Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet252/318
Sana13.04.2022
Hajmi1,14 Mb.
#548052
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   318
Bog'liq
2 5456458763600920924

www.ziyouz.com kutubxonasi 
252
— O‘qu... o‘qurmen! — deb Hindol tutilibroq javob berdi. 
Bobur munshini chaqirib, Kobul kutubxonasidan Hindolga kerakli kitoblarni Mohim 
begimga keltirib berishni buyurdi. Shundan keyin savdarboshi ichki xonadan bolaning 
bo‘y-bastiga moslab ishlangan oltin dastali Kamoni Shoshiy olib chiqdi. Chiroyli 
soqdoqda o‘n ikkita oltin bezakli yoy o‘qi ham bor edi. Bunday chiroyli o‘q-yoyni birinchi 
marta ko‘rayotgan bola nodir sovg‘ani qo‘liga olganda ko‘zlari quvonchdan yaltirab ketdi. 
— Ana, tirandozliqni mashq qil, ammo kitob o‘qishni ham unutma! — deb tayinladi 
Bobur. 
Hindol ta’zim bilan otasiga qulluq qilib, zinapoyadan pastga tushib ketdi. Oradan sal 
o‘tmay ayvonning ichki eshigidan ellik yoshlardagi enaga ayol kichkina Gulbadanni 
qo‘lidan yetaklab chiqdi. Bu istarasi issiq ayol — Tohirning xotini Robiya edi. Avvallari 
Qutlug‘ Nigor xonim xizmatida bo‘lgan Robiya hozir Mohim begim huzurida besh yashar 
Gulbadanga enagalik qilmoqda edi. 
Bobur o‘z oilasiga yigirma to‘rt yillik qadrdon bo‘lgan Robiyaning ta’zim bilan bergan 
salomiga alik olib, u bilan iliq so‘rashdi. So‘ng qizchasi Gulbadanga yuzlandi. 
Qo‘g‘irchoqday yasantirilgan jajji qizchaning qosh-ko‘zi beixtiyor Dildor og‘achani eslatdi. 
Gulbadanni ham o‘sha go‘zal juvon tuqqan edi. Mohim begim Hindolni onalarcha suyib 
parvarish qilayotganini yillar davomida kuzatib yurgan Dildor og‘acha bu ayolning 
tantiliga qoyil bo‘lgan va Gulbadanni unga o‘zi farzandlikka bergan edi. Bu ikki ayol endi 
kalondimog‘ Gulruh begimga qarshi go‘yo bolalar orqali ittifoq tuzgan edilar. Gulruh 
begim esa bir emas, ikki o‘g‘li bo‘y yetib kelayotganidan behad mag‘rurlanar, Komron 
mirzo va Askariylarni taxt vorisi Humoyunga qarshi raqobat tuyg‘usi bilan tarbiyalar edi. 
Shu sababli Bobur ham Gulruh begimdan ko‘p ranjir, lekin oradagi kundoshlik balosini 
butunlay daf qilish qo‘lidan kelmas edi. 
Murg‘ak qizchasini ko‘rgan zahoti esiga tushgan bu murakkabliklar Gulbadanning egilib 
ta’zim qilishi va shirin «assalomi» bilan xayolidan uzoqlasha boshladi. Bobur qizchasini 
qo‘lida ko‘tarib olib, peshonasidan o‘pdi, so‘ng dasturxon oldiga kelib, uni tizzasiga olib 
o‘tirdi. Dasturxon to‘la noz-ne’matlarni, Odinapurdagi Bog‘i Vafoda o‘sgan chiroyli 
norinj*larni ko‘rsatib: 
— Ne yeysan? — deb so‘radi. 
Gulbadan odob bilan bosh chayqadi — u podshoh otasining oldida ovqat chaynab 
o‘tirishdan iymanar edi. Lekin dadasining zar qo‘shib to‘qilgan qimmatbaho abosidagi 
tugmalar uni juda qiziqtirib qo‘ydi. Bu tugmalardan birining yuz tomoniga kichkina qilib 
yo‘lbars shakli o‘yilgan. Yo‘lbarsning ko‘zlari o‘rniga zig‘irdan ham kichik yoqut donalari 
o‘rnatilgan. Ikkinchi oltin tugmaning yuzida afsonaviy bir qush qanotlarini yozib 
tumshug‘ida kichkina gavharni olib uchib boryapti. Umrida bunday g‘alati tugmalarni 
ko‘rmagan qizcha ularning bittasini qo‘lchasi bilan sekin ushlab ko‘rdi. 
— Senga tugmalar ma’qulmi? — deb so‘radi dadasi, Gulbadan «ha», deb jilmaydi. Bobur 
qizchasi ushlab ko‘rgan yuqorigi tugmani yulib olmoqchi bo‘lib bir tortdi. Lekin tugma 
juda mahkam tikilgan ekan, uzilmadi. 
— Hazratim, ne qilmoqchisiz? — hayratlanib so‘radi Mohim begim. — Qo‘ying, tugmani 
uzmang, axir bu sizning shohona libosingiz! 
— Hechqisi yo‘q. Zargarga buyursalar, yana bitta shundoq tugma yasab bergay. 
Bobur kamariga osilgan qindan kichkina qalamtarosh oldi-yu, o‘sha tugmani ipidan 
qirqib olib, qizchasiga berdi: 
— Lekin yo‘qotma. Bu qush — Humo. Ilohim senga baxt keltirsin. 
Gulbadan quvonib va hayajonlanib: 
— Rahmat, hazrati... oli... — dedi-yu, lekin jumlaning oxirini uncha kelishtirolmadi. 
— Meni ota deya qol qizim. 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish