Ko‘p bo‘g‘inli so‘zning oldingi satrga sig‘may qolgan qismi keyingi satrga bo‘g‘inlab ko‘chiriladi



Download 18,39 Kb.
Sana25.02.2023
Hajmi18,39 Kb.
#914626
Bog'liq
31 32 33 34


31 Ko‘chirish qoidalari
Ko‘p bo‘g‘inli so‘zning oldingi satrga sig‘may qolgan qismi keyingi satrga bo‘g‘inlab ko‘chiriladi:

to‘q-son, si-fatli, sifat-li, pax-ta-kor, paxta-kor kabi.


Tutuq belgisi oldingi bo‘g‘inda qoldiriladi:


va’-da, ma’-rifat, mash’-al, in’-om kabi.


So‘zning bosh yoki oxirgi bo‘g‘ini bir harfdan iborat bo‘lsa, ular quyidagicha ko‘chiriladi:


1) so‘z boshidagi bir harfdan iborat bo‘g‘in yolg‘iz o‘zi oldingi satrda qoldirilmaydi:


a-badiy emas, aba-diy, e-shikdan emas, eshik-dan kabi;


2) so‘z oxiridagi bir harfdan iborat bo‘g‘in yolg‘iz o‘zi keyingi satrga ko‘chirilmaydi:


mudofa-a emas, mudo-faa, matba-a emas, mat-baa kabi.


O‘zlashma so‘zlarning bo‘g‘inlari chegarasida kelgan ikki yoki undan ortiq undosh quyidagicha ko‘chiriladi:


1) ikki undosh kelsa, ular keyingi satrga birgalikda ko‘chiriladi:


dia-gramma, mono-grafiya kabi;


2) uch undosh kelsa, birinchi undosh oldingi satrda qoldirilib, qolgan ikki undosh keyingi satrga ko‘chiriladi: silin-drik kabi.


Bir tovushni ko‘rsatuvchi harflar birikmasi (sh, ch, ng) birgalikda ko‘chiriladi:


pe-shayvon, pe-shona, mai-shat, pi-choq, bi-chiq-chi, si-ngil, de-ngiz kabi.


Bosh harflardan yoki bo‘g‘inga teng qism va bosh harflardan iborat qisqartmalar, shuningdek, ko‘p xonali raqamlar satrdan satrga bo‘lib ko‘chirilmaydi:


AQSH, BMT, ToshDU, 16, 245, 1994, XIX kabi.


Harfdan iborat shartli belgi o‘zi tegishli raqamdan ajratib ko‘chirilmaydi: 5- “A” sinf, “B” guruhi, 110 gr, 15 ga, 105 m, 25 sm, 90 mm kabi.


Atoqli ot tarkibiga kiradigan raqam nomdan ajratilgan holda keyingi satrga ko‘chirilmaydi:


“Navro‘z – 2015” (festival), “O‘qituvchi – 91” (ko‘rik tanlov), “Andijon – 9”, “Termiz – 16” (g‘o‘za navlari), “Boing – 767” (samolyot), “Foton -774” (televizor) kabi.


A.Jabborov, A.D.Abduvaliyev kabilarda ismning va ota ismining birinchi harfiga teng qisqartmalar familiyadan ajratib ko‘chirilmaydi. Shuningdek, v.b. (va boshqalar), sh.k. (shu kabilar) singari harfiy qisqartmalar ham oldingi so‘zdan ajratib ko‘chirilmaydi.


32 Ma’lum bir til yoki ikki va undan ortiq til sozlarini yigib, sistemalashtirilgan holda lugat tarzida chiqarish leksikografiya deyiladi.

Leksikografiya lugat va lugatchilik togrisida bahs etadi. Leksikografiyaning ikki tarmogi bor:


Lugatchilik


Lugat tuzish bilan bogliq nazariy masalalarni organuvchi tarmoq,


Lugatlar oz mohiyati e’tibori bilan ikki tipga bolinadi


Ensiklopedik, ya’ni qomus lugatlari; 2. Lingvistik lugatlar,


Bu lugaglar ozaro ikki jihatdan farq qiladi 1. Ob’yekti jihatidan


Sozligi jihatidan.


Lingvistik lugatlarning ob’yekti sozdir. Bunday lugatlar sozlarning semantikasi, grammatik xususiyatlari, imlosi, talaffuzi (https://fayllar.org/ozlashma-sozlar-talaffuzi.html), etimologiyasi va h.k. haqida ma’lumot beradi.


Ensiklopedik lugatlarning ob’yekti sozlarda ifada topgan narsa, hodisa, tushuncha (https://fayllar.org/9-mavzu-tafakkurning-mantiqiy-shakllari--tushuncha-hukm-xulosa.html), shaxs kabilardir. Bunday ligatlarda narsa, hodisa, tushuncha, shaxs haqida ma’lumotlar qayd etiladi.
Lingvistik lugatlarning sozligida barcha mustakil va yordamchi sozlar qayd etiladi.
Ensiklopedik lugatlar oz xarakteriga kora ikki xil: 1. Umumxarakterdagi ensiklopediya;

Maxsus ensiklolediya.


Umumxarakterdagi ensiklopediya ilmning barcha sohalari boyicha; mashhur shaxslar, olimlar, shoirlar haqida ancha keng ma’lumot beradi,


Maxsus xarakterdagi ensiklopediyalarga meditsina ensiklopediyasi (https://fayllar.org/ozbekiston-milliy-ensiklopediyasi-v10.html), adabiyotshunoslik ensiklopediyasi va h.k. kiradi.
Filologik lugatlarda malum bir tildagi sozlar va iboralar ma’nosi izohlanadi yoki ikki, uch tildagi sozlar tarjima qilib beriladi, til xususiyatiga kora bunday lugatlar uchga bolinadi:

Bir tilli lugatlar.


Ikki tilli tarjima lugatlar.


Kop tilli tarjima lugatlari,


OZBEK LUGATLARINING TIPLARI


Lugatlar 3 nuqtai nazardan tasnif qilinadi.

Hajm nuqtai-nazaridan.


Sozlikning berilish usuli nuqtai nazaridan.


Maqsad nuqtai nazaridan.


Lingvistik lugatlar hajm nuqtai nazaridan ikki tipga bolinadi: 1) Umumiy lugatlar; 2) Maxsus lugatlar.


Bu tip lugat sozligi jihatidan farq qiladi. Umumiy lugat sozligi til leksikasini barcha turkumlar doirasida (https://fayllar.org/tavsiya-etiladigan-adabiyotlar-i-asosiy-adabiyotlar-v2.html), barcha qatlamlar boyicha aks ettiradi. Maxsus lugat sozligidagi til leksikasi ma’lum maqsadga kora chegaralab aks ettiriladi.


Umumiy lugatlar hajmiga kora 3 tipga bolinadi:

katta lugat;


ortacha lugat; 3) kichik lugat.


Terminlar, dialektal sozlar, barcha soz turkumidagi sozlarni oz iniga olgan mukammal lugatga katta hajmdagi lugat yoki akademik lugat deyiladi. Bunday lugatlar koproq izohli, tarixiy, imlo boyicha tuziladi. Ozbek gilida bunday lugatlar hali yaratilmagan. U jahonda «Katta «Oksford lugati», «Xazina lugat», «Trench lugat» nomlari bilan tilga olinadi. Uni tuzish masalasi 1928 yilda R.Trench tomonidam kotarilgan. Bu lugatning 1933-yilda 12 tomda qayta nashri chop etildi,


Yana shunday lugatlar qatoriga 17 tomdan iborat rus tilining akadem lugatini korsatish mumkin.
ORTACHA LUGATLAR tipiga normativ lugatlar ham kiritiladi. Ortacha tip lugatlariga 1950-1955 yillarda nashr etilgan «Ruscha-ozbekcha lugat» 1959-yilda nashr qilingan «Ozbekcha-ruscha lugat», «Ozbek tili izohli lugati» va barcha imlo, ters, tematik dialektologik lugatlarni korsatish mumkin.
MAXSUS LUGATLAR tipiga yon lugatlar va maktab lugatlari kiritiladi. Maktab lugatlari sozligida koproq darsliklarda qollangan sozlar beriladi.
KICHIK LUGATLAR sozligining qanday maqsadga kora chegaralanganligiga kora 3 tipga bolinadi:
1) Leksik qatlamlar lugati; 2) Leksik tanlangan lugat; 3) Terminologik lugat.
Leksik qatlamlar lugatiga sozligi sinonimlar, omonimlar, frazeologik birliklar va h.k. dan tashkil topgan lugatlar kiradi: A.Hojiyevning «Sinonimlarning qisqacha lug`ati»,
Erkinov Umid, [25.02.2023 11:37]
33. 1995 yil 24 avgust

34. Nuqtaning yozuv belgisi sifatida ishlatilishi qadimgi arab manbalariga borib taqaladi. U o‘zbek tilida tinish belgisi sifatida XIX asrning ikkinchi yarmidan ishlatila boshladi.


Nuqta o‘zbek tilida, odatda, quyidagi o‘rinlarda ishlatiladi:


1. His-hayajonsiz aytilgan darak, buyruq va undov gaplardan so‘ng:


Milliy istiqlol sharofati bilan yangicha tafakkur shakllanmoqda. O‘zingga ravo ko‘rmagan narsani boshqalarga ham ravo ko‘rma. Farzandlarimiz doimo sog‘ bo‘lsin.


2. Atov gaplardan keyin:

Ilk bahor. Daraxtlar endi kurtak yoza boshlagan palla.


3. Ism, otasining ismi (ba’zan familiya ham) qisqartirilganida ularning birinchi harfidan so‘ng:

M.Behbudiy, A.Fitrat, A.Cho‘lpon kabi ijodkorlarning nomi hamisha barhayotdir. A.S.Pushkin – rus poeziyasining quyoshi.


4. Nashriyot ishlarida, lug‘at va ma’lumotlarda shartli ravishda qisqartirilgan ayrim so‘zlarning birinchi harfi yoki bo‘g‘inidan so‘ng:

va sh.k. (va shu kabilar); s.t. (so‘zlashuv tilida); G‘.G‘. (G‘afur G‘ulom), Nav. (Navoiy), Toshk. (Toshkent).


5. Qo‘shma gapning birinchi qismidan so‘ng kuchli to‘xtam bo‘lsa, mantiqan biri ikkinchisiga bog‘lanmagan qo‘shma gaplar orasida ham nuqta ishlatiladi. Bunday hollarda ikkinchi gap ammo, lekin, biroq, chunki, shuning uchun bog‘lovchilari bilan boshlanishi mumkin:

Bobo dehqon yerga baraka urug‘ini ekish bilan band. Chunki dalalarda ish qizg‘in.


6. Ba’zi bir hollarda yil, oy, kunni ifodalovchi raqamlardan so‘ng ham nuqta qo‘yilishi kuzatiladi:

21.03.2012.


7. Butunning qismlarini sanash uchun qo‘llaniladigan arab raqamlaridan so‘ng ham nuqta ishlatilishi mumkin:

Tovushlar quyidagi turlarga bo‘linadi: 1. Unli tovushlar. 2. Undosh tovushlar.


8. Hisob-kitob ishlarida nuqta belgisidan ko‘paytiruv alomati sifatida ham foydalaniladi:


2 · 2 = 4 (ikki karra ikki to‘rt).
Download 18,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish