shaxsiy kuchning asosi bo’lgan hayotiy quvvatni oshirish –
yashash tarzi va hayot bilan oldi-berdilarni maromga keltirish hisobidan
bo’ladi.
Suhbatimiz mazmuni noto’g’ri o’zanga ketib qolmasidan, sizni bir
nar
sa haqida ogohlantirib qo’yay. Aql keltirishi mumkin bo’lgan zararlarni
sizga yetkazish ilinjida uni ta’riflashda ishlatgan iboralarimga aldanib, aql
mutlaqo shum narsa ekan degan xayolga borib qolmang. Aql
– juda ham
foydali va kerakli qurol. Bayon boshida u bizga tabiatdan boshqa
zaiflik
larning o’rnini to’ldirish uchun atayin berilganini aytganimni eslang.
Lekin, har nima bo’lganda ham, aql
qurolligicha
qolishi lozim. U
–
boshqaruvchi emas, boshqaruv quroli, vositasi. Agar u kerakli joyda va
kerakli yo’sinda ishlatilsa, juda katta va bunyodkor ishlarni qilishi mumkin.
Ammo uni boshqaruvga yaqin keltirilsa
– u kattagina ishkallarni ham
Javlon Juraev
O’zlik Sari Yetti Qadam – 2
www.juraev.uz
21
ke
ltirib chiqaradi. U o’zi tabiatan boshqaruvga moyil. Shu bois, unga u
aslida bir qurol ekanini eslatib, uni sergaklikka qaytarib turish kerak.
Men esa sizga bu asov otni o’z izmingizga solish uchun zarur
amallarni baholi qudrat bayon etaman. Faqat, shuni unutmangki
– men
aytayotgan usullar atigi yuzlab usullar orasidan tanlab olingan namunalar,
xolos. Umumiy tamoyilni bilib olsangiz
– usul tanlash hech gap emas. Siz
hatto o’zingiz yangi usul ishlab chiqib, uni samara bilan qo’llashingiz
mumkin.
Adolat yuzasidan aytishim mumkin
– sizga bayon qilayotgan barcha
sirlarimni kashf qilishda mening aqlim bevosita ishtirok etgan. Men undan
juda ham mamnunman. Mamnunman
– lekin uni qattiq nazorat ostida
tutib turaman. Tan olaman
– har doim ham buning uddasidan
chiqmayman (menga asov otlarning ham eng asovi berilgan), lekin u
izdan chiqqanda ham sergaklik uni yana joyiga qaytarishga yordam
beradi. Shu katta xizmati uchun ham sergaklikni doim hammaga tavsiya
qilaman.
Xuddi
ana shu sergaklikni yo’qotmagan holda, o’zligimizni tadqiq
etishda davom etamiz
. Navbatda aqlning eng og’ir xastaligi – muhimlik
haqidagi suhbat. Qani, o’zlaridan bo’lsin.
Javlon Juraev
O’zlik Sari Yetti Qadam – 2
www.juraev.uz
22
Do'stlaringiz bilan baham: |