167
Video Broadcasting, Evropa) standartlari to‘qnashishdi. YAponiya
ISDB (Integrated Services Digital Broadcasting) standarti bilan
alohida turibdi. Amerika va Yevropa standartlari qarama-qarshiligi
O‘zbekistonda ortda qolgan masala, chunki ko‘rinib turibdiki, yakuniy
tanlov DVB foydasiga qilingan. Bu standartlar shu ma’noda
o‘xshashki, har ikkalasi MPEG-2 va MPEG-4 orqali kodlangan va
kompressiyalangan
video
va
audioma’lumotlarni uzatilishiga
mo‘ljallangan.
Ovoz boshqa algoritmlar, masalan, Dolby AS-3
yordamida kodlanishi mumkin. Shuning uchun tasvirning sifati, agar u
qabullagich orqali muvaffaqiyatli qabul qilinsa bir yoki boshqa
modulyatsiyalash usulini tanlashga kam bog‘liq bo‘ladi.
AQShda raqamli televizion uzatish tizimini tanlashda asosiy
e’tibor tasvirning oshirilgan sifatiga qaratildi. Bunda standart sifatli
tasvirli kanallar sonini oshirish ko‘rib chiqilmadi. Ravshanki, yuqori
ruxsat etishli tasvir 32 dyuymlardan kam bo‘lmagan televizorlarda
o‘zini
namoyon qiladi, 55 – 60 dyuymlardagi televizorlarda esa
yanada o‘zini yaxshi namoyon qiladi.
Evropada DVB raqamli televizion tizimni ishlab chiqishda
yuqori
aniqlikdagi
tijorat
televizion
uzatish, asosan
MAC
(Multiplexed analog components) analog YUAT-tizimni qurishga
bog‘liq bo‘lgan o‘n yil oldingi ayanchli tajriba hisobga olindi.
Shuning uchun standart ruxsat etish qobiliyatli kanallar sonini
oshirishga asosiy e’tibor qaratildi. Bu hozirda mavjud bo‘lgan
televizion
qabullagichlar
uchun
nisbatan
arzon
tyunerlar
chiqariladigan RTVga o‘tishni boshlashga imkon berdi. Bundan
tashqari, Yevropa standarti eng turli tabiatli ma’lumotlarni uzatishga
mo‘ljallangan yagona telekommunikatsion tizim uchun asos sifatida
ko‘rilmoqda, bu yerdan past xatoliklar ehtimolliklariga talablar kelib
chiqadi. SHu bilan bir vaqtda ATSCda qo‘shimcha ma’lumotlarni
uzatish opsiyasi mavjud emas.
ATSC yer usti uzatishda 19,28 Mbit/s tezlikli bitta oqimni 6
MGs (NTSC amerika analog TV tizimi kanalining standart kengligi)
kenglikdagi polosada va bunday ikkita oqimlarni kabelli televidenie
tarmoqlarida translyatsiya qilishga mo‘ljallangan. DVB ancha tez
moslashuvchan. 8 MGs standart polosada (hududlarda 6 va 7 MGs
kenglikdagi kanallar bilan ishlash mumkin) u 4,98 dan 31,67
Mbit/sgacha diapazonda tezlikni tanlashni ta’minlaydi. Mos ravishda
bu polosadagi TV-dasturlar soni ham 16 dan 2 tagacha o‘zgaradi,
binobarin, dasturlarni past ruxsat etishli, lekin yuqori ishonchlilikli va
168
qabul qilish ishonchliligi kamayganida yuqori ruxsat etishli bir vaqtda
translyatsiya qilish mumkin. DVBning noyob o‘ziga xos xususiyati bu
qabullagichning mobilligi hisoblanadi, u 300 km/soatgacha tezliklarda
harakatlanishi mumkin, bu poezdlar, shaharlararo yo‘lovchilarni
tashish avtotransporti, mobil xizmatlar (tez
tibbiy yordam, militsiya)
va boshqalar bo‘lishi mumkin.
Lekin eng muhimi signalni yetkazilish ishonchliligida ATSC
DVBga yutqazadi. Buning sababi ATSCda qabul qilingan 8-VSB
(satellite-sideband modulation system for broadcast) yon polosada
qisman so‘ndiriladigan ko‘p pozitsion amplitudaviy modulyatsiyalash
hisoblanadi.
Umuman
8-VSBni
yon
polosa
so‘ndiriladigan
amplitudaviy modulyatsiyalash tizimlarini texnik ishlatilishining
cho‘qqisi deyish mumkin. Lekin DVBga qaraganda real sharoitlarda
bu mexanizm ishonchlilik, tez moslashuvchanlik,
qabul qilish
antennalariga talablar bo‘yicha yutqazadi. Bu standartni atroflicha
ko‘rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: