terrasani hosil qiladi. Abrazion terrasa bilan tik sohil oralig’ida shag’al
va yirik
jins bo’laklari bilan qoplangan tor yo’lka hosil bo’ladi. Bu
yuzani polyaj deb ataladi. Vaqt o’tishi bilan polyaj rivojlanib kengayib
boradi, uni qoplovchi jins bo’laklari esa maydalashib boradi. Polyaj
kengayib, to’lqinning harakat kuchi ishqalanishga to’liq sarf bo’lganidan
so’ng, abraziyaning ta‘siri tuxtaydi. Polyaj esa qirg’oqni buzilishdan
saqlaydigan muhofaza to’sig’iga aylanadi.
Dengiz yotqiziqlari. Dengiz tagining kesimini to’rta: litoral,
nerit, batial va abissal mintaqalarga bo’linadi.
Litoral m
intaqa qirg’oq mintaqasiga kiradi va dengiz suvi
sathining eng baland ko’tarilish balandligi bilan, suv qaytgandagi eng
past balandlik oralig’iga joylashadi.
Uning chuqurligi 0-
20 metrni tashkil qiladi. Bu mintaqa shag’al,
qum qumtoshlar, olit strukturali
ohakli qumlar yotqizilgan bo’ladi.
Nerit mintaqasi Materiklar va orollar atrofida 60-70 km
kenglikda joylashgan. Mintaqaning chuqurligi 20 metrdan 200
metrgacha ayrim vaqtda 400 metrgacha bo’ladi. Bu mintaqada qumlar,
gillar, illar, ohakli illar, dolomitlar, boksitlar, korallar yotqizilgan. Batial
mintaqa uning chuqurligi 200-2000 metrni tashkil qiladi.
Bu mintaqada qora, yashil, ko’k illar va tarkibida radiolyarit,
globigerin faunasi bo’lgan illar tarqalgan.
Abissal mintaqaning chuqurligi 2000 metrdan ortiq. Uning
geologik tushilishida tarkibida pteropod, globegirin, radiolyariyli illar,
katta chuqurlikda hosil bo’ladigan qizil illar va turli erimaydigan
cho’kindi jinslar ishtirok etadi.
Laguna yotqiziqlari. Dengizda to’lqinlanish ta‘sir qiladigan
qirg’oq mintaqasida turli kattalikdagi jins bo’laklarining asta-sekin
harakati sodir bo’lib turadi. Jins bo’laklarining harakati natijasida yotiq
qirg’oqlardan turli masofalarda, ular to’dalanishi mumkin va vaqt o’tishi
bilan jins bo’laklari uyumlarining sathi dengiz sathidan ko’tarilib qoladi.
Jins bo’laklari uyumlarining uzunligi va balandligiga bog’liq ravishda
qirg’oq yaqinida ko’rfazlar, limanlar va lagunalarni hosil qiladi va keng
sayozliklarni dengizdan ajratib qo’yadi.
Liman va lagunalardagi o’ziga xos rejim cho’kindi yotqizish
jarayoniga ta‘sir ko’rsatadi. Chuqurligi sayoz bo’lgan katta yuzalar
bug’lanishning kuchli bo’lishiga olib keladi va suvda tuzning ortishiga
sabab bo’ladi. Masalan Kora-Bogaz-Gol lagunasida suvining sho’rligi
Kaspiy dengizi suvining
sho’rligiga nisbatan 20 marta ortiq bo’ladi.
Laguna yotqiziqlari asosan ikki xil bo’ladi. Qirg’oq bo’ylab
chig’anoqli qumlar, tuzlar va gipslar yotqiziladi, markaziy qismida
organizm qoldiqlari bilan to’yingan illar yotqiziladi.
Dala ishlarining o’tkazish davrida avvalo ish olib boriladigan
hudud bilan tanishib chiqiladi,
asosiy geologik s‘yomka ishlari
o’tkaziladi va dala ishlari nihoyasida o’tkazilgan barcha ishlar
natijasining o’zaro bog’liqligi tekshirib chiqiladi, so’ngra esa dala ishlari
natijasida olingan barcha dala ma‘lumotlari qayta ishlab chiqiladi.
Natijada turli kartografik chizmalar chiziladi va geologik hisobotning
yozma matni tayyorlanadi.
Geologik s‘yomka, ochiq yerlarda (er yuzi o’yilgan hududlarda)
ya‘ni to’rtlamchi davr yotqiziqlari oz tarqalgan hududlarda geologik
s‘yomka tub tog’ jinslarining yer yuziga chiqib qolgan joylarini
o’rganish orkali olib boriladi. Bunday yerlarda tog’ jinslarining yotish
sharoiti va tarkibi qazish ishlari olib borilmasdan o’rganilishi mumkin.
To’rtlamchi davr jinslari keng va katta qalinlikda tarqalgan hududlarda
geologik s‘yomka qazish ishlari (burg’ilash quduqlari, shurf-o’ra,
kanav
a) o’tkazish orqali olib boriladi.
Geologik s‘yomka yo’nalishlar, maydon bo’ylab va instrumental
yo’llar bilan olib boriladi.
Yo’nalishli s‘yomka uning masshtabi I:I000000 va I:500000
bo’lgan vaqtlarda olib boriladi. Ish davomida o’rganilayotgan hudud
xara
kterli yo’nalishlar bo’yicha marshrutlar bilan kesib o’tiladi va
odatda ularning yo’nalishi qatlamning chuzilishi yo’nalishini tik kesib
o’tishi lozim.
Marshrutlarda olib borilgan kuzatuv ishlarining natijasi topografik
asosga tushiriladi va bu ma‘lumotlar qayta ishlanib xarita tuziladi.
Kuzatuv ob‘ektlari bo’lib tog’ jinslarining ochiq yerlari xizmat qiladi va
ularning chizmasi chizilib, tarkibi va yotish holati o’rganiladi. Maydon
bo’ylab s‘yomka, uning masshtabi I:200000 – I: 25000 bo’lgan hollarda
o’tkaziladi. Bunday sharoitda s‘yomka qilinayotgan butun maydon
geologik tuzilishining murakkabligi darajasiga qarab turli zichlikda
kuzatish nuqtalari bilan qoplanadi (burg’ quduqlar, shurflar, kanavalar).
Bulardan tashqari marshrutlar belgilanib kuzatuv ishlari olib boriladi.
Agar hududdagi tub tog’ jinslari ko’p yerlarda ochilmagan bo’lsa
geologik chegaralarni o’tkazish uchun qazish ishlari (kanava – o’ra
shurf, burg’ilash qudug’i) bajariladi.
Ko’pgina hollarda, to’rtlamchi davr yotqiziqlari ostida joylashgan
tog’ jinslarining ma‘lum chuqurlikdagi tarqalishi va yotish sharoitini
aniqlash lozim bo’lib qolsa qatlam yoki kesma xaritalari tuziladi.
To’rtlamchi davr yotqiziqlari katta ahamiyatga ega bo’lganligi
uchun to’rtlamchi davr yotqiziqlari xaritasi tuziladi va unda
yotqiziqlarning hosil
bo’lishi, yoshi va tarkibi ko’rsatiladi.
Bu turdagi xaritalar ayniksa sug’orish selioratsiyasi va gidrotexnik
65
76