Ona tarbiyasi: roman va hikoyalar / Aziz Nesin



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/63
Sana11.04.2022
Hajmi1,29 Mb.
#542696
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   63
Bog'liq
Aziz Nesin. Ona tarbiyasi

YOLG‘ON GAPIRMA
Ahmad!
26­fevralda yuborgan xatingga kechikib javob 
qaytarayotganim uchun uzr. Bilasanmi, biz hozir 
23­aprelda bo‘ladigan kechaga tayyorgarlik ko‘ryap­
miz. Menga ko‘p narsani yuklab qo‘yishgan. Bir to­
mondan, shu kechaning tashvishi, ikkinchi tomon­
dan, darslar ham ko‘payib ketdi. Xullas, senga o‘z 
vaqtida javob yozolmadim. Lekin Husaynga ikki 
enlik xat yubordim. Husaynning boshiga tushgan 
kulfatni eshitib, qattiq qayg‘urdim, buni sen orqali 
bilganimni aytmasdan, ko‘nglini ko‘tarib qo‘ydim.


162
Aziz Nesin
Senga javob yozishga vaqt topolmay yurgan kez­
larim qiziq­qiziq gaplar bo‘lib o‘tdi. Shulardan biri ni 
senga gapirib beray. O‘zi Metinga taalluqli narsa.
Metinning goh­gohda dadamga yolg‘on gapirib 
qo‘yadigan odati bor. Dadam buni sezib qolsa juda 
jahli chiqib ketadi. Keyin esa uni yoniga olib, nasi­
hat qiladi.
– Nima qilsang qilgin­u, lekin yolg‘on gapirmagin, 
o‘g‘lim, – deydi dadam bunday paytlarda. – Yolg‘on­
ning urug‘i serob bo‘ladi. Arzimagan narsada al­
dasang, buni yashirish uchun kattaroq yolg‘on­
ni o‘ylab topishga majbur bo‘lasan. Innaykeyin, 
sirim oshkor bo‘lmasin deb bundan ham kattaroq 
yolg‘onni ishlatasan. Mayda yolg‘ondan hamisha 
katta yolg‘on kelib chiqadi. Shuning uchun zinhor 
yolg‘on gapirma, hamisha rostgo‘y bo‘l!
Dadam shunday deb aytadi­yu, lekin Metinni 
yolg‘on gapirishga o‘zi majbur qiladi. Nega deganda 
Metinning pashshadek gunohi dadamga tuyadek 
bo‘lib ko‘rinadi. Ukam bechora keyin rosa so‘kish 
eshitadi. Shuning uchun ham u yolg‘on ishlatib, 
dadamning do‘q­po‘pisasidan qutulsam deydi. Le­
kin baribir oxiri sir ochilib, rosa gap eshitadi­da...
– Dadamga nima deb bahona qilsamikin? – deb 
qoldi bir kuni Metin menga termilib.
Xabarim bor, bir necha kundan beri dadam 
Me tinga bugun albatta sochingni oldirib kel, deb 
ta yinlaydi. Metin bo‘lsa o‘yin bilan ovora bo‘lib, 
nuqul buni esidan chiqaradi. O‘sha kuni ertalab 
ishga ketayotib, dadam:
– Ishdan qaytgunimcha sochingni oldirib kel
bo‘lmasa xafa qilaman, – deb Metinni qattiq koyib 
bergan edi.
– To‘g‘risini ayt, vaqtim bo‘lmadi, de. Yolg‘on gapir­
sang, baribir mising chiqadi, – deb maslahat berdim.


163
«Ona tarbiyasi»
– To‘g‘risini aytsam, dadam urishib beradilar... 
Bergan pulingizni yo‘qotib qo‘ydim, deb aytaymi­a?
– Esing bormi o‘zi? Bir martayam shunaqa deb 
qo‘lga tushgan eding­ku. Yo‘qotdim degan puling 
yoningdan chiquvdi.
Kitob oldim, desammikan­a?
– Rostini aytaver yaxshisi.
– Yoki sartaroshxonada odam ko‘p ekan, navbat 
tegmadi, deb aytaymi?
Topgan bahonalariga o‘zining ham ko‘ngli to‘l­
madi.
Dadamning Ziyobey degan oshnasi bor. O‘sha 
kuni kechqurun shu kishi xotini bilan mehmonga 
kelib qolishdi. Dadamni anchadan beri ko‘rmagan 
ekan, sog‘inib kelibdi. Ammo kech kirib, qorong‘i 
tushdi hamki, dadamdan darak bo‘lmadi.
– Birpas o‘tiringlar, hali zamon kelib qoladi, – 
deb oyim mehmonlarni gapga solib o‘tirdi. Ammo 
dadamdan darak bo‘lavermagach, oyimning o‘zi 
xavotirga tushdi.
– Bunaqa odati yo‘q edi. Namuncha kech qoldiy­
kin­a?
– Kim biladi, balki ish­pishi chiqib qolgandir, – 
dedi Ziyobey oyimni tinchitib.
Hayronman, ishi chiqsa xabar qilguvchi edi.
Metin ikkovimiz ovqatni yedik. Yana ancha vaqt 
o‘tdi. Metin ham o‘rniga kirib yotdi. Mehmon­
lar endi ketamiz deb turishgan edi, birdan eshik 
taqillab qoldi.
– Ana, keldi! – dedi oyim sapchib o‘rnidan turib.
– Biz bekinib olamiz, ko‘rib hayron bo‘ladi, – de­
ganicha mehmonlar yugurib narigi xonaga kirib 
olishdi. Oyim borib eshikni ochdi.
– Qayerda yuribsan? Tinchlikmi o‘zi? Rosa 
xavotir oldik­ku.


164
Aziz Nesin
– Ziyobey kasal ekan. Ko‘rib kelyapman, – dedi 
dabdurustdan dadam.
– Shundaymi? Namuncha qolib ketding bo‘lmasa?
– Og‘ir yotgan ekan. Oldida birpas o‘tirdim.
– Voy boyoqish­ey! Ishqilib sog‘ayib ketsin­da! 
Dadam yana bir nima demoqchi bo‘lib endi og‘iz 
juftlagan ham ediki, qo‘shni xonadan chiqib ke­
layotgan Ziyobey bilan xotiniga ko‘zi tushdi. Da­
dam nima deyishini bilolmay qoldi. Oxiri:
– Iya­iya­iya... O‘zlari ham shu yerda ekanlar­da! 
– deb yubordi.
– Senga bir kutilmagan sovg‘a tayyorlab qo‘ymoq­
chi bo‘luvdik!
– Chindan ham bu kutilmagan sovg‘a bo‘ldi, – 
dedi oyim jilmayib.
Hammalari dasturxonga o‘tirishdi.
– Metin uxlab qoldimi? – so‘radi dadam saldan 
keyin.
– Ha, uxlab qoldi, – dedim shosha­pisha. – O‘zi­
yam bahona topaman deb rosa charchadi. Sochini 
bugun ham oldirgani yo‘q. Esidan chiqibdi. To‘g‘ri-
sini aytsam, urushib beradilar, deb sizga yolg‘on 
gapirmoqchi bo‘lib turgan edi.
Dadam o‘shqirib berdi.
– Bemahalda nima qilib yuribsan? Bor, joyingga yot!
Xullas, Metin ertangi jazodan qutulib qoldi. Ah­
mad, tez­tez xat yozib tur. Yaxshi tilaklarimni qa­
bul qilgaysan.
Zaynab Yolqir,
Anqara, 16-mart, 1964-yil


165
«Ona tarbiyasi»

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish