Mavzu: Golografiya prinspi va uning qóllanishi Reja



Download 20,86 Kb.
bet1/2
Sana14.06.2022
Hajmi20,86 Kb.
#667650
  1   2
Bog'liq
Golografiya prinspi va uning qóllanishi


Mavzu: Golografiya prinspi va uning qóllanishi
Reja:
1. Gorizontal teleskop
2. Interferometr
3. Maykelson tajribasi

1. Gorizontal teleskop
Golografiya (yunoncha: holos — butkul, toʻliq va ... grafil) — toʻlqinlar interferensiyasidan foydalanib buyumning fazoviy (hajmiy) tasvirini hosil qilish usuli. D. Gabor kashf etgan (1948), rus fizigi Yu.N. Denisyuk takomillashtirgan (1962). G. 60-yillarda lazer yaratilgandan keyin juda tez rivojlana boshladi. G. rangli va rangsiz (oq-qora) boʻladi. Gologramma hosil qilish uchun linza yoki yigʻuvchi koʻzgu ishlatiladi. G. yoki uning bir qismini yordamchi kogerent toʻlqin bilan nurlatib, buyumning tasvirini koʻrish mumkin. Buning uchun kogerent elektromagnit nurlar prizma yoki koʻzgu yordamida ikki nur dastasiga ajratiladi. Nur dastasining biri (asosiy nur) koʻzgu (prizma) ga, ikkinchisi (buyum nuri) esa buyumga yoʻnaltiriladi. Koʻzgu va buyumdan qaytgan nurlar fotoplastinkaga tushadi, unda gologramma hosil boʻladi. Gologramma asosiy nur bilan yoritilsa, buyum surati muallaq holda koʻrinadi (buyum suratini har tomondan koʻrish mumkin). Asosiy va buyumdan kaytgan nurlarning toʻlqin amplitudasi toʻlqinlar fazasiga ham bogʻliq. Asosiy nur fazasi fotoplastinka kengligida (bir qirrasidan ikkinchi qirrasigacha) tekis oʻzgaradi, chunki fotogotastinkaga tushgan toʻlqinlarning faza farqi buyumdan oʻtgan fazasiga bogʻliq. Buyumning har bir nuqtasidan qaytgan nurlar (toʻlqinlar)ning faza farqi buyum nuktalari oraligʻi yoki hajmi haqida maʼlumot beradi. Mas,.U va S’ manbalardan kelgan kogerent (monoxromatik) nurlar SS’ kesmani teng ikkiga boʻluvchi gorizontal tekislikka bir xil fazada keladi. Birbiriga tik nurlar dastasi qoʻshilishi natijasida hosil boʻlgan gologrammani asosiy nur i, bilan yoritilsa, ya2 nurning nusxasi i2’ koʻrinadi va, aksincha, gologramma p2 vertikal nur bilan yoritilsa, ya, koʻrinadi. Demak, gologramma asosiy nur bilan yoritilsa, nuqtalarning fazadagi haqiqiy oʻrni (bir-biridan uzoqligi) koʻrinadi. "Buyum nuri" yoʻnalishini oʻzgartirib, bitta fotoplastinkaga bir qancha gologrammani joylashtirish mumkin. G. fizika va texnikaning turli sohalarida, maʼlumotlarni kodlashda, akustikada, uch oʻlchovli kino va televideniyeda keng qoʻllaniladi.
Gorizontal teleskop — optik oʻqi gorizontal joylashgan astronomik asbob. Quyosh betidagi granulalar, doglar va h. k. fotosuratini olishda ishlatiladi. G. t.da selostatdan keyin yordamchi koʻzgudan qaytgan quyosh nuri dastasi tasvir yasovchi optik sistemaga boradi. Yordamchi koʻzgudan qaytgan nur teleskop darchasidan oʻtib, parabolik shakldagi bosh koʻzguga tushadi. Bu koʻzgu Quyoshning 160 mm li tasvirini teleskopning Nyuton fokusida hosil qiladi. Bosh koʻzguning vaziyatini oʻzgartirish yoʻli bilan undan qaytgan nurni Kassegren koʻzgusiga tushirib, diametri 900 mm li Quyosh tasvirini olish mumkin. Quyoshning oq nurdagi tasvirini fotosuratga olish uchun G. t.ning Nyuton va Kassegren fokusiga kamera oʻrnatiladi. G. t. Toshkent astronomiya institutida ham bor.


Download 20,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish