Mahallalar oʻrtasida “Zakovat” intellektual oʻyinining Respublika turnirini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom


IV. Turnirni tashkil etish va oʻtkazish tartibi



Download 225,78 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana12.04.2022
Hajmi225,78 Kb.
#545544
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5366258815387832847

IV. Turnirni tashkil etish va oʻtkazish tartibi 
4.1 Turnirni tashkil etish va uni oʻtkazish boʻyicha masʼul tashkilotchilarning 
vakillaridan tarkib topgan Tashkiliy qoʻmita zimmasiga yuklatiladi. 
4.2 Tashkiliy qoʻmita tarkibiga mahalliy va hududiy hokimliklarning Yoshlar 
siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha hokim 
oʻrinbosari, Yoshlar ishlari agentligi mahalliy va hududiy rahbarlari, hududdagi oliy 
taʼlim muassasalarining birinchi prorektor (direktorning birinchi oʻrinbosari)lari 



“Zakovat” intellektual klubi nodavlat notijorat tashkiloti hududiy koordinatorlari 
hamda kiritiladi. 
4.3 Tashkiliy qoʻmita tanlovni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq barcha 
bosh masalalarni hal etadi, shu bilan birga ariza, shikoyat va takliflarni koʻrib 
chiqadi. Shuningdek, “Zakovat” intellektual oʻyinini oʻtkazish boʻyicha savollar 
tarkibini tasdiqlaydi va sir tutilishini taʼminlaydi. 
V. Savol-javob jarayoni 
5.1. Jamoalarga jami 20 ta savol (10 ta savoldan 2 ta tur), Respublika 
bosqichida ham jami 30 ta savol (10 tadan 3 ta tur) beriladi. 
5.2. Savollar oʻzbek tilida, mantiqiy mazmunga ega, “Nima? Qayerda? 
Qachon?” oʻyinlarining xalqaro standartlariga javob beradigan koʻrinishda boʻladi. 
5.3. Jamoalarga bir paytda bir xil savol beriladi, jamoalar oʻz javoblarini 
maxsus javob blankalariga yozib berishlari lozim boʻladi. Maxsus javob blankining 
yuqori qismida albatta jamoa nomi, tur va savol raqami koʻrsatilishi kerak. Ushbu 
maʼlumotlar hamda jamoaning javob varianti maxsus javob blankning bir tomonida 
boʻlishi kerak. 
5.4. Har bir savolni oʻylash uchun 1 daqiqa vaqt beriladi. Boshlovchi 50 soniya 
boʻlganda vaqt tugashiga 10 soniya qolgani haqida ogohlantiradi. 
5.5. 1 daqiqa vaqt tugagach, jamoalar oʻz javoblarini maxsus javob blanklariga 
yozishlari uchun yana qoʻshimcha 10 soniya beriladi. Bunda boshlovchi 10 dan 1 
gacha ovoz chiqarib sanaydi. 
5.6. Jamoalar savol berilib, “vaqt ketdi” ishorasi bildirilgan soʻng jami 1 
daqiqayu 10 soniya ichida javob variantlarini yozib, maxsus javob blankni baland 
koʻtargan holda turishlari lozim. 
5.7. Jamoalarning javob variantlari oldindan maxsus tayinlangan sekundantlar 
tomonidan yigʻib olinadi va hisob-komissiyasiga topshiriladi. Javob blanklarini 
jamoa aʼzolari tomonidan mustaqil olib kelinishiga yoʻl qoʻyilmaydi. 
5.8. Oʻz vaqtida javob blankini koʻtarishga ulgurmagan jamoaning javobi 
qabul qilinmaydi. Bunda jamoaning javobi garchi toʻgʻri boʻlsa ham, ochko 
berilmaydi. Kechikkan jamoaning javob blankiga kechikkanligi toʻgʻrisida maxsus 
belgi qoʻyiladi. 
5.9. Javob varianti tushunarli husnihat bilan yozilgan boʻlishi va aniq javobni 
koʻzlashi lozim. Mantiqiy tugallanmagan javob varianti qabul qilinmaydi. 
5.10. Javob blankida faqat 1 ta javob varianti aks etishi lozim. Ikki yoki undan 
ortiq variant yozilgan javob variantlari, garchi ulardan biri toʻgʻri boʻlsa ham, qabul 
qilinmaydi va jamoaga ochko berilmaydi. 
5.11. Ustiga chizilgan, ustidan boʻyalgan yoki qavsga olingan javob variantlari 
hisobga olinmaydi. Masalan, savolning toʻgʻri javobi “Qulf va kalit” deylik. Bunday 
vaziyatda jamoa javob blankiga “qulf” soʻzini yozdi va qavs ichida “(kalit)” deya 
qoʻshib qoʻydi. Bunday holatda jamoaning javobi aniq javob sifatida qabul 
qilinmaydi va ochko berilmaydi. 
5.12. Jamoalar turnir davomida qoʻshimcha manbalardan (telefon, planshet, 
shpargalka va h.k.) foydalanishi taqiqlanadi. Kuzatuvchilar tomonidan bunday holat 



aniqlangan taqdirda jamoa aʼzolari toʻliq tarkibi bilan turnirdan chetlatiladi va 
ularning barcha ochkolari bekor qilinadi. 
5.13. Jamoa aʼzolari savollarga javob izlash jarayonida ularga chetda turgan 
tomoshabinlar yoki boshqa shaxslar tomonidan javob variantlarini aytish qatʼiyan 
taqiqlanadi. Kuzatuvchilar tomonidan bunday holat aniqlangan taqdirda javob 
variantini aytishga uringan tomoshabin turnir oʻtayotgan bino hududidan chiqarib 
yuboriladi, javob varianti aytilgan jamoaning esa ushbu savol uchun bergan javobi 
qabul qilinmaydi. 
5.14. Savol-javoblar oʻynalayotgan jarayonda jamoa aʼzolarining oʻrnidan 
turishi, joy almashishi, boshqa jamoa vakillari yoki boshqa shaxslar bilan gaplashishi, 
baland ovozda, boshqalarga xalaqit beradigan darajada shovqin qilishi va oʻyin 
jarayoniga oid boʻlmagan boshqa xatti-harakatlar qilishi taqiqlanadi, favqulodda 
holatlar bundan mustasno. Bunday holat aniqlangan taqdirda jamoaga ogohlantirish 
berilishi yoki 1 ochkodan 3 ochkogacha jarima ochkosi ushlab qolinishi mumkin. 
Agar ogohlantirish va jarima ochkolaridan keyin ham ushbu holat takrorlanaversa
jamoa turnirdan chetlatiladi va ularning barcha ochkolari bekor qilinadi. 

Download 225,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish