Ona tarbiyasi: roman va hikoyalar / Aziz Nesin



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/63
Sana11.04.2022
Hajmi1,29 Mb.
#542696
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   63
Bog'liq
Aziz Nesin. Ona tarbiyasi

Aziz Nesin
– Bo‘lmasa biz tengi xitoy bolalari ham konsert 
qo‘yganda o‘zimizning «Zaybek»ka tushishadimi?
– Masxarabozlik qilma! – urishib berdi musiqa 
muallimi.
Ammo men «Zaybek»ni o‘ynab turgan xitoy bo­
lasini bir zum tasavvur qildim­u miyig‘imda kulib 
qo‘ydim. Chamamda, xitoy bolalari ham shunday. 
Xitoycha raqsga tushganimizni ko‘rishsa bormi, 
rosa qiyqirib kulishsa keragov.
Tomdan chakka o‘tib turibdi­yu, biz paqir­
tog‘oralar o‘rtasida oxirgi marta repetitsiya qilib ol­
dik. Xitoycha raqsning zalvaridan pol taxtalarining 
beli bukilib ketdi.
– Bu senga «Zaybek» emas, xitoycha raqs bo‘la­
di, hadeb osmonga qarab irg‘ishlayverma. Xitoylar­
ning o‘yini og‘ir­vazmin bo‘ladi, ular keskin harakat 
qilishmaydi, – dedi menga tanbeh berib musiqa 
o‘qituvchimiz.
Mumkin qadar salmoq bilan vazmin o‘yinga 
tushmoqchi bo‘laman­u, ammo «Zaybek» qon­ 
qonimizga singib ketgani uchun beixtiyor osmonga 
sapchib ketaman.
– Namuncha sakrayverasan, Ahmad? Xitoy ruhi­
ga mos kelmaydi bu. Xitoylarning harakati mayin 
bo‘ladi.
– Yaxshi, lekin xitoy ruhi menga mos kelmasa, 
nima qilay? Men bunga o‘rganmagan bo‘lsam...
Musiqa o‘qituvchimiz pianinoda jo‘r bo‘lib tur­
di, biz raqsga tushdik. Yana bir joyga kelganda 
to‘satdan sakrab yuborgan edim, o‘qituvchi irg‘ib 
o‘rnidan turdi­da, menga qarab yugurdi. Yo‘lda 
suv to‘la paqirga qoqilib ag‘darilib tushdi. Hamma 
yog‘i shalabbo bo‘ldi. Toza qiyomat ko‘tarildi. Xul­
las, kechga yaqin ma’lum bo‘ldiki, so‘nggi repetit­
siyamiz muvaffaqiyatli o‘tibdi.


169
«Ona tarbiyasi»
Konsert kuni ham yetib keldi. Yuragimiz ta­
ka­puka bo‘lib, parda orqasidan zalga mo‘ralaymiz. 
Tumonat odam yig‘ilgan. Biz sahnada saf tortib tu­
ribmiz. Hammasi bo‘lib ellik bolamiz. Sinflarimiz 
ham har xil.
Mana, parda ochildi. Saf tortib «Mustaqillik 
marshi»ni aytdik. Keyin kattaroq bolalar orqaga 
o‘tdi. Birinchi va ikkinchi sinf o‘quvchilari «Bugun 
– yigirma uchinchi aprel» degan qo‘shiqni bosh­
lab yuborishdi. Qo‘shiq tugagach, zalda qarsaklar 
yangrab ketdi.
Keyingi aytilgan qo‘shiq musiqa o‘qituvchisiga 
sira ma’qul bo‘lmadi.
– Bu qanday o‘zboshimchalik? Nima qilib 
qo‘ydinglar?! Qo‘shiqni ikki kishi ijro etishi kerak, 
deb aytmovdimmi? Olomon qilib yubordilaring­ku! 
– deb koyib berdi u parda orqasidan.
Xitoy raqsiga navbat keldi. Likopcha ko‘ta­
rib sahnaga qizlar chiqishdi. Egnilarida guldor 
yubka bilan kalta ko‘ylak. Biz ham qizlar bilan 
oldinma­ketin sahnaga chiqdik. Qosh­ko‘zimiz­
ga qozonkuya surtib, labimizning tepasiga qora 
mo‘ylov qo‘ndirib olganmiz.
Musiqa o‘qituvchimiz pianinoni boshlab yubor­
di. Likopcha ushlagan qizlar goh egilib, goh turib 
oramizdan o‘tib yurishibdi. Shu o‘rtada to‘sat­
dan bir falokat yuz berdi. O‘qituvchining pand­u 
nasihatlari paqqos yodimdan ko‘tarilib, sakrab 
yuboribman shekilli, chirigan pol taxtasining ora­
si ochilib, o‘yinchi qizlardan birining etagini qisib 
oldi. Biz o‘lib­qutulib muqom qilyapmiz­u, u bo‘lsa 
etagini tortish bilan ovora. Yana bir sakrab ko‘ray­
chi zora boyoqishning etagi chiqsa, degan xa­
yolda oldiga kelib bir irg‘ib tushdim. Polning og‘zi 


170
Aziz Nesin
och ilishga ochildi­yu, ammo raqqosamiz yubkasini 
tortib ololmadi. Bechora jon­jahdi bilan bir silkin­
gan edi, shir etib yubkasi tushib ketdi. Bo‘ldi kulgi, 
bo‘ldi kulgi.
– Parda! Pardani yopinglar! – deb qichqirdi mu­
siqa o‘qituvchimiz sahna ortidan turib.
Gulduros qarsaklar ostida parda tushirildi.
Shundan keyin turli raqslar o‘ynaldi, qo‘shiqlar 
aytildi. Eng oxiri spektaklga navbat keldi.
O‘qituvchilarimizning o‘zi bizni grim qilib chiqdi. 
Mine oyisining eski kiyim­boshini kiyib olgan edi, 
naq liliput kampirning o‘zi bo‘ldi­qoldi. O‘qituvchi 
burnimning tagiga quyuq qilib yelim yopishtirgach, 
ketmonning sopidek yo‘g‘on mo‘ylovni qo‘ndirib 
qo‘ydi. Yelimning kuchi yetmay mo‘ylov tushib ketdi.
Ustoz yana bir enlik yelim surtib qo‘ygan edi, 
mo‘ylovim joyiga tushdi. Damirning ikki betini 
yelimlab, ustidan paxta yopishtirishdi. Ota rolida 
chiqqanidan keyin soch­soqoli oppoq bo‘lishi ke­
rak edi­da. Grimni bir amallab tugatdik. Shu payt 
o‘qituvchimiz to‘satdan:
– Damir juda yosh ko‘rinyapti. Ko‘zoynak taqib 
olmasa bo‘lmaydi, – deb qoldi.
Holbuki repetitsiyalarda bu haqda gap bo‘lgani 
yo‘q edi. Shu tobda qayoqdan ko‘zoynak topib 
bo‘ladi? Xayriyat, direktor jonimizga ora kirdi. 
Ko‘zoynagini olib, Damirga berdi.
– Lekin ehtiyot bo‘l, tag‘in sindirib­netib qo‘yma. 
Agar shu bo‘lmasa, hech narsani ko‘zim ko‘rmaydi, 
– dedi u Damirni ogohlantirib.
Ko‘zoynak Damirni xuddi mitti cholning o‘zi qilib 
qo‘ydi.
– Voy­bo‘, ko‘zim qamashib ketyapti­ku, hech 
narsani ko‘rmayapman, – nolib qoldi Damir.


171

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish