Ona tarbiyasi: roman va hikoyalar / Aziz Nesin



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/63
Sana11.04.2022
Hajmi1,29 Mb.
#542696
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   63
Bog'liq
Aziz Nesin. Ona tarbiyasi

YOMON ODAT
Qadrdon do‘stim Ahmad!
Xatga qo‘shib yuborgan rasmingni oldim. 
Qan 
chalik suyunganimni bilsang edi! Sinfdosh 
o‘rtoqlarimning hammasini yana bir ko‘rganday 
bo‘ldim.
Suratda yoningda turgan qiz Mine bo‘lsa kerak. 
Husayn uni to‘sib olibdi, zo‘rg‘a tanidim. Yashar 
bo‘lsa Chingizning odatini qilib, eng oldinga o‘tib 
olibdi. Shu suratni yuborib, zap ish qilibsan­da. 
Juda xursand bo‘ldim. Ammo rasmdan Damirni 
topolmadim. Har holda suratga tushmagan bo‘lsa 
kerak, yangi o‘qituvchingiz ancha yoshga borib 
qolgan odam ekan, ko‘rinib turibdi.
Men ham senga rasm yuboryapman. Ukam bi­
lan birga tushganmiz. Qo‘shni bola o‘zining appa­
ratida olgan edi.


150
Aziz Nesin
Mana shu hafta men uchun og‘ir keldi – quruq 
tuhmatga qoldim. Hech qanday asos bo‘lmagan 
holda badnom bo‘ldim. Aslida­ku, mendan ham 
o‘tgan joyi bor­a, lekin...
Voqeani bir boshdan gapirib beray. Mana, eshit.
O‘qituvchimiz birovdan yozma ishni ko‘chirib 
olgan yoki shpargalka ishlatgan bolalarni juda 
yomon ko‘radi. Ko‘chirmachilik – yaxshi o‘qiyot­
gan o‘rtoqqa nisbatan xiyonatdir, deydi nuqul. Esi 
butun odam bu ishni qilmasligi kerak, ko‘chir­
machilik mug‘ambirlarga xos narsa ekan.
Dadamning ham fikri shu. Birovdan ko‘chirib 
yozish yomon odat, bu bilan o‘qituvchini emas, 
o‘zingni aldaysan, deydilar.
Dadam jo‘ralari bilan yig‘ilib qolishsa, nuqul 
maktab yillarini eslab o‘tirishadi. Yaqinda yana 
shunday bo‘ldi. O‘sha kuni buvam ham biznikida 
edilar. Ulfatlar o‘qish yillarini eslab o‘tirishgan edi, 
Nurton baqaloqning dadasi to‘satdan:
– Hov, esingizdami, algebra o‘qituvchisi Sabribey 
bo‘lardi. O‘shaning etagiga boplab shpargalka osib 
qo‘yuvdik­a? – deb qoldi.
– Voy, bu nimasi? Qani, biz ham eshitaylik, – 
yalindi xotini.
– Rahmatli Sabribeyni hamma kal deb chaqirar­
di. O‘zi litseyda bizga algebradan dars berardi. Im­
tihonda yuragimizni hovuchlab o‘tirardik. Juda jo­
hil odam edi. Buning ustiga: «Mening imtihonimda 
hech kim shpargalka ishlatolmaydi. Bunaqa mar­
di hali tug‘ilmagan», deb kerilib ham yurardi. Biz­
ga imtihon savollarini berganidan keyin bir joyda 
o‘tirmas, nuqul oldimizda o‘ralashib yurardi. Bir 
kuni imtihon ketayotgan edi, ichimizdan bir bola...
– Najdod so‘takmidi o‘sha? – uning gapini bo‘ldi 
dadam.


151
«Ona tarbiyasi»
– Balli, Najdod so‘tak qiluvdi bu ishni. Hozir qa­
yergayam elchi bo‘lib ketgan. O‘sha Najdod ma­
salaning tayyor javobini kitobdan ko‘chirib, kal 
Sabrining orqa etagiga qadab qo‘ydi. Orqasida 
bir parcha qog‘oz osilib yotganidan kal Sabrining 
mutlaqo xabari yo‘q. Bolalarning hammasi ishga 
tushib ketdi.
Ammo Sabribey bir joyda tek turmay, paytavasi­
ga qurt tushgan odamday nari borib, beri keladi. 
Shuning uchun orqasidagi qog‘ozdan bor narsani 
ko‘chirib olish xiyla mushkul bo‘ldi. Buning ham 
yo‘lini topdik, birortamiz uni gapga chalg‘itib tura­
miz­da, boshqalar ko‘chirib oladi. Mening ishim 
yurishmay qoldi – endi ko‘chira boshlaganim­
da qimirlab qoladi. Oxiri uyoq­buyoqqa jilpang­
lab, Sabribeyda shubha tug‘dirdim. Meni qo‘lga 
tushirmoqchi bo‘ldi shekilli, tepamga kelib, hech 
narsa bilmagan kishiday orqasini o‘girib turaverdi. 
Men ham boplab ko‘chirib oldim.
Ishini bitirganlar qog‘ozini topshirib, birin­ke­
tin chiqib ketishdi. Qo‘ng‘iroq chalingach, qolgan­
lar ham sinfdan chiqishdi. Buni qarangki, Sab­
ribeyning orqasidagi shpargalkani olib qo‘yish hech 
qaysimizning esimizga kelmabdi. Sabribey yozma 
ishlarni yig‘ishtirib olgach, orqasidagi qog‘ozni li­
killatib to‘g‘ri o‘qituvchilar xonasiga kirib ketdi.
Xullas, aybdor topilmabdi. Sabribey yumshoq­
ko‘ngil odam ekan, ko‘p yalinishganidan keyin bo­
lalardan qayta imtihon olibdi.
– Usmon qassob esingda bormi? Uniyam boplab 
qo‘lga tushirgan edik­a? – dedi ulfatlardan yana biri.
Usmon qassob deganlari tarix o‘qituvchisi ekan. 
Bu odam, aksincha, bir joyda qimir etmay o‘tirar­
kan­u, ammo ko‘zi xuddi o‘tkir projektorga o‘xshar­


152

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish