Ma’lumotlarni uzatish tizimlarida ko‘plab turli XIL texnologiyalar



Download 3,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/116
Sana09.04.2022
Hajmi3,41 Mb.
#539127
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   116
Bog'liq
1-1611

Raqamli radioeshittirish. 
Mavjud analog radioeshittirish 
tizimlari ancha oldin o‘z imkoniyatlarni tugatdi. Chastotali 
modulyatsiyalash UQT-uzatishda yetarlicha yuqori uzatish sifatini 
ta’minlaydi, atmosfera halaqitlariga uchramaydi, lekin avtomobilda 
ko‘p nurli qabul qilish va doimiy o‘zgaradigan to‘siqlardan qaytish 
burchaklari natijasida signal buzilishi mumkin. Bundan tashqari, 
ishonchli qabul qilish zonasi uzatkichdan 50 km masofadan oshmaydi. 
Uzatish zonasini kengaytirish uchun bitta chastotada ishlaydigan 
uzatkichlar 
sinxron 
tarmog‘i talab qilinadi. Amplitudaviy 
modulyatsiyalashli (AM) uzatish katta hududlarni qamrab oladi, lekin 
atmosfera va industrial halaqitlar ta’siriga uchraydi. Bundan tashqari, 
AM-uzatkichning foydali ish koeffitsienti o‘rtacha 4 % ni tashkil 
etadi. Quvvatning katta qismi tashuvchi chastotani nurlantirishga 
sarflanadi va AM-uzatish energetika uchun anchadan buyon og‘ir yuk 
bo‘lib qolgan [21,22]. 
Bundan tashqari, radioeshittirish uchun ajratilgan diapazonlar 
juda to‘lib ketgan. Chastotalar to‘ri qadami Yevropada 9 kGs (UT va 
O‘T), AQShda 10 kGsni (O‘T) tashkil etadi. Bu 2x4,5 kGs uzatish 
polosali 100 dan ortiq chastotalar kanallarini beradi. Bitta chastotalar 
kanali o‘zaro halaqitlar xavfisiz bir-birlaridan olisda bo‘lgan 
uzatkichlarga ajratilishi mumkin, shuning uchun ular aytilgan sondan 
bir necha marta katta bo‘lishi mumkin. Qisqa to‘lqinli diapazonlarda 
to‘rlar qadami atigi 5 kGsni tashkil etadi, bu endi kerakli chastotalar 
polosasidan kichik. QTda radioto‘lqinlarning uzoq masofalarga 


172 
tarqalishi hisobga olinganida halaqitlar holati yomonlashadi va uzatish 
sifati tashvishli bo‘ladi. 
Bir polosali modulyatsiyalashga o‘tish kanallar sonini ikki 
martaga va uzatkichlarning tejamkorligini bir necha martalarga 
oshirishga imkon berar edi. Bundan tashqari, bir polosali uzatishni 
mavjul qabulagichlarda qabul qilish mumkin emas. Shuning uchun bir 
polosali radioeshittirishga rejalashtirilgan o‘tish ehtimoli kam
bugungi kunda atigi bir necha QT-radiostansiyalar muntazam 
uzatishni amalga oshirmoqda. Va bu endi masala texnika emas, balki 
iqtisodiy va ijtimoiy masala hisoblanadi. Bozorning konservatish 
vazni juda katta, yuzlab, millionlab mavjud qabullagichlar har qanday 
yangi tizimni ishga tushirilishiga qarshilik qiladi. 
Bunday sharoitlarda eski uzatish tizimini inkor qilish faqat, agar 
iste’molchiga nafaqat sifatning oshirilishi, balki qandaydir yangi
oldin mumkin bo‘lmagan narsa taklif etilsa bo‘lishi mumkin. Tabiiyki, 
insonning tovarning narxiga arzishiga amin bo‘lmaguncha to‘lashni 
istamasligi ma’lum. Raqamli ovozli radioeshittirish (RORE) ovozli 
dasturlari va ovoz, video, grafik, matnli va boshqa ma’lumotlar 
turlarini birlashtiradigan «radiomultimedia» dasturlarini uzatilishida 
prinsipial yangi imkoniyatlarni ochadi. Bir beriladigan turli xil 
ma’lumotlarni qayta uzatish imkoniyati uzatuvchilarga taqdim etilishi 
mumkin 
bo‘ladigan servis xizmatlarining spektrini sezilarli 
kengaytiradi. Musiqiy eshittirishlarning asosiy va ijrochi haqidagi 
ma’lumotlar bilan birga bo‘lishi raqamli radioda hozirda an’anaviy 
bo‘lib qoldi. Bundan tashqari, sinov loyihalarida qabullagichlar 
displeylariga eshittirishning matnli tarkibi, estrada ijrochilarining 
fotosuratlari va yangiliklar tarkibini ko‘rsatadigan tasvirlarni berilishi 
sinab ko‘rildi. Lekin ROREda quyidagi muammo mavjud. Ma’lumki, 
etalon sifatda ko‘riladigan CDga yozish sifati bu analog signalni bitta 
kanalga 
44,1kGs 
tanlash 
chastotasili 
16-razryadli 
chiziqli 
raqamlashtirish hisoblanadi. Zamonaviy kompressiyalash algoritmlari 
bu 1,5 Mbit/s oqimni 10 martadan ortiqqa siqish imkoniyatiga ega. 
Masalan, mashhur MPEG Audio Layer2 uchun asos bo‘lgan Musicam 
192 kbit/sgacha siqish imkoniyatiga ega. Bunday oqimni translyatsiya 
qilish uchun yetarlicha katta spektral polosa zarur. 
Bunday muammoni echishga yagona yondashish mavjud emas, 
bugungi 
kunda 
dunyoda 
raqamli 
radioning 
uchta 
asosiy 
texonologiyalari mavjud. Bu Eureka-147 Yevropa tizimi, Amerika 


173 
IBOC konsepsiyasi va DRM past chastotali (30 MGsgacha) raqamli 
uzatish tizimlari hisoblanadi. 

Download 3,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish