Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet193/318
Sana13.04.2022
Hajmi1,14 Mb.
#548052
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   318
Bog'liq
2 5456458763600920924

www.ziyouz.com kutubxonasi 
193
— Qani, ko‘raylik... E, yo‘q, qor hali juda yumshoq ekan, uvalib tushdi... 
— Yerga yetguncha qaziylik-chi! — dedi Bobur. 
Qorni ko‘kraklari barobar qazisalar ham, kurak yerga tegmadi: 
— Ob-bo, qor bo‘roni bu yerga qorni uyib tashlagan bo‘lsa kerak! — dedi Mamat 
umidsizlanib. 
— Mayli, bas, — dedi Bobur va Tohir qo‘rchibegini chaqirdi: — Bitta kigiz bilan joynamoz 
keltiring! 
Ko‘krak bo‘yi keladigan qor devori shamolning shiddatini bir oz pasaytirganday bo‘ldi. 
Ammo tepada yana qor quyun bo‘lib yog‘ilmoqda edi. Tohir keltirgan kigizni oyoq ostiga 
to‘shadilar. Yoshlikdan sovuq suvlarda yuvinib chiniqqan, hatto muzni teshib g‘usl 
qilishga o‘rgangan Bobur hozir qor bilan ramziy tahorat olgan bo‘ldi-da: 
— Tayammum! — deb qo‘ydi. 
Tohir esa Mirzoquli va boshqa yigitlarga murojaat qildi: 
— Beharakat turaversak, sovuqda to‘ng‘ib tamom bo‘lurmiz! Undan ko‘ra amirzodamga 
o‘xshab qorni qazib, shamolpana joylar yasaylik. Harakatlanib tursak, sovuq urmagay! 
Bu gaplarga zimdan quloq solib turgan Sulton: «Ko‘raylik-chi, qani bu temuriyzodaning 
chidami qanchaga yetarkin?» dedi o‘zicha. Bobur esa sohibqiron bobokalonidan olgan 
saboqlariga binoan hayot-mamoti hal bo‘ladigan paytlarda ikki rakat namoz o‘qib, 
xudodan najot tilardi. 
Hozir kigiz ustiga joynamoz to‘shab namoz o‘qir ekan, egnidagi po‘stinining yelkalari, 
gardishli qunduz telpagi bo‘ralab yog‘ayotgan qordan oppoq bo‘lib qoldi. Sulton buni 
ko‘rdi-yu, Bobur panalab o‘tirgan joyni bo‘ron tuni bilan qorga ko‘mib tashlashini o‘zicha 
tasavvur etdi. Dilida tugun bo‘lib turgan intiqom tuyg‘usi: «Qo‘yib ber, — dedi, — shahid 
bo‘lgan otam bilan akamning oldiga bu temuriyzoda ham borsin! Qor tepib charchagan 
odam sovuqdan karaxt bo‘lib, uyqusi eltsa, keyin qaytib uyg‘onmay ertalabgacha narigi 
dunyoga ketadi!..» 
Lekin Boburning shunday mushkul ahvolda ham o‘zini yo‘qotmay, odamlarga dalda 
berayotgani, keksa Qosimbekni kamarga joylab, o‘zi ko‘pchilik navkarlar qatori ochiq 
yalanglikda qor bo‘roni tagida o‘ltirgani Sultonning insof va diyonat tuyg‘usini uyg‘ota 
boshladi. Ayniqsa, Boburning namoz o‘qiyotganini ko‘rganda va sajdaga bosh qo‘yib 
parvardigordan najot so‘raganini eshitganda ichki bir ovoz «Xudodan qo‘rqmaysanmi, 
Sulton? — deb so‘raganday bo‘ldi. — Axir xudo oldida har bir odam o‘z gunohi uchun o‘zi 
javob beradi-ku. Yomon temuriyzodalar qilgan gunohlar uchun nechun Bobur javob 
berishi kerak? Axir buning o‘zi senga yomonlik qilgani yo‘q-ku. Bir hafta qor tepib senga 
ham yo‘l ochib kelmadi-mi? Yaxshilikka javoban yomonlik qilsang, keyin qasosi o‘zingga 
qaytmaydimi?» 
Bobur namozini tugatgandan so‘ng Sulton uning oldiga keldi: 
— Hazrat shoh, tuni bilan qor bo‘roni ichida muzlab qolishdan qo‘rqmaysizmi? 
— Nachora? Siz bizni ogohlantirgan edingiz. Dovon yo‘li chindan xatarli ekan... 
— Qosimbek o‘ltirgan kamarga siz nechun kirmaysiz? Axir shohlar doim to‘rda o‘ltirishi 
kerak-ku! 
— Hayot-mamot oldida shohu gado barobar, janob Sulton. Qosimbek keksa odam
menga otadek aziz. Men tashqarida qolgan bu yigitlarim bilan hayotning barcha achchiq-
chuchuklarini birga tatib kelmoqdamen. Qancha xavfu xatarlarni birga boshdan 
kechirganmiz. Bugun ham biz o‘lim bilan yuzma-yuz turibmiz. Shunday paytda men eng 
qadrdon odamlarimni tashqaridagi xatar ichiga tashlab, o‘zim qaysi yuz bilan ichkarida 
jon saqlagaymen? 
— Hazrat, men sizni faqat podshoh deb o‘ylagan edim. Lekin sizda darvishlik ham bor 
ekan. Bu so‘zimni ko‘nglingizga olmaysizmi? 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish