Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/318
Sana13.04.2022
Hajmi1,14 Mb.
#548052
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   318
Bog'liq
2 5456458763600920924

www.ziyouz.com kutubxonasi 
78
— Agar bo‘lsa, faqat Farhodni sizga munosib ko‘rur edim. 
— Nechun faqat Farhodni? 
Mavlono javob topolmay taraddudlangan edi, Xonzoda begim yana savol berdi: 
— Farhod ham sizdek me’moru binokor bo‘lgani uchundir?
— Bunday deyishga faqirning haddim sig‘maydir. 
Mavlono ma’yus bo‘lib aytgan bu so‘zlar Xonzoda begimni ham ma’yuslantirib qo‘ydi. U 
og‘ir tin oldi-da: 
— Xudoyim meni nega shoh qizi qilib yaratdi ekan?— dedi. — Men ham faqir bir qiz 
bo‘lsam, baxtimni topishim balki osonroq bo‘lur edi... 
Mavlono Fazliddin begimning bu so‘zlarini har eslaganda ko‘ngli bir daraja ko‘tariladi. 
Demak, Xonzoda begim uning muhabbat dardini biladi. Biladigina emas, balki o‘z qalbida 
unga hamdardlik ham sezadi. Shoh qizi bilan oddiy me’mor orasidagi tog‘day farqlar 
begimni ham ezadi. Agar Xonzoda begim unga astoydil ko‘ngil bersa, mavlono bu 
to‘siqlarni yengib o‘tishi mumkin emasmikan? O‘shda qurgan kichik bir hujrasi uchun 
Bobur mirzo uni shunchalik e’zozlagan edi. Endi agar bu vodiyda katta obidalar qursa, 
mavlononing obro‘si ba’zi asilzodalarnikidan kam bo‘lmasligi mumkin. Bobur tanti yigit
opasini yaxshi ko‘radi. Balki ularga marhamat ko‘rsatar. Bundan qat’i nazar, 
mavlononing mehriga Xonzoda begimning qarshi emasligi, u bilan uchrashib turishga 
mayli borligi — mana shuning o‘zi ham mavlononing qalbini haroratli, yorug‘ tuyg‘ularga 
to‘ldirib yurar edi. 
Biroq Andijon qamalda qolgandan keyin mavlononing orzu-umidlarini mana shu tun kabi 
qorong‘i zulmat o‘z qa’riga tortib ketdi. Barcha loyihalari keraksiz qog‘ozga aylandi. 
Mavlono Fazliddin urushni ham, navkarlikni ham butun vujudi bilan yomon ko‘rar edi. 
Biroq bugun arkka borib Samarqanddan kelgan yomon xabarni eshitdi va Xonzoda 
begimning qurollanib chiqayotganini ko‘rdi-yu, loqayd qarab turolmadi. Bu mushkul 
vaziyatda titrab-qaltirab, taqdir zarbasini kutib o‘tirgandan ko‘ra, qurol bilan himoyaga 
chiqish yaxshiroq ekanini sezib, umrida birinchi marta beliga qilich taqdi. Mana, hozir 
vahimali qorong‘ilikda suv quyganday jimib yotgan shaharni oralab borar ekan, bir 
necha qadam oldinda Xonzoda begim ham ketayotgani, mavlono uni shu navkarlar 
qatori himoya qilishi mumkinligi ko‘ngliga bir qadar taskin berardi. 
Ular Mirzo darvozasiga yaqinlashganlarida qal’a tashqarisida birdan karnay va naqora 
chalingani, yuzlab navkarlarning qichqiriqlari eshitildi. Xonzoda begim orqaga o‘girilib: 
— Yog‘iy darvozani ochmoqchi! — dedi-yu, otining boshini qo‘ydi. Boshqalar uning 
ketidan ot choptirishdi. 
Yovning bir qism kuchlari Mirzo darvozasi qarshisida g‘avg‘o ko‘tarib, qal’aga yonib 
turgan o‘qlar otayot-gan paytda boshqa bir guruh navkarlar qal’aning pana tomoniga 
narvon qo‘yib, sekin chiqib kelmoqda edilar. Devor shinaklaridan birida o‘tirgan qorovul 
yigit buni sezib qoldi-yu, darvozaxona tepasida mash’ala yorug‘ida odamlarga ish
buyurib turgan Xo‘ja Abdullaga qichqirdi: 
— Pirim, yog‘iylar bu yoqda narvon qo‘yib chiqmoqdalar! Narvon!! 
Xonzoda begim navkarlari bilan o‘sha qorovul turgan joyga borib otdan tushdi. 
Navkarlardan biri mash’ala yoqdi. Uning yorug‘ida devorga chiqiladigan zinapoya 
ko‘rindi. Mavlono Fazliddin devor tepasidagi xatarga Xonzoda begim hammadan avval 
ro‘baro‘ bo‘lishidan qo‘rqdi-yu, zinapoyaga birinchi bo‘lib qadam qo‘ydi. Shinakka 
yetganlarida begimning qo‘lidagi mash’alasini oldi: 
— Ehtiyot bo‘ling, begim, yog‘iyga ko‘rinmang! 
Devorga tashqaridan qo‘yilgan keng narvonlarning uchlari xiyol chiqib turar edi. 
Yordamchilar yetib kelganidan dadillangan boyagi qorovul yigit narvonlardan birini ikki 
qo‘llab itarib, ag‘darib tashlayotgan paytda pastdan zarb bilan otilgan yoy o‘qi uning 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish