yarim sharda Grenlandiya chegaralarida dengiz sathi bilan tenglashadi.
Qor chizig’idan yuqorida qor erimaydi. Yillar o’tishi bilan
qorning qalinligi ortib, o’z og’irligi ta‘sirida zichlanib boradi va yirik
donali muz kristallaridan tashkil topgan massani hosil qiladi.
Vaqt o’tishi bilan bu massa zichlanib boradi va quyma massa
ko’rinishidagi rangsiz muzga aylanadi. Qor chizig’idan yuqorida
joylashgan erimaydigan muz va qor massasiga muzliklar deyiladi.
Muzliklar o’z shakliga va harakatining xarakteriga ko’ra tog’ va meterik
muzliklariga bo’linadi.
Tog’ muzliklari baland tog’ vodiylarida hosil bo’ladi va
aksariyat tog’ cho’qqilarini ham qoplaydi. Agar tog’ muzliklari bir-
birlari bilan qo’shilsa murakkab muzliklarni hosil qiladi.
Materik muzliklarini qoplama yoki Grenlandiya muzliklari deb
ham yuritiladi. Katta qalinliklardagi muz massasi juda katta maydonlarni
qoplaydi.
Masalan 2,0 mln km
2
ga yaqin maydonga ega bo’lgan
Grenlandiya shunday muzliklar bilan qoplangan.
Muz qattiq jism holat
ida bo’lishiga qaramay yuqori plastiklikka
– egilish, cho’zilish xususiyatiga ega. Shuning uchun tog’ muzliklari
daryo suvlari kabi harakat qiladi, faqat suvning tezligiga nisbatan 10000
barobar kichik bo’ladi. Shunga asoslanib aytish mumkinki, ma‘lum bir
daryo vodiysida suvning tezligi 10 metr bo’lsa, aynan shunday vodiyda
muzlik I millimetr tezlik bilan harakat qiladi.
Qoplama muzliklar ma‘lum qalinlikka yetgandan so’ng, o’z
og’irligi bilan pastki qatlamlarni ezadi va yon atrofga siqib chiqaradi.
Dengiz
qirg’og’iga yetgandan so’ng, siqib chiqarilgan muz massasi
bo’linib suzib yuruvchi muz tog’larini - aysberglarni hosil qiladi.
Harakat qilayotgan muzlik qor chizig’i chegarasiga yetgach eriy
boshlaydi. Muzlik erish mintaqasining balandligi o’rtacha yillik
haroratga bog’liq ravishda o’zgarib turadi. Yil issiq kelgan yillari qor
chizig’i yuqoriga chekinadi, sovuq yillari esa pastga tushadi.
Haroratning o’zgarishi ko’p yillik bo’lishi mumkin, ya‘ni qator
keladigan sovuq yillar, issiq yillar bilan almashinuvi mumkin. Qor
chizig’i chegarasining pastlikka harakatini muzlik bosishi yuqoriga
chekinishini esa muzlikning qaytishi deyiladi. Muzliklarning bosishi va
qaytish davrlarining 20 yildan 45 yilgacha davom etishi qayd qilingan.
Morena va morena yotqiziqlari. Ba
land tog’ vodiylaridagi
muzliklar daryolar kabi o’z qirg’ogi va o’zaniga ega. Muzlik o’z
harakati jarayonida qirg’oqlarini va asosini o’yadi, ya‘ni o’z yo’lida
uchragan qattiq tog’ jinslarini va qoyatoshlarni maydalab, o’zi bilan olib
ketadi va yer yuzasida chuqurchalar hosil qiladi. Muzlikning bunday
-
har xil geologik ma‘lumotlarni to’plash va qayta ishlash;
termodinamik, fizik-
kimyoviy, filtratsion jarayonlarni o’rganish va
miqdoriy bahola
sh, massa va issiqlik o’tkazuvchanlikni modellashtirish,
gidrogeologik jarayonlarni bashorat qilish va paleogidrogeologik
tahlillar o’tkazish.
Bu
masalalarning
barchasi
faqat
geologiya
sohasida
bilimlarnigina emas, balki matematika, fizika, kimyo kabi fanlardan
egallagan bilimlarni ham talab qiladi.
62
79
ishi ekzaratsiya deb ataladi.
Muzlik ta‘siridan parchalangan tog’ jinsi bo’laklari, muz bilan
olib ketiladi va muzlikning tagida harakatchan kichik qatlamchani hosil
qiladi. Bu harakatlanuvchi tog’ jinsi bo’laklaridan tashkil topgan qatlam,
muzlikning buzish ta‘sirini harakat yo’nalishi bo’ylab kuchaytiradi.
Bunday harakatlanuvchi jins bo’laklari mahsuloti morenalar deb
yuritiladi. Muzliklarning asosida harakatlanuvchi morenalarni ostki
morenalar, qirg’oqlari bo’ylab harakatlanuvchi morenalar – yon
morenalar deb ataladi. Muzliklarning harakati vaqtida uning yuzasida
tog’ yonbag’irlaridan uvalanib tushgan tog’ jinsi bo’laklari to’dalanishi
mumkin. Bunday jins bo’laklari asta-sekin to’planishidan ustki
morenal
ar hosil bo’ladi. Agar ikki vodiy tutashib bir vodiyga aylansa,
muzliklar ham qo’shiladi. Qo’shilgan morenalar ikki morenaning
o’rtasida joylashadi va o’rta morenalarni hosil qiladi.
Har bir baland tog’ muzligi albatta uch xil morenaga ega
bo’ladi: ostki va ikkita yon morenalar. Bulardan tashqari ustki va o’rta
morenalar ham bo’lishi mumkin. Bunday morenalar harakatlanuvchi
morenalardir. Muzlik qor chizig’idan pastga tushgandan so’ng eriy
boshlaydi, olib kelingan morenalar o’z harakatini to’xtatadi va
harakatlanmaydigan morenalar yotqiziladi. Bu morenalar oxirgi,
bo’ylama va asosiy morena turlariga bo’linadi.
Yotqizilgan morenalarning tarkibi turli-tuman mahsulotlardan
iborat va juda mayda donadan yirik xarsangtoshlargacha (diametri 2-3
metr va undan orti
q) bo’lishi mumkin. Ayrim hollarda tarkibining asosiy
qismini gillar tashkil qiladi. Mayda shag’al, yirik shag’al qisman
uchraydi. Ayrim hollarda esa uning tarkibini yirik donali jins bo’laklari
tashkil qiladi. Gil va qumlar esa qisman uchraydi. Muzlik yotqiziqlari
orasida yirik g’o’latosh to’plamlarini yoki yakka g’o’latoshlarni
Morena yotqiziqlari uchun mahsulot tarkibining turli
– tumanligi,
saralanmaganligi
silliqlanmaganligi
hamda
qatlamlanmaganligi
belgilariga xosdir.
Muzlik suvlari yotqiziqlari. Agar yerning relefi muzlik chekkasi
tomon qiyalangan bo’lsa oxirgi morenalarning do’ngliklari va erib
ulgurmagan muzlik massasi tabiiy to’g’onlarga o’xshash relefni hosil
qiladi. Muzlik yuzasidan oqib kelgan suvlar bu to’g’onlar bilan to’siladi
va muzlik oldi ko’llarini hosil qiladi. Yoz faslida muzlik suvlarining
miqdori ortadi va muzlik oldi ko’llariga ko’p miqdorda yirik donali
cho’kindilar (asosan qumlar) yotqiziladi. Sovuq fasllarda muzlik
suvining miqdori ozayadi va ko’lga mayda donali chang, gil zarrasi
cho’kindilari yotqiziladi. Qish faslida ko’l suvi tarkibidagi eng mayda
gil zarralari asta-
sekin cho’kadi.
Do'stlaringiz bilan baham: