Sh. Ziyamuxamedova, G. Gulyamova yuristning yozma nutqi



Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/103
Sana19.12.2020
Hajmi0,86 Mb.
#53529
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   103
Bog'liq
yuristning yozma nutqi

Nazorat  uchun  mashqlar
1-mashq. «Uyg‘un ijodida vatan mavzusining yoritilishi» yoki «Farhod 
obrazida Alisher Navoiy istaklarining ifodalanishi» adabiy mavzusida 
insho yozish uchun material yig‘ing, uning reja va tezisini tayyorlang.
2-mashq. Quyidagi erkin mavzulardan biriga insho yozing.
«Chinakam insoniy fazilatlar haqidagi mulohazalarim»;
«Inson huquq va erkinliklari – oliy qadriyat»;
«Men tanlagan kasb».
VIII BO‘LIM. 
NORMATIVLIK – YOZMA NUTQNING 
MUHIM XUSUSIYATI
Rivojlangan har qanday til, shu jumladan, hozirgi o‘zbek tili 
ikki asosiy funksional turga: adabiy til va jonli so‘zlashuv tiliga 
bo‘linadi. Har bir muayyan tilning sohibi, tashuvchilari bo‘lgan 
elat  (xalq)  yoki  millatning  vakillari  tomonidan  jonli  so‘zlashuv 
tili  bolalikdan  boshlab  egallanadi.  Adabiy  til,  uning  me’yorlari 
va qonuniyatlari esa balog‘atga yetgan, kamolotga erishgan 
kishining shakllanishi jarayonida o‘rganib, o‘zlashtirib olinadi. 
Bunda, ayniqsa, oila va maktab, oliy o‘quv yurti, adabiy tilni 
egallagan shaxslar, olimlar bilan yaqin aloqada bo‘lib turish 
va ular ko‘magida turli janrdagi adabiyotlarni o‘qish, o‘rganish 
muhim ahamiyatga ega.
Umumxalq tilining yuqori shakli hisoblangan adabiy til aniq 
va  muayyan  bir  tizimda  har  bir  davrning  tiliga  xos  me’yor, 
tartib-qoidalarni ifodalaydi. Milliy adabiy tilni, uning og‘zaki va 
yozma shakllarini aniqlashda eng muhim va asosiy belgi uning 
muayyan bir me’yorga, ya’ni aniq bir maromga, tartib-qoidalarga 
solinganligidir. Milliy tilgacha bo‘lgan davrdagi adabiy til bilan 
milliy adabiy til orasida muhim tafovutlar bo‘lishiga qaramay, 


79
normativlik adabiy til taraqqiyotining barcha davrlarida – milliy 
tillarning tashkil topish davrida ham, ayniqsa, milliy adabiy 
tillar to‘la shakllangan davrlarda ham – asosiy belgi bo‘lib 
qoladi. Adabiy til taraqqiyotining dastlabki davrlariga tegishli 
yodgorliklarni  o‘rganish  unda  bir  qator  me’yorlar  mavjudligini, 
eski  me’yorlar  yo‘qolib  ketishi,  yangi  me’yorlar  yuzaga 
kelishini,  yangi  va  eski  me’yorlarning  muvoziy  (parallel)  holda 
qo‘llanganligini  ko‘rsatadi.  Demak,  me’yor  faqat  tilning  hozirgi 
holati, sinxroniya uchungina xarakterli bo‘lib qolmay, balki 
diaxroniyada ham vujudga keladi [1].
Adabiy til leksikada ham, fonetika va grammatik qurilish 
sohasida  ham  o‘z  me’yorlari,  qoidalari  bilan  ajralib  turadi.  Bu 
me’yorlar  grammatika  darsliklari,  qo‘llanmalari  va  barcha  xil 
lug‘atlarda belgilab qo‘yilgan. Bu me’yorlar shu tilda so‘zlashuvchi 
barcha kishilar uchun umumiy va zaruriy hisoblanadi. Umumxalq 
tilining qayta ishlanishi negizida shakllanib, mahalliy dialektlarning 
umumiy zaruriy xususiyatlarini o‘ziga singdira borgan adabiy til 
ayni zamonda umumxalq tilining turli ko‘rinishlaridan – jonli 
so‘zlashuv nutqidan ham, mahalliy shevalardan ham, jargonlardan 
ham farq qiladi.
Adabiy  tilning  muayyan  me’yorga  solinganligi  shundan 
iboratki, uning lug‘at tarkibi ma’lum tartibga keltirilgan bo‘ladi, 
so‘zlarning  ma’nosi  va  ishlatilishi,  talaffuzi  va  yozilishi  hamda 
grammatik shakllar yasalishi yagona, mushtarak qoidaga 
bo‘ysunadi. Adabiy me’yor tarixiy toifa (kategoriya) hisoblanadi. 
U tilning taraqqiyoti bilan bog‘liq ravishda o‘zgarib turadi, 
uning ichki qonuniyatlariga bo‘ysungan holda kishilarning talab 
va  ehtiyojlarini  qondiradi.  Shuning  uchun  adabiy  til  me’yorlari, 
tartib-qoidalari tilda doimo yuz berib turadigan o‘zgarishlarni aks 
ettiruvchi ko‘rinish (variant)larni inkor etmaydi.


80

Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish