fraktsiyalarni ajralib chiqish miqdori baholanadi, undan
yuqori haroratda qaynovchi neft fraktsiyalari hamda
mahsulotlarni atmosfera bosimi ostida haydash tavsiya
etilmaydi. Chunki, yuoqori
haroratda ular parchalanib
ketishi mumkin. Tarkibiy tuzilishi bo’yicha barcha guruh
ulevodorodlarini hamda strukturali guruh tarkibni
aniqlashda tuzsizlantirilgan neft atmosfera bosimi
ostida rektifikatsiyalashga mo’ljallangan (SIATIM-58 a
yoki ARN-2) jihozlarda amalga oshiriladi. Dastlab, past
haroratda qaynovchi – 60, 60-95, 95-122, 122-150, 150-
200°C fraktsiyalar standart sifatida ajratib olinadi.
So’ngra, qisman bosimi 135,3-666,5 Pa vakuum ostida
(1÷5 mm. sim. ust) o’rta fraktsiya 200-250, 250-300 va
300-350°C ajratib olinadi. Vakuumdagi qaynash harorati
bilan atmosfera bosimi ostidagi qaynash harorati
o’rtasida bog’liqlikni hisobga oluvchi maxsus hisoblash
formulasidan yoki nomogrammalardan ko’p hollarda
UOP – nomogrammasidan foydalaniladi.
Moy fraktsiyalarini
ajratish uchun nasadkali
apparatlar o’rniga fraktsiyalarni 550°C haroratgacha
parchalamaydigan gidravlik qarshiligi kichik bo’lgan
aylanma harakat qiluvchi rotorli kolonkalardan
foydalaniladi. Yuqori haroratda qaynovchi moy
fraktsiyalarni ajratish uchun molekulyar haydash
usulidan foydalanish mumkin.
Bu jarayon chuqur
vakuum sharoitida borib, (qoldiq bosim
0,1 Pa) bunda
bug’lanish va kondensatsiyalanish orasidagi masofa (10-
30 mm) molekulaning erkin harakatlanish masofasidan
kichik bo’ladi. Shunga muvofiq ravishda bug’langan
molekulalar o’zaro to’qnashmay kam energiya sarflab
kodensatorga yetib oladilar. Zamonaviy rotorli sirtiy
jihozlar qaynash harorati 650°C gacha bo’lgan
fraktsiyalarni parchalamay ajratib olishga imkon
yaratdi.
Benzin
fraktsiyalarining
yaxlit
holdagi
uglevodorodlarini ajratib olish uchun har xil bosimdagi
rektifikatsiyalash usulidan foydalaniladi. Qaynash
harorati
bir-biriga
yaqin
bo’lgan
uglevodorod
aralashmalar masalan, C
8
–alkenlarni
ajratish uchun
yuqori tartibli ixcham holatda rektifikatsiyalash usulidan
foydalaniladi. Misol tariqasida yuqori haroratda
qaynovchi O–kisilol izomerini ajratish uchun (M – kisilol
va O – kisilol bu juft komponentlarning nisbiy
uchuvchanlik koeffitsiyenti – α, 180°C haroratda farqi
1,135 ga teng) likopchalari 100-150 tadan iborat bo’lgan
rektifikatsion
kolonkalardan
foydalaniladi.
Bu
kolonnaning sug’orish karraligi (5÷8):1 ga tengdir.
Neft
mahsulotlarini haydash usuli bilan ajratish,
ularning
qaynash haroratidagi farqqa asoslangandir. Haydash
usulida bir-biriga aralashadigan suyuq moddalarni yoki
suyuq neft mahsulotlarni qattiq moddalardan (ularning
eritmalarida) ajratiladi. Haydash usulida 120
0
–130°C
qaynaydigan moddalarni tozalashda yoki bir-biridan
ajratishda suv sovutkichlardan shiddat bilan o’tkaziladi,
130°C dan yuqori haroratda qaynaydigan moddalarni
tozalash va ajratishda suv sovutkichidan suvni sekinlik
bilan o’tkazamiz. Aks holda
harorat farqi kattaligi
natijasida
moddalarni
ajratishda
va
havo
sovutkichlardan – oddiy shisha naylardan foydalaniladi.
Moddalarni qaynash harorati orasidagi farqi katta
bo’lsa, ularni oddiy haydash usuli bilan ajratib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: