Тупроқни ким таҳлил. Ас ўзг


Atom-absorbsiya usuli va undan tuproq, o‘g‘it va o‘simliklar tahlilida



Download 13,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/105
Sana11.04.2022
Hajmi13,45 Mb.
#542378
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   105
Bog'liq
Tuproqni kimyoviy tahlil qilish usullari Sh.M. Ishoqova 2017

 
Atom-absorbsiya usuli va undan tuproq, o‘g‘it va o‘simliklar tahlilida 
foydalanish
Atom-absorbsion spektrometrning asosiy elementlari nur manbasi, 
atomizator, spektral uskuna va elektron tizim hisoblanadi. Namunadagi 
elementlar aniqlash analitik signal graduirovka eritmasidagi elementlar 
konsentratsiyasi orqali topiladi.
Bu analiz qo‘zg‘atilmagan erkin atomlarning optik oraliqdagi 


79 
nurlanishni yutishiga asoslangan. Atom-absorbsion analiz uchun 
tekshiriladigan modda biror atomizatorda atomar gaz holatiga keltiriladi va 
shu atomar gazga aniqlanadigan elementga xos bo‘lgan nurlanish maxsus 
lampadan yuboriladi. Ushbu atomar gaz qatlamida maxsus lampadan 
tushgan nurning bir qismi yutiladi. Shu yutilish miqdoriy aniqlashlar uchun 
asosiy kattalik sifatida qo‘llaniladi: 
A = kCl 
Atom bug‘i optik zichligining (A) kattaligi Buger – Ber - Lambert 
qonuniga ko‘ra yorug‘lik yutuvchi zarrachalarning konsentratsiyasiga (S), 
ya’ni atomizatordagi aniqlanadigan elementning miqdoriga to‘g‘ri 
proporsional bo‘ladi. Bu yerda, k - erkin atomlarning nurni yutish 
koeffitsiyenti; l - yutish qatlamining uzunligi. 
10-rasm. Atom-absorbsion 
spektrometr
 
Atom-absorbsion analizda atomizatorlar tekshiriladigan namunadagi 
moddani faqat atomar gaz holatiga o‘tkazishi kerak. Atom-emission usulda 
esa atom qo‘zg‘atilgan holatga ham o‘tkaziladi. Atom-absorbsion analiz 
usulida atomlash manbasi sifatida alanga ham ishlatiladi. Alanga 
atomizatori uchun qo‘llaniladigan gorelka atom- emission usulnikidan 
farqli ravishda cho‘zilgan shaklli alanga hosil qiladigan tuzilishga ega. Bu 
atomizator yordamida qattiq moddalarni ham analiz qilish mumkin. 
Grafitning tez yonib ketmasligini ta’minlash uchun u argon atmosferasida 
joylashtiriladi. Elektrotermik atomizatorlarning atomlash qobiliyati va 
sezuvchanligi yuqori. Bu esa moddaning atomizatorda ko‘proq botishi va 
grafitning qaytaruvchilik xossalari bilan bog‘liq. Analiz uchun olinadigan 
namunaning miqdori ko‘p bo‘lishi talab etilmaydi. 
Atom-absorbsion analizda nurlanish manbai sifatida chiziqli spektrlar 
chiqaradigan g‘ovak katodli va elektrodsiz, razjyad lampalari ishlatiladi.
Metallmaslarni 
aniqlashda 
ko‘pincha 
elektrodsiz 
lampalardan 
foydalaniladi. Elektrodda tekshiriladigan moddaning oz 
miqdori 
joylashtirilgan bo‘lib , u atomar holatga aylantirilgandan so‘ng 


80 
mikroto‘lqinli maydon ta’sirida qo‘zg‘aladi. 
Bu lampalarning har biri faqat bitta elementni aniqlashga 
mo‘ljallangan. Bunday qotishmalardan tayyorlangan katodli lampalar 
(aniqligi, yuqori emas) mustasno. Ushbu kamchilikni yo‘qotish uchun 
hozirgi vaqtda keng to‘lqin uzunligi sohasiga ega bo‘lgan ksenon lampalari 
va lazerlardan foydalanilmoqda. 
Atom-absorbsion analizga xalaqit beruvchi omillar ham spektral va 
fizik-kimyoviy omillarga bo‘linadi. Bular qatoriga fonning chiqarish va 
yutish spektrlarini kiritish mumkin. Moddani atomar gazga aylantirish 
vaqtida uning bir qismi qo‘zg‘atilgan holatga o‘tishi va nur chiqarishi 
mumkin. 
Bu atom-emission usulga ko‘ra selektiv bo‘lib, ko‘p elementli analizni 
amalga oshirish ancha murakkab. U miqdoriy analiz usuli sifatida ancha 
aniq va sezuvchan usuldir. Ko‘pincha miqdoriy aniqlashlar uchun tashqi 
standart va qo‘shimchalar usullari qo‘llaniladi. Atom-absorbsion analizda 
ichki standart usulini qo‘llab bo‘lmaydi, bu usul bir elementli usul bo‘lib, 
bir vaqtning o‘zida ikkita elementning analitik signallarini o‘lchash imkoni 
yo‘q. Atom-absorbsiya usulida ishlatiladigan analitik jihozlar quyidagi 
asosiy qismlardan iborat bo‘ladi: yorug‘lik manbai, yutish yacheykasi, 
optik moslama, qabul-ro‘yxat moslamasi. 
Hozirgi kunda turli-tuman absorbsiya spektrofotometrlari ishlab 
chiqarilmoqda, ularning ayrimlari emission alangali fotometriyada ham 
qo‘llanilishi 
mumkin. 
Atom-absorbsiya 
usulida 
ishlatiladigan 
monoxromatordagi nur kirish tirqishini moslash asosida olinadigan 
natijalar aniqligini oshirish mumkin. Atom-absorbsiya usulida alangadagi 
kimyoviy jarayonlar kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Namuna tarkibidagi 
aniqlanadigan element bilan qiyin dissotsiyalanadigan birikma hosil 
qiluvchi har qanday modda nurlanishni yoki nur sochilishini pasaytiradi. 
Masalan, fosfatlar kalsiy bilan shu tipdagi birikmalar hosil qilishi mumkin. 
Shuningdek, sulfatlar silikatlar va amominiy ham kalsiy va ishqoriy yer 
metallarni aniqlashni qiyinlashtiradi. 
Aytib o‘tilgan to‘siqlarni namunalarga maxsus reagentlar qo‘shish 
yo‘li bilan bartaraf etish mumkin. Masalan, kalsiy va magniyni aniqlashda 
sulfat va fosfatlarning ta’siri trilon B qo‘shish yo‘li bilan yo‘qotiladi. 
Atom-absorbsiya usuli tuproq-agrokimyoviy tahlil imkoniyatlarini 
kengaytiradi. Agrokimyo va tuproqshunoslikda spektral tahlil keng 
qo‘llaniladi, hozircha uning imkoniyatlaridan unumli foydalanilayapti deb 
bo‘lmaydi. Usul ko‘proq o‘simlik va tuproq tarkibidagi mikroelementlarni 
aniqlashda qo‘llanilmoqda.[8] 

Download 13,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish