‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


Yettinchi mavzu: Mustaqillik davri o‘zbek



Download 3,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/63
Sana10.04.2022
Hajmi3,04 Mb.
#541656
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   63
Bog'liq
O\'zbek terminologiyasi. Dadaboyev H. (1)

Yettinchi mavzu: Mustaqillik davri o‘zbek
terminologiyasining taraqqiyoti
Reja:
1. Globallashuv va integratsiya davrida tillararo munosabatlaming ter- 
minologiyada aks etishi.
2. 0 ‘zlashma terminlarning o ‘zbek adabiy tili qonunlariga b o ‘ysundi- 
rilishi.
3. Xalq x o‘jaligidagi yangi sohalam ing o ‘zbek terminologiyasi rivo- 
jidagi roli.
Asosiy tushunchalar: mustaqillik davri, globallashuv,internet davri,
realiyalar, о ‘zbek kurashi, donor til, mutanosib, almashtirish, tarjima
qilish, so ‘z yasalish usullari, dublet, davlat boshqaruvi, lug ‘at fondi, mo-
slashish, milliy siyosat, ekotermin, kimvo terminologiyasi, til qonunlari,
yangi nomlanishlarning voqelanishi.
Globalllashuv, internet va kompyuterlashtirish asrida 0 ‘zbekiston 
Respublikasining jahon hamjamiyati safidan o ‘rin olishi davlatlararo iqti- 
sodiy, siyosiy, ijtimoiy, madaniy va sh.k. aloqalam ingqizg‘in ,ja d a ls u r’at- 
Iar bilan rivojlanishiga olib keldi.
Bunday m unosabatlaming ijobiy natijalari nafaqat ijtimoiy-siyosiy, 
madaniy-iqtisodiy hayotda, shuningdek, tilda ham o ‘z ifodasini topmoq- 
da. So‘nggi yillarda o ‘zbek terminologiyasi tayyor xorijiy leksik birliklar 
hamda ular anglatuvchi 
akademik litsey, kollej, magistr, magistratura,
bakalavr, tender, preferensiva, investitsiya, litsenziya, diler, megapolis,
ekologiya, ekspert, demping, inflyatsiya, kliring, supermarket, minimarket,
giper market, chat, paynet, elektorat, narkobiznes, milliy aviakompaniya,
klasster, robot-taksi, drayver, elektron viza, tranzit biznes, trend, brend,
logistika, vatsapp, rouming, instagram, telegram, mikrozaym, investor,
onlayn, oflayn, onlayn-broker, onlayn rejim, keys-stadi, innovatsion tex-
48


nopark
singari mutlaqo yangi tushunchalar va realiyalar hisobiga boyib 
bormoqda.
0 ‘zbekiston Respublikasi olimlarining dunyoning rivojlangan mam- 
lakatlari yetakchi muassasalari ilm ahli bilan o ‘m atgan ilmiy-texnik mu- 
nosabatlarining jadallashuvi, hamkorlikda dolzarb ilmiy masalalar ustida 
izlanishlar olib borishning yo‘lga qo ‘yilishi, yosh iste’dod egalarining nu- 
fuzli chet el universitetlari va institutlarida o ‘qishi yoxud malaka oshirishi 
term inlar sistemasining yaqinlashuvi, boyishiga ko ‘mak beradi. Hozirgi 
o ‘zbek terminologiyasi uchun G ‘arb tillari, ayniqsa, ingliz tilidan ko ‘plab 
term inlam ing bevosita kirib kelishi diqqatga sazovordir.
Shu bilan bir qatorda, o ‘zbek tili terminlarining boshqa tillar tomoni­
dan o ‘zlashtirilayotgani ajablanarli hoi emas) Zero, so‘z o ‘zlashtirish 
hodisasining ikki tomonlama sodir b o ‘lishi tilshunoslikda allaqachon tas- 
dig‘ini topgan.
Ta’kidlash joizki, 1999-yilning m ay oyida 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti tashabbusiga muvofiq o ‘zbek kurashi b o ‘yicha jahon birin- 
chiligi o ‘tkazildi. Keyinchalik, bu sport turining ommalashuvi va dunyo 
sahnasiga chiqishi natijasida 
kurash, yonbosh, chala, halol, g'irrom
kabi 
term inlar xalqaro sport terminologiyasining mulkiga aylandi (Bektemirov, 
2002; 10). “
Sharq taronalari”
(Vostochniye melodiy), “
0 ‘zbek m odeli”
(Uzbekskaya model) singari terminlar jahonga mashhur bo‘ldi. Mahal- 
la institutining qayta tiklanishi 
fuqarolar yig'ini, fuqarolar yig'in i raisi,
oqsaqol
va sh.k. term inlam ing o ‘zga tillar so‘z boyligidan mustahkam 
o ‘rin olishi yoki tarjima qilinishiga bois b o ‘ldi.
Qayd etish lozimki, o ‘zbek term inologiyasi tizimida xorijiy tillarga 
taalluqli tushunchalam i o ‘z ichki im koniyatlar asosida ifodalash tam- 
oyili yetakchilik qilmoqda. Bunday jarayon paytida chetdan kelayotgan 
o ‘zlashm alam ing bir qismi o ‘zbekcha m utanosiblari bilan alm ashtiriladi 
yoki tarjim a (kalka) qilinadi. Ushbu usul yangi tushunchalam i atashda 
o ‘ta qulayligi va m ahsuldorligi bilan ajralib turadi. M asalan, 

Download 3,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish