«Ona tarbiyasi»
Sal o‘tmay dadamning:
– Buyursinlar, afandim... Rosa bizni muntazir
qildingizda, taqsir... Qani, qani, ichkariga marha
mat qilsinlar, afandim... Qadamlariga hasanot, –
degan ovozi keldi.
Yo‘lakka chiqdim. Dadam mehmonning palto
bilan shlyapasini qoziqqa ilib qo‘ydi. Bundoq qa
rasam, dadamning xo‘jayini sirayam men o‘ylagan
devga o‘xshamas ekan. Kichkinagina, xushtabi
at odam ekan. Dadam bu kishini nega yoqtirmay
yurganiga, hozir bo‘lsa atrofida bunchalik ayla nib-
o‘rgilishiga tushunolmay hayron bo‘ldim.
Fato‘sh mehmonning qo‘lidan o‘pib salomlashdi.
Men u bilan qo‘l berib so‘rashgan edim, dadam:
– Amakingning qo‘lini o‘pmaysanmi, o‘g‘lim, –
deb qoldi. Noiloj o‘pishga majbur bo‘ldim.
Dadam xo‘jayini bilan gapga tushib ketishdi.
Saldan keyin oyim ularni dasturxonga taklif qildi.
– Yo‘q, ovora bo‘lmang, ovqatga turmayman, –
deb mehmon uzr so‘radi.
Ana, xolos. Oyim shuni deb necha kundan beri
tipirchilab yurgan bo‘lsayu, bu kishi ketaman deb
turib olsa! Lekin dadam bo‘sh kelmadi – xo‘jayinini
bilagidan tortib, zo‘rlab dasturxonga o‘tqazdi.
Dadam bilan oyim tipirchilab turgani uchun men
ham o‘zimni yo‘qotib qo‘ydim. Yuragim po‘killab
ura boshladi. Bir payt dadam stoldagi stakanlar
ga suv quyib uzat, deb buyurgan edi, qo‘limdagi
grafinni dasturxonga to‘kib yubordim. Dadam:
– Kapkatta yigit bo‘lib qolgan bo‘lsang ham,
haligacha suv quyishni bilmaysana, – deb koyib
berdi. Latta bilan stolni artmoqchi bo‘lib, o‘ziyam
salat to‘la laganchani ag‘darib yubordi.
– Kechirasiz, kostyumga tegmadimi? – mehmon
dan so‘radi oyim shoshapisha uning oldiga kelib.
146
Aziz Nesin
Tarki odat – amrimahol, degandek Fato‘sh yana
sho‘rvasini to‘kib yubordi. Oyim uni urishib ber
gan edi, bechora:
– Axir o‘zingiz turtib yubordingizku, – deb uv
vos tortdi.
– Bularingga ovqatni boshqa joyga suzib ber,
deb aytdimku senga, – jerkib tashladi dadam.
– Yum og‘zingni, mehmonning oldida yig‘lasa
ayb bo‘ladi.
Oyim buni sekin gapirgan bo‘lsayam, ham
mamiz eshitdik. Fato‘sh mehmon oldida yig‘lab
bo‘lmasligini tushunib, darrov jim bo‘ldiyu, ammo
anchagacha o‘pkasini bosolmay hiqillab o‘tirdi.
Oyim hammaning likopchasiga go‘sht solib ber
moqchi bo‘ldi. Mehmon ham tarelkasini tutdi. Ammo
o‘zi dadamga o‘girilib, nimanidir tushuntirayotgan
edi. Oyim katta qoshiqdagi bir bo‘lak go‘shtni endi
solaman deganida u likopchani toprib oldi. Go‘sht
shalop etib stoldagi murabboga tushdi.
– Voy sho‘rim, nima qilib qo‘ydim! – chinqirib
yubordi oyim.
Hammamiz esankirab qolganimizdan stol
ayqashuyqash bo‘lib ketdi.
Dadam boyadan beri tuzning o‘rniga ovqatiga
qalampir sepib o‘tirgan ekan, birdan buni payqab
qolib, fig‘oni oshdi:
– Tuzliq qani? Qirg‘in keldimi unga?!
Azbaroyi gangib qolganidan oyim tuzliqning
o‘rniga dadamga gorchitsani uzatib yubordi. Dar
hol stoldan tuzni olib berdim. Dadam tuzliqni olib
qattiq silkitib yuborgan edi, qopqog‘i bilan ichidagi
hamma tuzi oshga tushdi.
Borabora oyim gapidan ham adashib qoldi. Bir
payt u hech narsadan hech narsa yo‘q, mehmonga
qarab:
147
«Ona tarbiyasi»
– Qalay yuribsiz, afandim?– deb qolsa bo‘ladimi!
– Labbay, xonim? – hayron bo‘ldi mehmon. Oyim
sal o‘ziga keldi.
– Ovqatni aytyapman, afandim? Yoqdimi sizga?
– Qo‘lingiz dard ko‘rmasin, juda shirin bo‘pti.
To‘satdan Fato‘sh:
– Oyi, tomog‘imga bir nima tiqilib qoldi, – deb
yubordi.
Oyim bir qo‘li bilan uni orqasiga urib, ikkinchisi
da suv uzatdi.
Dadam bizga pichoq o‘ng qo‘lda, sanchqi esa
chap qo‘lda turishi kerak, deb tayinlab qo‘ygan edi.
Lekin nechog‘lik harakat qilmay, hecham uddasi
dan chiqolmadim. Oxiri o‘zimga o‘ng‘ayini qildim
– sanchqini o‘ng qo‘lga olib, ovqatimni yeyaverdim.
Dadam o‘zi aytganday qilib pichoqni o‘ng, sanchqi
esa chap qo‘lda tutgan holda likopchasidagi go‘sht
ni kesmoqchi bo‘ldi. Go‘sht pichoqdan qochdi she
killi, bir sakrab stoldagi apelsinlarning ustiga chiqib
oldi. Lekin haliyam o‘zim durust ekanman – ovqat
paytida ko‘pam xijolat bo‘lganim yo‘q. Dastur xondan
turayotib, bu mashmashaning tugaganiga xursand
bo‘lganimdan chuqur uh tortib qo‘ydim.
Ovqatdan keyin mehmon qahva ichib o‘tirgan
edi, to‘satdan menga o‘girilib:
– Nechanchi sinfda o‘qiysan, jiyan? – deb so‘rab
qoldi.
– Afandim, beshinchida o‘qiyman, afandim, –
deb tutilmay javob berdim.
«Afandim» so‘zini tirkab, oyim bilan dadamni
rozi qildim chamamda. Sekin ikkovlariga qarab
qo‘ydim. Jilmayib o‘tirishgan ekan.
– Xo‘sh, necha yoshdasan?
– Afandim, o‘n birga chiqdim, afandim.
148
Aziz Nesin
– Katta bo‘lganda kim bo‘lmoqchisan?
– Afandim, yozuvchi bo‘laman, afandim.
– Barakallo...
Oyimning labi qimirlagandek bo‘ldi. Rahmat
aytish esimdan chiqibdi, shuni shipshitayotganini
payqadim. Mehmon dadamga bir nima deb turgan
edi, shartta gaplarini bo‘ldim.
– Afandim, rahmat, afandim.
Mehmon o‘rinsiz tashakkurning sababini
tushunolmadi. Biroz o‘ylanib turgach: «Arzimaydi»,
deb qo‘ydi.
Fato‘shning antiqa ishlari haqida senga ol
din ham yozgan edim. O‘sha kuni u yana hunar
ko‘rsatdi.
Ovqatdan keyin oyim dasturxonni yig‘ishtirib
olayotgan edi, bir dona banan yerga tushib ketdi.
Fato‘sh darrov uni yerdan olib stolga qo‘ydi.
– Yerga tushgan narsani hozir yeb bo‘lmaydia,
oyi? – dedi u oyimga qarab. – Mehmon ketgandan
keyin o‘zim yeyman.
Fato‘shning bema’ni gapini eshittirmaslik uchun
mi yoki uning tilini tiyib qo‘ymoqchi bo‘libmi, har
holda dadam ikkiuch marta qattiq yo‘talib qo‘ydi.
– Mehmonning oldida yo‘talganda og‘izga qo‘l
tutib turish kerak, dada, – dedi Fato‘sh yana bi
lag‘onlik qilib.
– Ha, Fato‘sh! Nima deyapsan o‘zing? – arang
jilmaydi dadam.
Singlim yana aql o‘rgatdi.
– Uyga mehmon kelganda «ha» deb bo‘lmaydi,
dada. Ayb bo‘ladi.
Mehmon o‘rnidan turdi. Dadam bilan oyim uni
mashinasigacha kuzatib chiqishdi. U jo‘nab ket
gach, uyga qaytib kirishdi.
149
«Ona tarbiyasi»
– Uh, meni sharmanda qildilaring! – dedi dadam
xunobi oshib.
– Men senlarga tayinlab aytgan edimku, axir!–
unga qo‘shildi oyim.
Fato‘sh hayron bo‘ldi.
– Axir men mehmonning oldida nonni butuni
cha yemadimku?
O‘sha kuni kechgacha o‘zimizni qo‘yarga joy to
polmay yurdik.
Zaynab, xat bilan senga bir rasm ham yubor
yapman. Butun sinf bilan tushganmiz. Sendan ke
yin kelgan yangi o‘qituvchi ham shu yerda bor.
Senga katta muvaffaqiyatlar tilayman.
Ahmad Tarbay,
Istanbul, 10-fevral, 1964-yil
Do'stlaringiz bilan baham: |