“Kimning qushchasi uzoqqa uchadi” o`yini
Yupqa qog`ozdan lentachalar, qushchalar, kapalaklar tuzatib osiladi va puflatiladi.
“Men nimani chalayapman, top” o`yini
Tarbiyachi bolani musiqali o`yinchoqlar bilan tanishtiradi. So`ngra bu o`yinchoqlarni parda
orqasiga yashiradi. Parda orqasida bironta musiqaviy o`yinchoqni chaladi va bolalardan qaysi musiqaviy
o`yinchoqni chalganini so`raydi. Kim uni to`g`ri topsa shu bola parda orqasidan musiqaviy o`yinchoqni
chaladi. Bir mashg`ulotda 4 xil musiqaviy o`yinchoq olinishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |