Тупроқни ким таҳлил. Ас ўзг


VI BOB bo‘yicha nazorat savollari



Download 13,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/105
Sana11.04.2022
Hajmi13,45 Mb.
#542378
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   105
Bog'liq
Tuproqni kimyoviy tahlil qilish usullari Sh.M. Ishoqova 2017

VI BOB bo‘yicha nazorat savollari
1.
Barcha optik usullar qo‘llanish prinsipiga ko‘ra nechta guruhga 
bo‘linadi? 
2.
Fotometriya hodisasi haqida tushuncha bering. Bu usul yordamida 
nima aniqlanadi? 
3.
Fotometriya usulida qanday uskunalar qo‘llaniladi? 
4.
Nefelometrik va turbidimetrik analiz usullari yordamida nima 
aniqlanadi? 
5.
Refraktometriya, polyarimetrik, lyuminessent usullar haqida 
tushuncha bering. Bu usullarda qanday uskunalar qo‘llaniladi? 
6.
Optik usullarning bir-biridan farqini tushuntirib bering. 
7.
Atom-absorbsion usulining ishlash prinsipi qanday? 
8.
Emission usullar (alangali fotometriya, spektral tahlil, atom-
fluooessent tahlil, lyuminessent tahlil) haqida ma‘lumot bering. 


95 
VII BOB. ELEKTROKIMYOVIY USULLAR 
Tayanch iboralar 
Konduktometrik, kulonometrik, polyagrafik, xronopotensiometriya, 
ampermetrik-titrlash. 
 
Elektrokimyoviy analiz turlari juda ko‘p. Amalda qo‘llaniladigan usul 
turlaridan qat’i nazar, umumiy tarzda ta’kidlanganda, asosan, quyidagicha 
tahlil ishlari amalga oshiriladi. 
1.Eritmalarning 
elektr 
o‘tkazuvchanligini 
tahlil 
qilish 
(konduktometriya usuli). 
2.Moddalarning elektrokimyoviy o‘zgarishlarida sarf bo‘ladigan 
elektr tokini o‘chab tahlil qilish (kulonometrik usul). 
3.Mikroelektrodlar 
qutblanish 
jarayonlarini 
o‘rganish 
(polyarografiya). 
4.Muvozanat holatdagi elektrolitlar potensiallari qiymatini aniqlash 
(potensiometriya). 
5.Elektrokimyoviy jarayonlarni bajarib kimyoviy modda (birikma) 
larning ma’lum qismini ajratib olish («elektromiqdoriy» usul) va 
boshqalar.[5] 
Konduktometrik analiz 
Konduktometrik analiz usullarining bevosita (to‘g‘ridan-to‘g‘ri) va 
bilvosita (to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘lmagan) turlari mavjud, lekin har 
ikkalasining 
negizida 
muayyan 
modda 
eritmasining 
elektr 
o‘tkazuvchanligini aniqlash yotadi. Amalda, ta’kidlash kerakki, bilvosita 
usul – konduktometrik titrlash kengroq ishlatiladi.
Konduktometrik titrlash hajm analizi usullaridan hisoblanib, unda 
eritmaning neytrallanish nuqtasi, odatdagidek indikatorlar bilan emas, 
balki o‘rganilayotgan eritma elektr o‘tkazuvchanligini bosqichma-bosqich 
o‘lchab topiladi. Bundan tashqari, rangli yoki tiniq bo‘lmagan 
(loyqalangan) eritmalarning ekvivalent neytrallanish nuqtasini amalda 
ishlatiladigan indikator birikmalar vositasida titrlab aniqlashning o‘zi o‘ta 
mushkul. Konduktometrik usul bilan eritma titrlanganda uning qandaydir 
sabab bilan loyqalanganligi yoki rangli bo‘lishi elektr o‘tkazuvchanligiga 
unchalik tasir eta olmaydi. 
Bu 
usul 
tekshiriladigan 
eritmaning 
solishtirma 
elektr 
o‘tkazuvchanligini o‘lchashga asoslangan. Elektrolit eritmasida musbat va 
manfiy zaryadlangan ionlar bo‘lishi sababli eritma elektr tokini o‘tkazadi. 
Elektrolizning oldini olish uchun eritmaning elektr otkazuvchanligini 
o‘lchashda o‘zgaruvchan tok qo‘llaniladi. Elektr o‘tkazuvchanlik modda 
tabiatiga, erituvchining konsentratsiyasiga va boshqa omillarga bog‘liq 
bo‘ladi. Shu sababli elektr o‘tkazuvchanlikni o‘lchash yo‘li bilan 


96 
tekshiriladigan eritmadagi har xil modda va birikmalar miqdorini aniqlash 
mumkin. 
Elektr o‘tkazuvchanlikni o‘lchash prinsipiga ko‘ra, konduktometriya 
quyidagi turlarga bo‘linadi: 
1. Bevosita konduktometriya – tekshiriladigan alohida modda erit 
masining elektr o‘tkazuvchanligini bevosita o‘lchashga asoslangan. 
2. Konduktometrik titrlash titrant bilan aniqlanadigan moddaning 
o‘zaro ta’sirlanish jarayonida elektr o‘tkazuvchanlikning o‘zgarishini 
o‘lchashga asoslangan. Bunda moddaning miqdori haqida titrlash egri 
chizig‘ining burilishiga qarab fikr yuritiladi. Egri chiziq solishtirma elektr 
o tkazuvchanlik – qo‘shiladigan elektrolitning miqdori koordinatalar 
sistemasida yasaladi. 
3. Xronokonduktometrik titrlash moddaning miqdorini titrlash vaqti 
boyicha aniqlashga asoslangan. Titrlash egri chizig‘i registrator vositasida 
diagramma qog ozida avtomatik qayd qilinadi. 
Konduktometriya usulida reaksiyalar turiga qarab tahlil usullari 
turlicha bo‘ladi: a) kislota-asosli (neytrallash) usuli, b) cho‘ktirish usuli; d) 
kompleks hosil qilish usul; e) oksidlanish-qaytarilish usuli va boshqalar. 
Yuqoridagilardan tashqari, mazkur usul bilan ancha murakkab 
tarkibli moddalar eritmalari, masalan, bir necha kislota aralashmasidan 
iborat bo‘lgan sistemalarni analiz qilish va har bir kislota miqdorini aniq 
topish mumkin. Albatta, analiz tajribasi ishlari ma’lum tartib-qoidalariga 
amal qilingan holatda olib boriladi. Dastavval, eritmadan ma’lum hajmda 
olib, konsentratsiyasi aniq bo‘lgan ishqor eritmasi tanlanib, undan oz-
ozdan qo‘shib, hosil qilingan eritmalar elektr o‘tkazuvchanligi o‘lchanadi. 
Ishqor qo‘shilgan sari eritmada vodorod ioni [H+] nisbiy konsentratsiyasi 
doim kamayadi, shu bilan birga, elektr o‘tkazuvchanlik ham pasayadi.

Download 13,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish