Sh. Ziyamuxamedova, G. Gulyamova yuristning yozma nutqi


Rasmiy xabarlar, yozishma va hujjatlar nutqi



Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/103
Sana19.12.2020
Hajmi0,86 Mb.
#53529
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   103
Bog'liq
yuristning yozma nutqi

Rasmiy xabarlar, yozishma va hujjatlar nutqi
Nutqning bu turi asosan yozma shaklda mavjud bo‘lib, adabiy 
tilning  qonun-qoidalariga  qat’iy  rioya  qiladi.  Turli  farmonlar, 
buyruqlar, rasmiy xabarlar, hujjatlar, kodekslar, sud yozishmalari, 
majlislarning qarorlari, ko‘rsatmalar, arizalar va ma’lumotnomalar 
rasmiy nutqning ko‘rinishlaridir. Rasmiy nutq nihoyatda aniq-
ravshan bo‘lishi, nutqni bezovchi vositalardan, obrazlilikdan 
xoli  bo‘lishi  talab  qilinadi.  Chunki  emotsionallik,  ta’sirchanlik 
(ekspressivlik)  vositalari  rasmiy  nutqni  ko‘zlangan  maqsadga 
muvofiq  tushunishni  qiyinlashtiradi,  diqqatni  chalg‘itadi. 
Kompozitsion jihatdan rasmiy nutq sharoit bayonidan boshlanib, 
unga bog‘liq holda voqeani yoki maqsadni bayon qilish bilan 
tugaydi. Oxirida rasmiy xabar, hujjat yoki ko‘rsatma… uning 
muallifi,  yozilgan  sanasi  ko‘rsatiladi  (tegishli  hujjatlarda  imzo 
ham qo‘yilib, muhr bilan tasdiqlanadi).


60
Rasmiy nutqning ko‘rinishlari ham o‘zaro bir-biridan biroz 
farqlanadi. Rasmiy xabarlarda faqat voqealar bayoni beriladi va 
ijrochi shaxslar nom-banom sanaladi.
Rasmiy nutqning boshqa bir ko‘rinishi rasmiy yozishmalar – 
so‘rovga,  talabnomaga  javob,  hisobot,  ma’lumotlar  bo‘lib, 
ularda talab qilinayotgan, so‘ralayotgan masalalar, o‘tkazilgan 
tekshirish natijalari bo‘yicha ma’lumot beriladi, o‘rni bilan ayrim 
chekinishlar, tafsilotlar berilishi mumkin. Masalan:
Mustaqillik davrida o‘zbek xalqining, shu jumladan
respublikamiz boshqa millat fuqarolarining ham savodliligini 
oshirish, demokratik munosabatlar, fuqarolar erkinligini 
kengaytirish va mustahkamlash bo‘yicha bir qator tadbirlar 
o‘tkazilmoqda, har xil ish turlari qo‘llanmoqda. Shulardan biri 
yuridik maslahatni faollashtirish bo‘lib, u odatda fuqaroning 
matbuot sahifalarida va televideniye ekrani, radioeshittirish 
kanallari orqali savol hamda unga javob tarzida olib boriladi. 
Masalan: «Savol: Sog‘lig‘imga yetkazilgan zararni to‘layotgan 
yuridik  shaxs  bankrot  deb  e’lon  qilinib,  tugatildi.  Endi  menga 
zararning qolgan qismi qoplanmaydimi?
B. G‘oziyev, Qashqadaryo viloyati.
J a v o b : Yuridik shaxs tugatilgan taqdirda, tegishli to‘lovlar 
jabrlanuvchiga to‘lash uchun kapitallashtiriladi, ya’ni belgilangan 
tartibda oldindan jamlantiriladi.
Tugatilayotgan yuridik shaxsning mol-mulki yoki yetarli 
emasligi sababli buning iloji bo‘lmagan hollarda, belgilangan 
summalar jabrlanuvchiga davlat tomonidan belgilangan tartibda 
to‘lanadi (FKning 1015-moddasi).
Zararning endilikda to‘lanishi masalasida siz ijtimoiy ta’minot 
va moliya idorasiga murojaat etishingiz lozim».
(«Shifo-info», 2008-yil 1–7-may).


61
Bu xil nutqda savol beruvchining ism-familiyasi to‘la yoki 
ramziy ko‘rsatiladi, javob tayyorlovchi ham matn so‘ngida to‘liq 
ism-familiyasi, lavozimi bilan bildiriladi.
Buyruq va farmonlar, qonunlar, farmoyishlar va qarorlar ham 
rasmiy nutqning ko‘rinishi hisoblanadi.
Rasmiy yozishmalar hujjatlarga xos nutqning til xususiyatlaridan 
ularda ruscha, internatsional so‘zlar va turg‘un so‘z birikmalari 
(«shtamplar»)  tez-tez  uchrab  turishini,  gapda  so‘zlarning 
tartiblanishi, oborotlar, gaplarning, matnlarning tuzilishida rus 
tili  qonun-qoidalarining  ta’siri  yaqqol  sezilib  turishini  ko‘rsatish 
lozim.  Ayniqsa,  ariza,  ma’lumotnoma,  bildirishnoma,  ishonch 
qog‘ozi, tavsifnoma kabi rasmiy ish qog‘ozlarining yozilishi 
uslubida  bu  ta’sir  ravshan  namoyon  bo‘ladi.  Rus  tili  va  o‘zbek 
tilining sintaktik qurilishi, shunga xos qonun-qoidalari boshqa-
boshqa bo‘lgani sababli, rus tilida silliq, ravon yozilgan ariza 
yoki  ma’lumotnomalarning  o‘zbek  tiliga  avtomatik  tarzda 
nusxasi ko‘chirilganda, o‘zbek tili qonun-qoidalariga, adabiy til 
me’yorlariga  zid  tarzda  yozilgan  ish  qog‘ozlari  paydo  bo‘ladi. 
Masalan, oddiy ma’lumotnomaning yozilishini olaylik:
Rus tilida:
Справка
Дана  настоящая  справка  Расулову  Шавкату  Усмановичу  о 
том,  что  он  действительно  проживает  в  настоящее  время  по 
адресу: ул. З.Саида, д.№86 и имеет в семье 4-х детей.
Imzo
O‘zbek tilida:
Ma’lumotnoma
Berildi ushbu ma’lumotnoma Rasulov Shavkat Usmonovichga shul 
haqdakim, u haqiqatan ham hozirgi kunda Z. Said ko‘chasi uy 86 da 
istiqomat qiladi va oilasida 4 nafar bolasi bor.


62
Holbuki,  o‘zbek  tilining  gap  tuzish  me’yorlariga  ko‘ra  bu 
hujjat shunday yozilishi kerak edi:

Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish