t.me/tuit_students_chanel
26-ma’ruza
TARMOQ XAVFSIZLIGI
Reja:
1. Tarmoq xavfsizligi vazifalari
2. Asosiy tushuncha, atamalar
3. Tarmoq xavfsizligiga qo‘yiladigan talablar
4. Tarmoq xavfsizligi usullarining klassifikatsiyasi
26.1. Tarmoq xavfsizligi vazifalari
Telekommunikatsiya tarmoqlaridan bugungi kunda turli xil vazifalarni hal
etishda
foydalaniladi,
xususan,
taqsimlangan
ma’lumotlar
bazasini
shakllantirishda, foydalanuvchilar o‘rtasida ma’lumotlar almashinuvida, ishlab-
chiqarishda, xo‘jalik va ilmiy-texnikada mushkul vazifalarni bajarishda
taqsimlangan hisoblash tizimlari shaklantirishda ishlatilmoqda. Tarmoq
texnologiyalari inson faoliyatining barcha jabhalariga jadallik bilan kirib kelishi
natijasida tarmoq faoliyati xavfsizligi va tarmoq orqali axborot uzatish xavfsizligini
ta’minlash vazifasi birinchi o‘ringa chiqishi tabiiy holdir.
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, tarmoq texnologiyalarining
rivojlanishi bilan bir qatorda tarmoqli kompyuter jinoyatchiligi paydo bo‘ldi, bu
jinoyatchilikka qarshi kurash esa o‘z navbatida katta miqdorda intelektual va
moliyaviy sarf-xarajat talab etadi.
Jamiyat faoliyatining turli jabhalariga telekommunikatsiya texnologiyalari va
uskunalarining jadallik bilan tadbiq etilishi, ularning roli va ahamiyatini qayta
t.me/tuit_students_chanel
ko‘rib chiqishga olib kelmoqda, chunki jamiyatni telekommunikatsiya tarkibiy
infratuzilmasining xavfsiz ishlashi borasida ehtiyoji ortib boradi.
Telekommunikatsiya tarmoqlarida horijiy texnologiya va uskunalardan
foydalanilish natijasida jamiyat faoliyatining turli sohalari, ulardagi AX darajasiga
bog‘liq bo‘lib bormoqda, sababi yashirin zaifliklar mavjudligi mazkur sohalar
faoliyatiga ruxsatsiz aralashish xavfini oshiradi va mazkur ehtiyoj texnik taraqqiyot
jarayonida faqatgina ortib boradi.
Telekommunikatsiya tarmoqlarida AXni ta’minlashdek muammoning
ahamiyati va dolzarbliligi ko‘plab g‘ayriqonuniy qoidabuzarliklar kabi aniq faktlar
bilan tasdiqlanadi.
Telekommunikatsiya tarmoqlari axborot muhitiga ta’sir o‘tkazish yo‘li orqali
tarmoqlar faoliyatiga ruxsatsiz aralashuvni namoyish etuvchi bir nechta misollarni
ko‘rib chiqamiz.
1991-yil Iroq – Quvayt urushining boshlang‘ich davrida AQSh Mudofaa
vazirligi topshirig‘iga binoan Iroqning asosan horijda ishlab-chiqarilgan DT
vositalari bilan ta’minlangan butun telekommunikatsiya tizimi faoliyati to‘xtatib
qo‘yildi.
Yana bir misol sifatida 1999-yildagi NATO kuchlari tomonidan bombardimon
qilish arafasida Serbiya telekommunikatsiya tarmoqlarini umumiy o‘chirilishini
keltirishimiz mumkin. Sababi mazkur harbiy harakatlar davrida Sloveniyada ishlab
chiqarilgan ATC SI 2000 qurilmalari qisqa muddat davomida ishlamay qolgan.
2007-yil aprel oyida Estoniyada axborot xuruji “taqsimlangan xizmat
ko‘rsatishni rad etish” (DDoS) natijasida, Internet tarmog‘i infratuzilmasi bir necha
hafta davomida ishdan chiqqan.
2007-yil 24-avgust va keyingi bir necha kun davomida, Microsoft
korporasiyasi dunyo bo‘ylab o‘n millionlab kompyuterlarga ruxsatsiz kirishni
amalga oshirdi. Mazkur ruxsatsiz kirish Windows XP va Windows Vista operasion
tizimlari (OT)dan foydalanuvchilarning kompyuterlariga Internet tarmog‘iga
ulanganda qo‘llaniluvchi to‘qqizta fayllarni o‘rnatishdan iboratdir. Mazkur fayllar
xattoki OTni avtomatik yangilash funksiyasi o‘chirilgan kompyuterlarda ham
almashtirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |