4-§. KO‘CHIRISH QOIDALARI
Ko‘p bo‘g‘inli so‘zning oldingi satrga sig‘may qolgan qismi
keyingi satrga bo‘g‘inlab ko‘chiriladi. Masalan: mak-tab, ba-
hor, sa-yo-hat kabi. So‘z bo‘g‘inidagi bir harfdan iborat bo‘g‘in
yolg‘iz o‘zi oldingi satrda qoldirilmaydi yoki keyingi satrga
ko‘chirilmaydi, misol uchun: alo-qa, e’lon, mu-to-laa kabi.
Aksariyat o‘zlashma so‘zlarning bo‘g‘inlari chegarasida kelgan
ikki undosh keyingi qatorga birgalikda ko‘chiriladi: ki-lo-gramm,
ki-ne-ma-to-gra-fi-ya va uch undosh kelganda, birinchi undosh
oldingi qatorda qoldirilib, ikki undosh keyingi qatorga ko‘chiriladi:
kon-sti-tu-tsi-ya, yu-ris-pru-den-si-ya kabi.
Bosh harflardan yoki bo‘g‘inga teng qismlardan iborat
qisqartmalar, ko‘p xonali raqamlar satrdan satrga ko‘chirilmaydi:
TDYU, Toshshaharyo‘lovchitrans, 2017, 150000 kabi. Harfdan
iborat shartli belgi o‘zi tegishli raqamdan ajratib ko‘chirilmaydi:
9-«V» sinf, 50 sm, 100 t kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |