Geography: nature and society



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana10.04.2022
Hajmi0,94 Mb.
#541233
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2316-Текст статьи-4716-1-10-20210801

|
|
№2 | 2020
46 
provinsiyasidagi Datun toshko`mir konidir. Bu kondan yiliga o`rtacha 84 mln tonnagacha mahsulot 
qazib olinadi. 
Ko`mir sanoati Shansi, Xenan, Xebey, Xeylunszyan, Lyaonin provinsiyalari uchun asosiy 
sanoat tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, Shandun, Anxoy, Shensi provinsiyalari, Ichki 
Mongoliya avtonom rayonida ham ko`mir qazib olish va uni qayta ishlash sanoati shakllangan. 
Xorijiy kapital ishtirokida yangi ko`mir konlarini qidirib topish, ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil 
etish ishlari Shensi provinsiyasi, Shinjon-Uyg`ur va Ninsya-Xuey avonom rayonlarida amalga 
oshirilmoqda. 
Xitoyda neft tabiiy resurs sifatida juda qadim zamonlardan beri ma`lum. Neft sanoati XX 
asrning boshlarida Xitoyning shimoli-g`arbiy hududida shakllangan. Sanoat asosida neftni qazib 
chiqarish 1949-yildan boshlab amalga oshirilgan. 1960-yilda mamlakatdagi eng yirik neft koni – 
Dasin (Xeylunszyan provinsiyasi) ishga tushirilgan. 1980-yildan boshlab neft sanoatiga xorijiy va 
mahalliy investitsiyalar jalb etila boshlandi. Xitoyning kam o`zlashtirilgan g`arbiy hududlari, 
xususan, Shinjon-Uyg`ur avtonom rayonida yangi neft konlari ochildi. Gansu, Shansi 
provinsiyalarida ham dastlabki neft konlari ochilib, xomashyo qazib olish hajmi yildan-yilga 
kengayib bordi. 1965-yildan neft eksport qilish boshlangan. Neft va neft mahsulotlari, asosan, 
Yaponiyaga eksport qilingan.
Xitoydagi eng yirik neft konlari mamlakatning shimoli-sharqiy va shimoli-g`arbiy 
hududlarida, shuningdek, Sariq dengizi shelfida mavjud. Dasin konidan bir yilda 50 mln 
tonnagacha, Shenli konidan 27 mln tonnagacha, Jenitso konidan 10 mln tonnagacha neft qazib 
olinadi. Neft qazib olish hajmini kengaytirish va neft sanoatini rivojlantirish maqsadida Lyaoxe, 
Chjushoan (Shandun provinsiyasi), Qoramoy, Dagan singari yangi konlar ishga tushirildi. Shinjon-
Uyg`ur avtonom rayoni neft zaxiralariga juda boy. Shu hududdagi Tarim botig`ida xorijiy 
investitsiyalar ishtirokida istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, Janubiy Xitoy 
dengizi sayozliklari va Boxay qo`ltig`idan ham neft qazib olinmoqda.
Xitoyda 2012-yilda 300 mln t ga yaqin neft qazib olinadi. Xitoy neft qazib olish bo`yicha 
jahonda 6-o`rinda (Saudiya Arabistoni, Rossiya, AQSH, Kanada, Erondan so`ng). Xitoy shimoli-
sharqiy, shimoli-g`arbiy va sharqiy hududlarida neft qazib olish bilan hamohang neftni qayta 
ishlash va neft-kimyo sanoati tarmoqlari ham rivojlangan.
Xitoyda qazib olingan neftning 60%i quvurlar orqali tashiladi. Shuningdek, temiryo`l va 
avtomobil transportida ham neft tashish ham yo`lga qo`yilgan. Neft xomashyosi foydali qazilma 
konlaridan neftni qayta ishlash zavodlari va eksport terminallariga yetkazib beriladi. Neftni qayta 
ishlash zavodlari (NQIZ), asosan, iste`molchilarga yaqin joylashgan. Eng yirik NQIZlar Pekin (7,5 
mln t), Dasin (5,0 mln t), Fu-shuni (4 ta zavodning umumiy hajmi 12,0 mln t), Shanxay (4,3 mln t), 
Shenli (3,5 mln t), Nankin (3,0 mln t) da joylashgan. Kichik neftni qayta ishlash zavodlari (0,5 mln 
t gacha) xomashyo yaqinida joylashgan. Xitoyda neftni qayta ishlash asosida 100 dan ortiq turli 
mahsulotlar (aviatsiya va maishiy kerosin, benzin, tozalangan oq kerosin, dizel yoqilg`isi va 
boshqalar) ishlab chiqariladi. Neft xomashyosining asosiy iste`molchilari – neft-kimyo sanoati
elektrostansiyalar, transport va qishloq xo`jaligi. 
Xitoyda gaz sanoati 1949-yildan keyin shakllandi. Sanoatning bu tarmog`i mamlakat uchun 
u qadar yuqori ahamiyatga ega emas. Chunki qazib olinayotgan tabiiy gaz hajmi juda kichik. Yiliga 
160-165 mlrd m
3
tabiiy gaz qazib chiqariladi (2018-y.). Tabiiy gaz qazib olinadigan asosiy mintaqa 
– bu Sichuan provinsiyasidir. Sichuan botig`ining cho`kindi jinsli qatlamlari tabiiy gaz zaxiralariga 
boy. Ushbu hududdagi 79 ta tabiiy gaz konidan 65 tasi, shuningdek, 12 ta neft va tabiiy gaz konlari 
ishga tushirilgan. Neft bilan birga qazib olinadigan gaz yo`ldosh gaz deyiladi. Sinxay, Lyaonin va 
Girin provinsiyalari ham tabiiy gaz qazib olish va gazni qayta ishlash sanoati shakllangan. Janubiy 
Xitoy dengizining shelf zonasidan gaz qazib chiqarishni kengaytirish bo`yicha xorijiy kapital 
ishtirokida istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda. Mamlakatda umumiy uzunligi 2 ming km dan 
ortiq yirik gaz quvuri foydali qazilma konlaridan yirik sanoat markazlariga yo`naltirilgan. 
Elektroenergetika sanoati. Xitoyda elektroenergetika sanoati 1882-yilda shakllangan. Xitoy 
ishlab chiqaradigan elektr energiyasi miqdoriga ko`ra jahonda 1-o`rinni egallaydi. 2016-yilda 
mamlakatda 6,17 trln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Tarmoqda turli yoqilg`ilar asosida 



Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish