Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet245/318
Sana13.04.2022
Hajmi1,14 Mb.
#548052
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   318
Bog'liq
2 5456458763600920924

www.ziyouz.com kutubxonasi 
245
tarbiyalaganlari, unga otasining fazilatlarini saralab olib berishga intilayotganlari katta 
bir ne’mat emasmi? Boburning o‘zi ham o‘g‘liga faqat fazilatlarini ravo ko‘radiku. Faqat 
shundagina o‘g‘il u qilgan xatolarni qilmasligi, u tortgan azoblarni tortmasligi mumkin. 
Fazilatlar... Bobur o‘z fazilatlarini bugun o‘g‘li orqali allanechuk saralangan holda ko‘rib, 
ko‘ngli ko‘tarildi, o‘ziga birdan hurmati ortdi. 
Keyin u Humoyunning atkasi Qosimbekni saroyga chaqirtirib, unga bosh-oyoq sarupo va 
ot in’om qildi. Shahzodaning boshqa murabbiylari va muallimlari ham katta-katta 
hadyalar oldilar. 
— Senga ne in’om qilay, ayt! — deb Bobur o‘g‘liga kulimsirab tikildi. 
Humoyun kitob yig‘ishni yaxshi ko‘rardi. Uning alohida bo‘lmani egallagan xos 
kutubxonasidan tashqari, xobgohida ham kitob to‘la javonlar bor edi. To‘shagining bosh 
tomoniga xushbo‘y sandal daraxtidan ishlangan javon qo‘yilgan, otasining she’riy devoni 
javonning alohida tokchasida yolg‘iz turar edi. 
— Yana yangi she’riy kitoblar yozsangiz, — dedi Humoyun otasiga uyalinqirab ko‘z 
tashlarkan, — mana shu alohida tokcha sizning asarlaringiz bilan to‘lsa... O‘g‘lingizning 
tilagi shu! 
Bobur zavq bilan qah-qah urib: 
— E-ha, sening bu tilagingni o‘rinlatmoq uchun men bir umr mehnat qilmog‘im kerak-
ku!.. — dedi. — Mayli, «yaxshi niyat — yarim davlat» derlar. Bugundan boshlab sen 
uchun bir she’riy kitob boshlagaymen. Qani, daftaringni ber... 
Humoyun muqovasi oltin suvi bilan ziynatlangan, nafis varaqlariga hali hech narsa 
yozilmagan yangi daftarini otasiga ikki qo‘llab tutdi. 
Bobur xona to‘ridagi miz yoniga kelib o‘ltirdi-yu, birdan o‘g‘liga mehri toblanib, hayajon 
ichida: 
«Jigarim bilan jonimga payvand farzandim!»— deb yozdi. 
O‘zidagi otalik mehri va Humoyundagi farzandlik sadoqati tojdor otalar va valiahd 
o‘g‘illar orasida juda kam uchraydigan nodir tuyg‘ular ekanini, Ulug‘bek bilan Abdullatif 
orasida bo‘lib o‘tgan fojialarga solishtirganda, u o‘z o‘g‘lidagi samimiy hislarni qanchalik 
qadrlashi, qanchalik asrab-avaylab, kamolga yetkazishi zarurligini shu lahzada butun 
vujudi bilan his qildi. Qalbini to‘ldirgan otalik tuyg‘usi she’riy ohang bilan qog‘ozga tusha 
boshladi: «Davlatu baxt bila Humoyun bo‘l, komron bo‘l, jahonda yuz tuman obro‘yi 
izzat ko‘r!» 
Bobur yozishdan to‘xtab o‘rnidan turdi: 
— Davomini keyin bitgaymen!.. Kitobning nomi sening ismingga qofiya bo‘lg‘usidir!.. 
Bobur o‘sha yili yozib tugallagan she’riy kitob — «Mubayyin» — Humoyunning nomiga 
chindan ham qofiyadosh edi. U o‘g‘lining daftariga bitgan ezgu tilaklarini ham shu 
kitobga she’riy satrlar shaklida joylab, hammasini san’atkor xattotga ko‘chirtirdi-da, 
Humoyunga taqdim qildi. 
Humoyun shu vaqtgacha otasidan olgan sovg‘alar orasida eng ulkani va bebahosi — 
mana shu she’riy kitob ekanini sezib, uni qayta-qayta ko‘zlariga surdi... 
U arab tilida yozilgan, murakkab fiqx kitoblarini tushunolmay qiynalib yurar edi. Otasi 
taqdim qilgan «Mubayyin» fiqxning qonun-qoidalarini ravon turkiy tilda go‘zal 
masnaviylarda ifodalab, Humoyun uchun ham darslik vazifasini bajarar, ham unga 
she’riy zavq berardi. Eng muhimi, uning otasiga bo‘lgan mehri, ixlosi shu kitob tufayli 
yangi bir kuch bilan o‘sib borardi. 
Humoyun o‘n besh yoshga kirganda uning kitob javonida otasining yana bir asari — aruz 
ilmiga bag‘ishlangan «Muxtasar» paydo bo‘ldi. Humoyunning endigi istagi — otasining 
o‘smirlik yillaridan beri yozib yurgan «Vaqoi’» nomli kitobini o‘qish edi. U otasining eng 
katta, eng maroqli asari mana shu ekanini onasi Mohim begimdan eshitgan edi. 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish