Mahallalar oʻrtasida “Zakovat” intellektual oʻyinining Respublika turnirini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom



Download 225,78 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana12.04.2022
Hajmi225,78 Kb.
#545544
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5366258815387832847

VI. Gʻolibni aniqlash tartibi 
6.1. Har bir savolga bir ochkodan beriladi. Turnirda eng koʻp ochko olgan 
jamoalar gʻolib sifatida topiladi. Bunda jamoalarning apellyatsiya natijasida olgan 
ochkolari ham inobatga olinadi. 
6.2. Agar sovrinli oʻrinlar uchun ikki yoki undan ortiq jamoalar bir xil ochko 
olsa, unda ular oʻrtasida birinchi toʻgʻri/notoʻgʻri javobgacha qoʻshimcha savollar 
beriladi. Sovrinli oʻrinlarga daʼvogarlik qilmaydigan bir nechta jamoalar oʻrtasida 
qoʻshimcha oʻyin oʻtkazilmaydi. 
VII. Apellyatsiya tartibi 
7.1. Turnirda yuzaga keladigan bahsli vaziyatlarni hal qilish uchun 
Apellyatsiya hayʼati (keyingi oʻrinlarda – AH) tashkil etiladi. 
7.2 Turnir yakunida jamoalar natijalari eʼlon qilingach jamoalar AHga 
murojaat bilan chiqishi mumkin. Turlar oʻrtasida yoki turnir davomida apellyatsiya 
berishga yoʻl qoʻyilmaydi. 
7.3. Quyidagi mazmundagi apellyatsiyalar qabul qilinadi: 
1) javobni toʻgʻri deb hisoblash boʻyicha apellyatsiya – jamoaning hisob 
komissiyasi ochko bermagan savol(lar)ga bergan javobini hisoblash uchun qilgan 
murojaati; 
2) savolni notoʻgʻri deb hisoblash boʻyicha apellyatsiya – jamoaning savol 
matnida yoki javobida faktik xatolar borligi uchun savolni hisobdan chiqarish 
toʻgʻrisida qilgan murojaati. 
Boshqa mazmunda berilgan apellyatsiyalar (masalan, boshqa jamoalarning 
javobini hisoblash yoki hisoblamaslik boʻyicha) qabul qilinmaydi. 
7.4. 
Apellyatsiyalar 
faqat 
jamoa 
sardorlari 
tomonidan 
AHga
yuzma-yuz murojaat orqali beriladi. 



7.5. Tur oʻrtalarida hamda turnir yakunlangach jamoalarning barcha natijalari 
eʼlon qilinadi. Shunga koʻra, jamoa sardorlari aynan qaysi turda berilgan javob 
varianti qabul qilinmaganligini aytib, murojaat qilinadi. 
7.6. Apellyatsiya berish uchun jamoadan 2 yoki undan ortiq vakilning AH 
oldiga kelishi, yaqinlashishi, apellyatsiya jarayoniga aralishishi qatʼiyan man etiladi. 
Ushbu holatlar aniqlanishi bilan jamoa apellyatsiya berish huquqidan mutlaqo 
mahrum etiladi va shu holat yuz bergungacha apellyatsiya natijasida hisoblangan 
ochkolari ham bekor qilinadi. 
7.7. Apellyatsiya maxsus tayinlangan AH tomonidan koʻrib chiqiladi. Ushbu 
jarayonga boshqa shaxslarning aralashishi taqiqlanadi. 
7.8. AH 3 nafar aʼzodan iborat boʻladi.
7.9. AH ochiq ovoz berish yoʻli orqali qaror qabul qiladi. Bunda oddiy 
koʻpchilik ovoz qoidasi amal qiladi. Yaʼni 3 kishidan 2 kishi “ha”, 1 kishi “yoʻq” deb 
ovoz bergan boʻlsa, unda oʻsha javob qabul qilinadi yoki aksincha. AH aʼzolari 
betaraf qolishi mumkin emas. 
7.10. Agar savolning notoʻgʻriligi uchun apellyatsiya tushmagan boʻlsa, unda 
AH savolni oʻz tashabbusi bilan hisobdan chiqarish huquqiga ega emas. 
7.11. Agar AH qarori natijasida notoʻgʻri savol hisobdan chiqarilsa, unda oʻsha 
savol uchun barcha jamoalarning ochkolari bekor qilinadi va oʻsha savol boʻyicha 
apellyatsiyalar ham koʻrib chiqilmaydi. 
7.12. Javobni toʻgʻri deb hisoblash boʻyicha apellyatsiya kelib tushmagan 
boʻlsa ham, AH xuddi shu savol boʻyicha berilgan boshqa apellyatsiya natijasida 
jamoalarga ochko yozishi mumkin. Masalan, savolning toʻgʻri javobi “chiston”. Bir 
jamoa “sheʼriy topishmoq” degan qabul qilinmagan javob variantiga apellyatsiya 
berdi. AH tomonidan ushbu javob varianti toʻgʻri deya qabul qilindi va jamoaga 
ochko berildi. Bunday vaziyatda apellyatsiya bergan yoki bermaganidan qatʼi nazar, 
“sheʼriy topishmoq” variantini yozgan barcha jamoalarga ochko taqdim etiladi. 
7.13. Apellyatsiyani koʻrib chiqish jarayonida aniqlashtirish uchun internet 
vositalari yoki boshqa manbalardan foydalanish mumkin. 

Download 225,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish