qurbaqacha va choi baqalariga aylanadilar. Qurbaqalar suv havzalarining o'zida yashayveradilar,
cho'l baqalari esa qirg'oqqa chiqadilar, ekin maydonlari va bog'larga joylashadilar.
May — iyun oylarining oxirlarida sahro kaltakesaklari (3—6 tadan) tuxum qo'ya
boshlaydilar. Iyun oyining oxirida sariq kaltakesak 8—10 tagacha tuxum qo'yadi.
Yovvoyi hayvonlarning ham bolalari, jumladan, bo'ri bolalari ulg'aya boshlaydi. Yuqorida
ko'rsatib o'tilganidek, bo'ri bolalari 5—6 hafta ona suti bilan ovqatlanadi. Oltinchi haftadan
boshlab astasekin go'sht yeyishga o'rganadi. Bo'ri bolalari katta hayvonlar singari ko'p suv
ichadigan bo'ladilar. Shunday voqealar ham uchraganki, buloq suvining qurib qolishi natijasida
ko'pgina bo'ri bolalari nobud bo'lgan. Yozning ikkinchi yarmida bo'rilar mol va yowoyi
Iyun oyida tuyalar ham tug'adi. Yosh bo'taloq odatda nimjon bo'ladi. Mahalliy aholi uni o'z
utovlarida saqlaydi, kigizlarga o'rab, quyoshdan panalaydi. Bo'taloq bir oz o'sgandan keyin, uni
soyasalqin yerga bogiab juda ehtiyot qilib boqadilar. Faqat tunlari uni bo'shatib, onasining yonida
qoldiradilar. Ona tuyalar o'z bolalariga juda g'amxo'r va mehribon bo'ladilar, hatto bolalarini
emizish uchun ataylab yaylovlardan kelib turadilar.
Iyun — iyul oylarida ona echkemar qoyalarning yoriqlariga 1 — 2 tadan bir necha marta
tuxum qo'yadi. Iyul oyining oxirida yosh kaltakesaklar tuxumdan chiqadilar, shuningdek, sahro
yosh ilonquyruqlari ham paydo bo'ladi. Yaylovlarda dumbali va qorako'l qo'ylarni boqish davom
etadi. Dumbali qo'ylarda moy to'planadi.
Avgust oyida yosh toshbaqalar paydo bo'ladi. Ular ko'rinishda juda kichkina bo'lib, bo'ylari
3057 mm ga etadi. Toshbaqalar juda sekin o'sadilar. Tuxumdan chiqqach, ular qum orasiga kirib
ketib u yerda kelgusi bahorgacha uxlaydilar.
Avgust oyida tipratikanlar 5—7 tadan bolatug'adilar. Ular tug'ilganda ko'zlari ko'r, tanasi
maydachuyda qisqa ninachalar bilan qoplangan bo'ladi. Tipratikanchalar ulg'ayishi bilan
ularning ninachalari o'sa boradi, qattiqlashadi va to'q qo'ng'ir tus oladi. Tipratikanlar ko'pgina
yovvoyi qushlar va hayvonlar (ukkilar, tulkilar) uchun yemish bo'ladilar.
Yozda sahrolarda qo'shoyoqlarni ko'rish mumkin. Ular odatda qorong'i tushishi bilangina
uyalaridan chiqadilar. Ba'zan kunduzlari ular qum oralariga kirib oladilar. Qo'shoyoqlar har turli
ovqatlar: sahro lolalarining ildizlari, g'ozyoyi, g'allasimon o't urug'lari bilan ovqatlanadilar.
Shuningdek, ular qo'ng'iz, qurt, chumoli va kaltakesaklarni bajonu dil yeydilar. Ular, agar
yonatroflarida polizlar bo'lsa, tarvuz, qovoq, qovunlarni yorib urug'larini yeydilar. Ba'zan
bodringlarni, karam, no'xat va sabzi barglarni yeydilar.
Qo'shoyoqlarning ko'pgina dushmanlari bor: tulki, bo'ri, it, bo'g'ma ilon, boyqushlar
shunday hayvonlarjumlasidandir. Xavf tug'ilib qolgan taqdirda u ilon izi qoldirib sakraydi va birorta
teshikka yashirinishga harakat qiladi. Yoz o'rtalarida qo'shoyoq 3—6 ta bola tug'adi, bolalari uzoq
vaqtgacha onasining yonida bo'ladi.
Avgust oyining oxirida bo'ri bolalari o'sib yetiladi. Ular ko'pincha qorong'i tushgach va
tun paytlarida uy hayvonlarini ovlaydilar. Ba'zi hollarda uy hayvonlariga kunduz kunlari ham
hujum qiladilar, lekin aholi yashaydigan punktlardan olisda boigan joylardagina shunday
qilishlari mumkin. Choi bo'risi chorvachilikka zarar keltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: