2-mavzu. Neft, gaz va gazkondensatni birlamchi qayta
ishlash
2.1. Neft, gaz kondensati va mazutni birlamchi qayta
ishlash sanoati qurilmalari.
2.2. Oddiy va murakkab haydash usullari. Neftni
fraksiyalarga ajratishning nazariy asoslari. Neftni oddiy
sharoitda va vakuum sharoitida fraksiyalarga bo’lish.
2.3. Neftning kimyoviy tarkibi. Fizikaviy xosalari.
2.4. Mazutdan moy fraksiyalarini
ajratib olish
§
2.1. Neft, gaz kondensati va mazutni birlamchi qayta
ishlash sanoati qurilmalari
Neftkimyo sanoatida rektifikatsiya jarayoni
qurilmalari
Rektifikatsion qurilmalar
asosan ikki turga
bo’linadi: 1) pog`onali kontaktli qurilmalar (tarelkali
kolonnalar); 2) uzluksiz kontaktli qurilmalar (plyonkali
va nasadkali kolonnalar). Tarelkali, nasadkali va ayrim
plyonkali qurilmalar ichki tuzilishi (tarelka, nasadka) ga
ko’ra absorbstion kolonnalarga o’xshash bo’ladi.
Rektifikatsiyalash
kolonnalarni
hisoblash
ham
absorbtsiyalash
qurilmalarni
hisoblashdan
farq
qilmaydi. Faqat dastlab yuqorigi va pastki kolonna
alohida hisoblanadi, so’ngra rektifikastion qurilmaning
umumiy ish balandligi aniqlanadi.
Rektifikastion
kolonnalar (absorberlardan farqli) qo’shimcha issiqlik
almashinish qurilmalari (isitgich, qaynatgich, haydash
kubi, deflegmator,
kondensator, sovitgich) bilan
ta’minlangan bo’ladi. Bundan tashqari atrof muhitga
tarqaladigan issiqlikning yo’qolishini kamaytirish uchun
rektifikastion kolonnalar issiqlik himoyasi bilan
qoplanadi.
Davriy ishlaydigan rektifikatsion kolonnalar
Davriy ishlaydigan rektifikatsion qurilmalar. Kichik
ishlab chiqarishlarda davriy ishlaydigan rektifikatsion
qurilmalar qo’llaniladi. Dastlabki aralashma haydash
kubiga beriladi. Kub ichiga isituvchi ilon izli quvur
(zmeevik) joylashtirilgan bo’lib,
aralashma qaynash
haroratigacha
isitiladi.
Hosil
bo’lgan
bug`lar
rektifikatsiyalash kolonnasining oxirgi tarelkasi pastki
qismiga o’tadi. Bug` kolonna bo`ylab ko’tarilgan sari
yengil uchuvchan komponent bilan to’yinib boradi.
Deflegmatordan kolonnaga qaytgan bir qism distillyat
flegma deb yuritiladi. Flegma (suyuq faza) kolonnaning
eng yuqori tarelkasiga beriladi va pastga qarab harakat
qiladi. Suyuq faza pastga harakat qilishida o’z tarkibidagi
engil uchuvchan komponentni bug` fazasiga beradi.
Bug` va suyuq fazalarning bir necha bor o’zaro kontakti
natijasida bug` fazasi yuqoriga harakat qilgani sari yengil
uchuvchan komponent bilan to’yinib borsa, suyuqlik esa
pastga tomon harakat qilgani sari tarkibida qiyin
uchuvchan komponentning miqdori oshib boradi.
O’rnatish va ta’mirlashni
osonlashtirish maqsadida
tarelkalar orasidagi masofa 450 mm dan kam bo’lmagan
qiymatda qabul qilingan. Kolonnaning yuqorigi
qismidan bug`lar diflegmatorga o’tadi va u erda to’la
yoki qisman kondensatsiyaga uchraydi. Bug`lar to’la
kondensastiyalanganda hosil bo’lgan suyuqlik ajratgich
yordamida ikki qism (distillyat va flegma)ga ajraladi.
Oxirgi mahsulot (distillyat) sovitgichda sovitilgandan
so’ng, yig`ish idishiga yuboriladi. Kubda qolgan qoldiq
suyuqlik kerakli tarkibiga
erishgandagina jarayon
to’xtatiladi, qoldiq tushiriladi va jarayon qaytadan
boshlanadi. Qoldiqni tegishli tarkibga ega bo’lishini
uning qaynash temperaturasiga qarab aniqlanadi.