Ushbu kitob mazmuni bilan tanishish sizning ma’naviy sog’lomlashishingiz uchun xizmat qilishi mumkin. Faqat, haqiqatlar nisbiy ekanini bilib yashashni istamagan odamlarga uni tavsiya qilmang



Download 0,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/37
Sana13.04.2022
Hajmi0,92 Mb.
#548372
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   37
Bog'liq
7 qadam 2 qism

Andozalar
 
“Oq choynakka ko’k qopqoq, 
ko’k choynakka oq qopqoq” 
(o’zbek xalq tez aytishi) 
Odam dunyoning tarkibiy bo’laklariga baho berishga intilishi, buni 
qarangki, eng yomon holat emas ekan. Ko’p hollarda biz kim yoki 
nimaningdir ahamiyati va qadrini umum qabul qilingan 
andozalarga
qarab 
belgilab qo’ya qolamiz. Bunda hatto bu baho chindan asosli ekanini 
tekshirib ko’rish ham xayolimizga kelmaydi. 
Aql 
– juda dangasa. U bir ishni takroran qilishni yomon ko’radi. 
Shuning uchun u bir-
ikki marta tajriba qilib, sinab ko’rgan yoki boshdan 
kechirganlarini qoida yoki andoza qilib b
elgilab qo’yadi. Masalan, ikki 
m
arta askar yigit bilan munosabatda bo’lib, ko’p azob chekkan qiz harbiy 
xizmatdagi odamlarni oila qurish uchun nomunosib deb xulosa chiqaradi. 
Agar u keyinchalik buni inkor etuvchi vaziyatlarga duch kelmasa, u bir umr 
shu xulosasiga ishonib o’tadi. 
Bu, albatta, atigi bir misol. Shunga o’xshash “andozalash” tamoyilini 
biz ko’p yerda va ko’p holatlarda ishlatamiz. Aqlimiz bu kabi andozalarni 
qoida qilib belgilabgina qolmay, boshqalarni ham shu qoidaga tortishga 
intiladi. Qancha ko’p odam buni tasdiqlasa, u o’zi o’rnatgan qoida asosli 
ekaniga shuncha kuchli ishonadi. 
Shunday qoida ommaviy tan olinsa ijtimoiy andoza hosil 
bo’ladi. 
Ularga ko’plab misol keltirish mumkin – men bir nechta keltirib o’taman, u 
yog’ini o’zingiz davom ettira olasiz: “san’atkor ayollarning oriyatlisi 


Javlon Juraev
O’zlik Sari Yetti Qadam – 2
www.juraev.uz 
26
bo’lmaydi”, “chayonning bolasi chayon bo’ladi”, “uyda o’tirib, ko’cha 
ko’rmay ulg’aygan qizlar tarbiyaliroq bo’ladi”, “otasiz yoki onasiz o’sgan 
farzandlarning tarbiyasi mukammal bo’lmaydi” va hokazo. 
Andozalash shu darajada shaxsiyatimizga mustahkam o’rnashganki, 
uni xalq maqollarida ham ko’rish mumkin: “bukrini go’r tuzatadi”, “qariysan 
qartasan 
– asl zotingga tortasan”, “teng tengi bilan, tezak qopi bilan”. 
Albatta, xalq bu maqollarni u yoki bu holat hayotda ko’p uchragani uchun 
o’ylab topgan. Lekin biz bir narsada adashamiz – biz bu maqollar 
ba’zi
holatlarda emas, 
hamma
holatlarda to’g’ri deb o’ylaymiz. 
Bu, avval aytganimdek, aqlimizning yalqovligidan 
– unga vaziyatni 
boricha sergak baholab ko’rishdan ko’ra, umum qabul qilingan 
andozalarga 
solib baholash osonroq. To’g’ri-da – ortiqcha bosh qotirishga 
nima hojat? Bizdan oldingi donolar aynan bir holatda kim, nima va qanday 
ekanini aytib qo’yishgan va buni hamma qabul qilgan. 
Odamlarga andoza qo’yilishi bir balo bo’lsa – hayot tarzi, baxt-saodat, 
farovonlikka andozalar qo’yib tashlanganligi mutlaqo chidab bo’lmas holat. 
Biz qanday yashab o’tishimizga ham andoza belgilangan. Baxtli hayot 
kechirishning yagona andozasi 
– moliyaviy taqchillik bo’lmasligi kerak 
(kim bunga qarshi chiqa oladi?). Farovon hayot kechirish uchun oliy 
ma’lumot haqida guvohlik beruvchi bir parcha qog’oz bo’lishi kerak (bu 
qog’oz qanday va qanchaga olinishi ahamiyatsiz). Bir joyga ishga 
joylashib, keyin ko’tarilish uchun “qudratli” tanish-bilishlar bo’lishi kerak. 
Bu ro’yxatni cheksiz davom ettirish mumkin. 
Andozalashning ko’plab zararlari bor. Buni mensiz ham ko’pchilik 
biladi. Lekin undan keladigan eng katta zarar haqida har kim ham 
bilmaydi: 

Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish