M uxtor xudo yq ulov jurnalistikaga


Pablik rileyshnz bo‘yicha reyting



Download 9,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/144
Sana08.04.2022
Hajmi9,51 Mb.
#538130
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   144
Bog'liq
Jurnalistikaga kirish.Qozoqboyev T. Xudoyqulov M

Pablik rileyshnz bo‘yicha reyting
topshiriqlari
1. PR atam asi qachondan beri qo ‘llanilib kelinadi?
2. Nima sababdan PR xodimlarini jurn alistlar bilan kasbdosh
deyishadi?
3. A vtoritar jam iyatda matbuot va PR kimga xizm at qilgan?
4. M atbuot xizmati xodimi nimalarga e ’tibor berishi kerak?
5. PR M D H davlatlarida qanday qurolga aylanganini izohlang.
6. 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-
sentyabrdagi 203-sonli qarorini sharhlab bering.
7. 
Pablik rileyshnzning о ‘zbekcha muqobilini izohlab bering.
Pablik rileyshnz bo‘yicha
nazorat savollari
1. Pablik rileyshnz iborasini sharhlang.
2. M atbuot xizmati qaysi tashkilot va davlat organlarida fao liya t
yuritadi?
3. PR qaysi negizda paydo bo ‘Idi?
4. Q anday jam iyatda и haqiqiy fao liya t yurita oladi?
5. X X a sr so ‘nggi о ‘n yilligigacha PR kimga xizm at qilgan?
6. PR xodim lariga nega salbiy munosabat saqlanib qolgan?
7. D ag N ’yusom, Alan Skott, Jadi Turkning “RR bu: jam oatchilik
bilan aloqalam in g sam aradorligi
” 
kitobidagi fikrlarni sharhlab bering.
129


4-BOB. JURNALISTIK T A ’LIM VA KADR
TAYYORLASH SIYOSATI
4.1. 0 ‘zbek jurnalistikasi ta’lim ining yuzaga kelishi va rivojlanishi
“Jumalistikaning b a’zi nazariy savollariga javob berishdan oldin, 
uning ijtimoiy rivojlanish va taraqqiyot majmuini aks ettirishini inobatga 
olib jurnalistik m a’lumot tarixiga nazar tashlash o ‘rinli boladi.
Chunki bu sohaga qiziqqan, shu sohada o ‘qiyotganlar uchun bu 
muhimdir. O ‘zbekistonda jurnalist kadrlar tayyorlash zarurati bormi? Axir 
bugungi kunda ham, o ‘tgan vaqtlarda ham tahririyatlarda maxsus jurnalist 
m aium otiga ega bolm agan qanchadan - qancha xodimlar ishlagan edi
hozir ham ishlaydi. Shunday b o ‘lsa, maxsus m a’lumotlar berishning 
zarurati yo‘q-ku degan fikrlilar va bu fikrga qarshilar ham hayotda mavjud. 
Jurnalist kadrlar tayyorlash kimningdir istak - xohishi bilan emas, balki 
hayot taqozosi bilan paydo b o id i. Buni e ’tirof etish kerak.
Ommaviy axborot vositalari paydo b o iish i va rivojlanishi natijasida 
tahririyatlarga umumiy saviyasi va kasbiy mahorati yuksak jurnalist 
kadrlar kerakligini hayot ko ‘rsatib qo‘ydi. Ana shu ehtiyoj taqozosi turli 
mamlakatlarda jumladan, 0 ‘zbekistonda ham maxsus jurnalistika taiim ini 
yuzaga keltirdi. Aniqroq qilib aytsak, jurnalistika tizimining shakllanish 
jarayoni 0 ‘zbekistonda birinchi bosma nashr b o ig an va 1870-yilda 
oikadagi mustamlakachi hukmronlar tashkil etgan “Туркестанские 
ведомости” va “Turkiston viloyatining gazeti” nashr qilina boshlagan 
davrdan boshlangan boisa-da, jadidchilik harakati davomida u shakllandi 
va ancha rivojlandi.
Ammo, maxsus jurnalist kadrlar tayyorlash 1949-yilda 0 ‘rta Osiyo 
davlat universiteti (hozirgi 0 ‘zbekiston milliy universiteti) rung filologiya 
fakulteti qoshida oliy m aium otli jurnalistlar tayyorlaydigan maxsus 
b o iim tashkil etilgani bilan boshlandi. Bu b o iim 1967-yilda mustaqil 
fakultetga aylantirildi. Jumalistlami Nukus davlat universiteti, 0 ‘zbekiston 
Jahon tillari universiteti, 1993-yildan boshlab Toshkent davlat san’at
130


instituti (hozirgi 0 ‘zbekiston davlat san’at instituti), 1997- yildan 
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jam iyat qurilishi 
akademiyasi ham tayyorlay boshladi.
Jadidlar (arabchada. “yangi” degan m a’noni anglatadi) matbuotida 
o‘sha davming erkin ruhdagi ziyolilari jumladan, M ahmudxo‘ja Behbudiy, 
Abduqodir Shukuriy, Ismoil G ‘aspirinskiy, lsmoil Obidov, Munavvarqori 
Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, 
H.Niyoziy, 
Cho‘lpon, 
Fitrat, 
Ubaydulla X o‘jaev, Obidjon Mahmudov va boshqalar bor edi. Lekin 
bunday kadrlar o‘ta kam, talab esa katta edi. 1905-1906-yillardan boshlab 
jadidlarning Toshkentda “Taraqqiy”, “Xurshid”, “Shuhrat”, “Tujjor”, 
“Sadoi Turkiston”, “Kengash”, “Turon”, “Ulug‘ Turkiston”, “Najot”, 
“Turk so‘zi”, “Turk eli”, Samarqandda “Hurriyat”, “Samarqand”, 
Q o‘qonda “Tirik so‘z”, “El bayrog‘i”, “Sadoi Farg'ona”, Buxoroda 
“Buxoroi s h a rif , “Turon”, gazetalari bilan bir qatorda Samarqandda 
“Oyina”, Toshkentda “A1 - isloh”, Qo‘qonda “Kengash”, “Yurt” jurnallari 
chop etilgan. Bu gazeta va jurnallarda faoliyat ko‘rsatadigan jurnalist 
kadrlar zarurligi o ‘z - o ‘zidan ko‘rinib turardi.
Jurnalist 
kadrlarni 
tayyorlashga 
1918-yilda 
tashkil 
etilgan 
“0 ‘zbekiston matbuoti” jurnali ham o ‘z munosib hissasini qo‘shdi va 
qo‘shib kelmoqda.
1999-yil 
26-fevralda 
0 ‘zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasining “Jurnalist kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini 
takomillashtirish to ‘g ‘risida” gi qarori jumalistikaning rivojlanishiga 
chinakam turtki bo‘ldi.
Bundan tashqari, jurnalist kadrlar tayyorlashda tahririyatlardagi 
shtatsiz muxbirlar faoliyati ham diqqatga sazovor. B o ‘lajak jurnalist 
kurslari, maktablari, to ‘garaklarining ishlarini sanab o ‘tsa bo‘ladi. Uzoq 
yillardan beri “Toshkent oqshomi” - “Вечерний Ташкент” gazetasi 
qoshida jamoatchi tahririyat ish olib borayotgani e ’tiborga molikdir. 
Bunday ishlar boshqa tahririyatlarda, xususan “O czbek adabiyoti va 
san’ati” va boshqa gazeta-jurnallarda ham olib boriladi Keyingi yillarda 
“0 ‘zbekiston adabiyoti va san’ati”, “M a’rifat”, “Zarafshon” kabi 
gazetalarda mahorat maktablari faoliyat yuritmoqda.
131


Jurnalist boim oqchi bo‘lgan har bir talabani bugungi kunda 
jumalistikaning ilmiy - nazariy, amaliy va texnik asosi qiziqtirishi tabiiy, 
chunki o‘qitish uslubiyati, darsliklar mavjudligi oliy o ‘quv yurtlarinmg 
jurnalist mutaxassislarni tayyorlashdagi zarur texnika vositalariga egaligi 
muhim rol o ‘ynaydi.
Ammo jurnalistika ta’limida bugungi kunda hali ham hal etilmagan va 
hal etilishi zarur b o ig a n muammolar yetarlicha.
Haligacha jumalistikaga oid adabiyotlardan, ular juda kam, 
jurnalistika ta’limi tushunchasining tahlil etilganini topa olmaymiz. 
Jurnalist, ayniqsa, san’atshunos jurnalistlar tayyorlayotgan oliy o ‘quv 
yurtida ham yaxlit tartibga tushirilgan, o ‘qitish uslubi (metodikasi) to ‘la 
ishlanmagan. Qaysi qoidalar asosida o ‘qitilishi kerak, talabalaming 
o ‘zlashtirishini qaysi y o ‘sinda tekshirib ko ‘rish mumkin, talabalar qaysi 
mavzulami qabul qilishini o ‘rganish, uni tahlil qilish kabi ko‘rsatkichlami 
aniqlash tartiblari ilmiy asosda hali to ‘la shakllangani y o ‘q. Institut 
talabalari uchun o ‘zbek tilida o ‘quv adabiyoti deyarli yo ‘q. T o‘g ‘ri, 
bilimlarini tekshirish mexanizmi sifatida test savollari ishlab chiqilgan, 
kurs ishlari yozdiriladi.
Hozir ommaviy axborot vositalarini, yanada kengroq aytsak, umuman 
jurnalistikani demokratlashtirish jarayoni davom etmoqda. Bu jarayon 
nimalarda o ‘z aksini topgan:
Birinchidan, jurnalistik faoliyatga oid qabul qilingan huquqiy asoslar 
mavjud bo ‘lib, bu 0 ‘zbekiston Konstitutsiyasi hamda qonunlarida o ‘z 
ifodasini topgan;
Ikkinchidan, jurnalistika ijtimoiy fikrni shakllantirish, shaxs huquqlari 
va erkinliklarini to‘la amalga oshirishga ta ’sir ko ‘rsatayotganini e’tirof 
etish zarur;
Uchinchidan, kadrlar yetishtirishga ta ’sir o ‘tkazayotganini aytib o ‘tish
joiz.
Shu andozalar asosida qaralsa, jurnalistikani demokratlashtirish 
jarayonida talaygina dolzarb muammolar mavjud ekanligi m aium b o lad i
- deb yozadi taniqli jurnalist Sa’dulla Hakimov. M uallif jurnalistlar 
“Hayot qozonida qaynashlari” zarurligini va voqealarga munosabatda bir 
yoqlamalik, ommaviy axborot vositalarida bir xillik borligini e ’tirof etadi.
132


Jurnalist kadrlar tayyorlash ya'ni jurnalistik ta’lim bobida jumalistlaming 
ixtisoslashuvi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Lekin shu yo‘lda o ‘zbek 
tilida tahliliy yaxlit naraunaviy dastur afsuski hali y o ‘q.
Jurnalistika ta ’limiga oid rus tilida hamda o ‘zbek tilida chop etilgan 
ba’zi quyidagi adabiyotlar mavjudligini aytib o‘tish o ‘rinli bo‘lsa kerak:
Ворошилов В.В. Журналистика. СПб., 2001.
Корконосенко С.Г. Основы теории журналистики. СПб., 1995.
Корконосенко С.Г. Основы журналистики. М., 2001.
Прохоров Е.П. Введение в теорию журналистики. М., 2000.
F.M o‘mmov.A.Nurmatov. Jahon jurnalistikasi tarixi.(darslik) Т., 
2005.
M o‘mmov F A. Jurnalistika ijtimoiy institut sifatida. Т.: Universitet, 
1998.
Abduazimova N. A.Milliy jurnalistika tarixi.Т.: Sharq, 2009.
Xudoyqulov M. Matbuot va jamiyat. Т. . 0 ‘zbekiston, 1976.
Pidaev T. Matbuot - Millat chirog‘i Т., 1999.
Sulaymonov I. M en-jurnalistm an. Т., 2001.
Matbuot fidoyilari (3 jildli; tuzuvchi va nashrga tayyorlovchi Z. 
Esenboev) 1-2-jildlar. T„ 1991. 1993.
Нестеренко Ф.П., Миралимов Ш.А. Журналистика профессия 
ответственная. Т., 2003.
T o‘lqin Qozoqboev. Jurnalistika asoslari. T; Musiqa nashriyoti, 2007.
F.P.Nesterenko, Sh.A. Miralimov Ijtimoiy - iqtisodiy muammolar va 
matbuot. Т., 1990.
Lug‘at. M a’lumotnoma. Jurnalistika. Reklama. Pablik rileyshnz. 1700 
ta atama (Mualliflar hay’ati:) Т., 2003.
Bundan 
tashqari 
taniqli 
olimlarimiz 
Q.Ernazarov, 
X.N.Do‘stmuhamedov, 
T.Pidaev, 
A.Meliboev, 
Ya.M.Mamatova, 
S.Suyarov, B.A.Do‘stqoraev, S.U.Umirov, A.Karimov, D.Rashidova, R. 
Abdusattorov, Yu.Hamdamov, T o‘lqin Eshbek va boshqalaming kitoblari, 
maqolalari ham borligini unutmasligimiz kerak.
“0 ‘zbekiston matbuoti” jurnalida ham jurnalistika nazariyasiga doir 
maqolalar chop etiladi.
133


Lekin bugungacha kasbiy jurnalistikaga doir o ‘quv darsligi karn chop 
etilganini yuqorida aytdik. Lekin bu yetishmovchilik bobida ish olib 
boriimoqda. Q o‘Iingizdagi darslikni yutuq va kamchiliklari bilan o ‘zbek 
tilida ilk marta yaratilgan qo‘llanma deb qabul qilinishiga va kelajakda 
mukammallashishi uchun har bir o‘quvchi o,‘z fikr - mulohazalarini 
bildiradi, deb umid qilamiz.
Talabada sinchkovlik, fikrlash qobiliyatini shakllantirilgandan so ‘ng 
matn tuzishga o ‘rgatish kerakligiga faoliyatimiz davrida ishonch hosil 
qildik.
Shu o ‘rinda yana bir muammo, u ham bo‘Isa, jurnalistika ta’limida 
jurnalistika faoliyatini tahliliy tanqid qila oladigan kadrlar yetishmasligi 
bo ‘lib, ularni tayyorlash ham juda muhim. Yana jurnalistshunos tayyorlash 
bugungi kun talabiga aylanib qoldi. Bu masalalarni talabalar o ‘rtasida dars 
vaqtida hamda mustaqil muhokama qilish, yuqorida aytilgan muammolarni 
tezroq hal etilishiga zamin tayyorlaydi, deb hisoblaymiz.

Download 9,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish