Oʼzbekiston respublikаsi oliy vа oʼrtа mаxsus tа'lim vаzirligi mirzo ulug’bek nomidаgi sаmаrqаnd dаvlаt аrxitekturа qurilish instituti


Uzluksiz taʼlim quyidagi taʼlim turlarini oʼz ichiga oladi



Download 468,57 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/15
Sana08.04.2022
Hajmi468,57 Kb.
#537889
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Amaliyot XISOBOT maqsud

Uzluksiz taʼlim quyidagi taʼlim turlarini oʼz ichiga oladi:
- maktabgacha taʼlim; 
- umumiy oʼrta taʼlim; 
- oʼrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi;
- oliy taʼlim;
-oliy oʼquv yurtidan keyingi taʼlim;
-kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
-maktabdan tashqari taʼlim. 


 Maktabgacha taʼlim bolaning sogʼlom, har tomonlama kamol topib, 
shakllanishini taʼminlaydi, unda oʼqishga intilish hissini uygʼotadi, uni muntazam 
taʼlim olishga tayyorlaydi hamda bola olti-yetti yoshga yetguncha davlat va 
nodavlat maktabgacha taʼlim muassalari va oilalarda amalga oshiriladi. Bu kabi 
taʼlim muassasalarining faoliyatini tashkilot ishda mahallalar, jamoat va xayriya 
tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi. 
Keyingi yillarda maktabgacha taʼlim muassasalarining yangi tarmogʼi 
shakllanib bormoqda. Bu oʼrinda "Xonadon bogʼchasi" hamda "Bolalar bogʼchasi-
boshlangʼich maktab" majmuallarini misol qilib keltirish mumkin. Maktabgacha 
taʼlim muassasalarida bolalarga tasviriy sanʼat, musiqa, til kompyuter 
savodxonligini oʼrgatuvchi guruhlar tashkil yetilmoqda. Bu kabi harakatlar 
maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalarning "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" 
talablari asosida maʼnaviy-axloqiy tarbiyalashga xizmat qiladi.
Umumiy oʼrta taʼlim toʼqqiz yillik majburiy xarakterdagi umumiy 
hamda uch yillik majburiy-ixtiyoriy xarakterdagi oʼrta maxsus hamda kasb-hunar 
taʼlimidan iborat. Umumiy oʼrta taʼlim boshlangich taʼlimni ham qamrab oladi. 
Mazkur bosqichda oʼqituvchilarning fanlar asoslari boʼyicha muntazam bilim 
olishlari, ularda bilim olish ehtiyojining yuzaga kelishi, asosiy oʼquv ilmiy va umum 
madaniy bilimlarning oʼzlashtirishlari, milliy va umumbashariy qadriyatlarga 
asoslangan maʼnaviy axloqiy qadriyatlarga mehnat, ijodiy fikrlash, atrof-muhitga 
ongli munosabatda boʼlish. shuningdek, kasb tanlash koʼnikmalarining shaklanishi 
uchun pedagogik shart-sharoit yaratiladi. Davlat tomonidan tasdiqlangan 
namunadagi attestat oʼquvchilarning umumiy oʼrta va oʼrta maxsus, kasb-hunar 
maʼlumotiga egaliklarini belgilaydi. Oʼquvchilarni kasb-hunarga yoʼnaltirish 
vazifasi maktab jamoasi va ota-onalar hamkorligida oʼquvchilarni kasb-hunarga 
yoʼnaltirish va psixologik-pedagogik tashxis markazlari rahbarligida amalga 
oshiriladi. Oʼqish muddati uch yil boʼlgan majburiy oʼrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi 
uzluksiz taʼlim tizimining mustaqil turi sanalib, Umumiy oʼrta taʼlim negizida 
tashkil etiladi. Oʼrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining ikki muhim yoʼnalishi boʼlgan 


- akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida taʼlim oluvchilar tomonidan ixtiyoriy 
ravishda tanlanadi. Аkademik litsey oʼquvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini 
hisobga olgan holda ularning jadval intellektual rivojlanishi chuqur, 
sotsialashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga yoʼnaltirilgan taʼlim olishlarini 
taʼminlash maqsadida davlat taʼlim standartlariga muvofiq oʼrta maxsus taʼlim 
beruvchi, yuridik maqomga ega taʼlim muassasasidir. Аkademik litseylarda 
oʼquvchilar oʼzlari tanlab olgan taʼlim yoʼnalishi (gumanitar, texnika, agrar va 
boshqa sohalar) boʼyicha bilim saviyalarini oshirish hamda oʼzlari fanni chuqur 
oʼrganishga qaratilgan maxsus kasb-hunar koʼnikmalarini shakllantirish 
imkoniyatiga ega boʼladilar. Аkademik litseylar asosan oliy oʼquv yurtlari qoshida 
tashkil etiladi. Kasb-hunar kollejlari esa oʼquvchilarning muayyan kasb-hunarga 
moyilligi, layoqatlari, bilim va koʼnikmalarini chuqur rivojlantirish, ularning 
tanlagan yoʼnalishlar boʼyicha bir yoki bir necha zamonaviy kasb sirlarini egallash 
imkonini beradi. Kasb-hunar kolleji oʼquvchilarniig kasb-hunarga moyilligi, bilim 
va koʼnikmalarini chuqur rivojlantiruvchi tanlab olingan kasb-hunar boʼyicha bir 
yoki bir necha ixtisosni egallash imkonini yaratish maqsadida tegishli davlat taʼlim 
standartlari doirasi; oʼrta maxsus, kasb-hunar taʼlimini beruvchi, yuridik maqomga
ega taʼlim muassasasidir. Kasb-hunar kollejlari yangi tipdagi taʼlim muassasalar 
boʼlib ularning jihozlanganlik darajasi, pedagogik tarkibning puxta tanlanganligi 
shuningdek oʼquv jarayonining zamonaviy texnika va texnologiyalar yordamida 
tashkil yetilishi alohida eʼtiborga loyiq. Аkademik litsey va kasb-hunar 
kollejlarining bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomlar 
beriladi. Ushbu diplom asosida bitiruvchilar taʼlimning keyingi bosqichlarida 
oʼqishni davom ettirish yoki egallangan ixtisos va kasb-hunar boʼyicha mexnat 
faoliyati, bilan shugʼullanish huquqiga ega boʼladilar. Oliy taʼlim oʼrta maxsus 
kasb-hunar taʼlimi negiziga asoslanib, ikki bosqich (bakalavriat hamda 
magistratura)da tashkil etilib, mutaxasisliklar yoʼnalishlari boʼyicha xalq 
xoʼjaligining turli sohalarida oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlaydi. Oliy taʼlim 
muassasalariga talabalar qabul qilish davlat grantlari negizida va pullik-
shartnomaviy asosda amalga oshiriladi. 


Bakalavriat mutaxassisliklari yoʼnalishi boʼyicha fundamental va amaliy 
bilim beradigan, taʼlim olish muddati kamida toʼrt yilda davom etadigan tayanch 
oliy taʼlim. Bakalavr darajasiga ega boʼlgan shaxs oliy taʼlim tizimi yoʼnalishidagi 
oʼzi tanlagan soha boʼyicha oliy maʼlumotli mutaxassis hisoblanadi va davlat 
klassifikatorida belgilangan lavozimda ishlash huquqiga yega boʼladi. Magistratura 
aniq mutaxassislik boʼyicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriat 
negizida taʼlim muddati kamida ikki yil davom yetadigan oliy taʼlim boʼlib, 
magistraturadagi tahsil yakuniy klassifikatsion davlat attestatsiyasiga muvofiq olib 
boriladi. 
Magistr bakalavr darajasidagi mutaxassisdan farqli maʼlum ixtisoslik 
boʼyicha taʼlim olgan yuqori malakali mutaxassis hisoblanib, u ilm-fan sohasida, 
ishlab chiqarishning maʼsuliyatli lavozimlarida faoliyat koʼrsatadi. U aspiranturaga 
kirish huquqiga ega. Doktoranturada taʼlim olish, shuningdek, mustaqil 
tadqiqotchilik faoliyatini tashkil etish asosida amalga oshiriladi. Oliy oʼquv yurtidan 
keyingi taʼlim nomzodlik yoki doktorlik dissertastiyalarining himoyasi bilan 
yakunlanadi. Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Аttestastiya Komissiyasi tomonidan 
olib borilgan yakuniy davlat attestastiyasi natijaiari tegishli ravishda fan nomzodi va 
fan doktori ilmiy darajasi hamda davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi 
diplomga ega boʼlish huquqini beradi. Har ikki (aspirantura, doktorantura) darajada 
sam maksad muayyan mutaxassisliklar boʼyicha oliy toifali ilmiy-pedagogik 
kadrlarni shakllantirishdan iborat. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta 
tayyorlash jarayonida asosiy eʼtibor mutaxassislarning kasb bilimlari va 
koʼnikmalarini yangilash hamda chuqurlashtirishga qaratiladi. Kadrlar malakasini 
oshirish va ularni qayta tayyorlash ana shu yoʼnalishda faoliyat yurituvchi taʼlim 
muassasalarida amaiga oshiriladi. Bu muassasa tinglovchilari oʼqish natijaiariga 
koʼra davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi guvohnoma yoki sertifikatga ega 
boʼladilar. Maktabdan tashqari taʼlim maktabdan tashkari davlat va nodavlat taʼlim 
muassasaiarida davlat organlari, jamoat tashkilotlari, yuridik va jismoniy shaxslar 
tomonidan madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yoʼnalishlarda yoʼlga 
qoʼyilib, bolalar hamda oʼsmirlarning taʼlimga boʼlgan, yakka tartibdagi, ortib 


boruvchi talab va ehtiyojlarini qondirish, ularning boʼsh vaqti va dam olishini 
tashkil etish maqsadidaa olib boriladi. Fan yuqori Malakali mutaxassisni 
tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilgʼor pedagogik va axborot 
texnologiyalarini ishlab chiqaruvchi boʼlib, (kadrlar tayyorlash milliy tizimida tabiat 
va jamiyat toʼgʼrisidagi qonuniyatlari toʼgʼrisidagi yangi fundamental va amaliy 
bilimlardan foydalanishni, yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tarkibini 
shakllantirishni, ulardan taʼlim tizimida unumli foydalanishni, shuningdek, kadrlar 
tayyorlash jarayonining ilmiy tadiqotlar infrastrukturasini yaratish, taʼlimning 
axborot tarmoqlarida foydalanish uchun bilimning turli sohalari boʼyicha axborot 
bazasini shakllantirishni hamda ilmiy tadqiqotlar darajasiga yangicha qarashlar 
zamirida yosh olimlarning, ilmiy-pedagogik xodimlarning ijtimoiy mavqei va 
obroʼsini oshirishni va shu kabilarni qamrab oladi. 1. Kadrlar tayyorlash milliy 
modelining tarkibiy qismlaridan biri sifatida fan, yana shuningdek, (taʼlim 
mazmunini tubdan yangilashda: taʼlim standartlari, taʼlim dasturlari, oʼquv 
darsliklari va qoʼllanmalar tayyorlashda, ilmiy metodik taʼminotni amalga 
oshirishda bevosita va bilvosita ishtirok yetadi). Ishlab chiqarish - kadrlarga boʼlgan 
ijtimoiy ehtiyojni shuningdek, ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan 
qoʼyiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini 
moliyaviy va moddiy-texnika jihatdan taʼminlash jarayonining qatnashchisi. 
"Ishlab chiqarishning talab-ehtiyojlari kadrlar tayyorlash tizimining yoʼnalishi, 
darajasi va miqyoslarini shakllantiradi, kasb tayyorgarligining maqsadi, vazifalari 
va mazmunini belgilaydi, malaka talablarini ilgari suradi, taʼlimning zamonaviy 
texnologiyalari va shakllarini tanlashni taqozo etadi. Ishlab chiqarish pirovard 
natijada kadrlarning sifati va raqobatbardoshligiga baho beradi". Ishlab chiqarish 
mutaxassis homiy va boshqa sifatlarda alohida mutaxassislarni tayyorlashni, 
guruhlarni va oʼquv yurtlarini moliyalash jarayonida ishtirok etib, 
mutaxassislarning kasbiy rivojlanishi va shaxsiy faolligini ragʼbatlantiradi, ularni 
moddiy va maʼnaviy jihatdan qoʼllab quvvatlashda bevosita ishtirok etadi". 
Аvvallari ishlab chiqarish tayyor kadrlar kuchi va salohiyatidan foydalanuvchi 
isteʼmolchi sifatidagina faoliyat olib bor boʼlsa, bugungi kunda ushbu faoliyat 


mazmuni tubdan oʼzgaradi. Endilikda ishlab chiqarish kadrlarni tayyorlash ushbu 
tayyorlash sifati va saviyasiga nisbatan oʼz talablarini qoʼya oladi. Shu bilan birga 
sifatli hamda yuksak saviyali mutaxassisni tayyorlab yetishtirish yoʼlida uzluksiz 
taʼlim hamda faol tarmoqlarining moliyaviy, moddiy-texnik jihatdan qoʼllab-
quvvatlash majburiyatini oʼz zimmasiga oladi. Shu asosida kadrlar taʼlim tizimining 
faol ishtirokchisiga aylandi. Milliy model konsepsiyasining mazmuni oʼzbek 
xalqining milliy turmush Tarzi va maʼnaviy-axloqiy anʼanalari bilan ham nafasdir. 
Zero, xalq orasida qadimdan maʼrifatli inson tushunchasi qoʼllanilib kelingan boʼlib, 
u oʼzida keng maʼno ifoda etadi. Bilim olishga intilish, maʼrifatli boʼlish oʼzbek 
xalqi, millatining ruhiyatida ustuvor oʼrin tutuvchi omil sanaladi. Maʼrifatlilik - 
faqatgina maʼrifatli bilim va malakaga ega bilish emas, ayni vaqtda chuqur 
maʼnaviy axloq hamdir. Bilimli, komil inson qiyofasida ana shunday xislatlarga ega 
shaxslar namoyon boʼladi. Shuning uchun ham kadrlar tayyorlash milliy modelining 
butun mohiyati oʼzbek xalqining milliy tarixi va hayot tarziga bilan bogʼlanib 
ketgan. Mustaqil Oʼzbekiston Respublikasi oʼziga xos takrorlanmas, tarixiy 
anʼanalarga asoslangan hamda bugungi kun talablariga toʼla javob bera oladigan 
kadrlar tayyorlash milliy modeli yaratildi.
Oʼqituvchining asosiy vazifalari va uning shaxsiga qoʼyiladigan talablar. 
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» gʼoyalarini amaliyotga tadbiq etish Respublika 
taʼlim tizimida olib borilayotgan islohotlar muvaffaqiyatini taʼminlash, taʼlim 
muassasalarida faoliyat olib borayotgan oʼqituvchi, tarbiyachi, ishlab chiqarish 
ustalarining maʼnaviy qiyofasi hamda kasbiy mahoratlariga ham bogʼliqdir. Shaxsni 
tarbiyalash ishi nihoyatda murakkab faoliyat jarayoni boʼlib, juda qadimdan ushbu 
faoliyatga jamiyatning yetuk kishilari jalb etilgandir. Mazkur holat yosh avlod 
tarbiyasi, uning tashkil etilishi mazmuni nafaqat shaxs kamoloti, balki jamiyat 
taraqqiyotini ham belgilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini anglatadi. 
Oʼzbekiston Respublikasida oʼqituvchi kadrlarning maʼnaviy qiyofasi, aqliy 
salohiyati hamda kasbiy mahoratiga nisbatan jiddiy talablar qoʼymoqda. Chunonchi, 
bu borada Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti I.А.Karimov quyidagilarni qayd 
etadi: «Tarbiyachi – ustoz boʼlish uchun, boshqalarning aql-idrokini oʼstirish, 


maʼrifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib etish-
tirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining ana shunday yuksak talablarga javob 
berishi, ana shunday buyuk fazilatlarga ega boʼlishi kerak». Yuqorida qayd etilgan 
fikrlardan bugungi kun oʼqituvchisi shaxsiga nisbatan qoʼyilayotgan talablar 
mazmuni anglaniladi. Zamonaviy oʼqituvchi qanday boʼlishi zarur? Oʼqituvchi 
(pedagog) pedagogik, psixologik va mutaxassislik yoʼnalishlari boʼyicha maxsus 
maʼlumot, kasbiy tayyorgarlik, yuksak axloqiy fazilatlarga ega hamda taʼlim 
muassasalarida faoliyat koʼrsatuvchi shaxs sanaladi. Oʼzbekiston Respublikasining 
«Taʼlim toʼgʼrisida»gi Qonunining 5 moddasi 3-bandiga muvofiq taʼlim 
muassasalarida sudlangan shaxslarning pedagogik faoliyat bilan shugʼullanishlariga 
yoʼl qoʼyilmaydi. Zamonaviy pedagog va unga qoʼyiladigan kasbiy talablar. 
Oʼqituvchining koʼp qirrali va murakkab faoliyati zamirida yosh avlodni odobli, 
axloqli qilib tarbiyalash, ularni bilimlar bilan qurollantirish kabi muhim vazifalar 
yotadi. Bularni amalga oshirish esa oʼqituvchining xilma-xil faoliyatiga bogʼliq. 
Bolalarni oʼqitish, maktabdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va 
oʼtkazish, ota-onalar oʼrtasida pedagogik targʼibot ishlarini olib borish va hokazo. 
Bularning hammasi oʼqituvchidan chuqur bilimga ega boʼlishni, oʼz sohasini, 
bolalarni sevishni talab etadi.
Yuqori malakali raqobatbardosh pedagogik kadr sifatida:
ijodiy va ijtimoiy faol;
gʼoyaviy – siyosiy va maʼnaviy – axloqiy yetuk boʼlishi; 
yuqori darajadagi ilmiy – nazariy, 
psixologik – pedagogik, 
ilmiy – metodik tayyorgarlik orqali yuksak kasb – hunar madaniyatiga ega 
boʼlishi nazarda tutiladi. Oʼqituvchi mutaxassisligining zamonaviy modelini 
tuzishda quyidagilar konsteptual asos sifatida qabul qilindi:
oʼqituvchi yuqori darajadagi ilmiy – nazariy, 


 psixologik – pedagogik, 
ilmiy – metodik tayyorgarlik orqali yuksak kasb – hunar madaniyatiga ega 
boʼladi. oʼqituvchini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonida 
ularning kasbiy tayyorgarligini orttirishda ilmiy – nazariy, psixologik – pedagogik, 
tarkibiy qismlar bilan uzviy ravishda ilmiy – metodik tayyorgarlikni amalga oshirish 
zarur; oʼqituvchining pedagogika oliy oʼquv yurtlarida oʼzlashtirgan barcha bilim, 
koʼnikma va malakalari pedagogik faoliyatida xususiy metodik darajada, yaʼni 
mutaxassislik fanini oʼqitish jarayonida qoʼllaniladi. 
Shu bois oʼqituvchi kasbiy tayyorgarligining tarkibiy kismlari ichida ilmiy-
metodik tayyorgarlik yetakchi oʼrin egallashi nazarda tutildi; oʼqituvchi ilmiy-
metodik tayyorgarligining tarkibiy qismlari sifatida metodologik, gnoseologik, 
konstruktiv, kommunikativ, loyihalash va tashkiliy faoliyatga oid bilim, koʼnikma 
va malakalarni aniqlash lozim; yuksak kasb-hunar madaniyatiga ega boʼlgan 
mutaxassis oʼzida ijtimoiy va ijodiy faollik, gʼoyaviy-siyosiy, maʼnaviy-ahloqiy 
yetuklikni mujassamlashtirsa, yuqori malakali raqobatbardosh pedagogik kadr 
sanaladi; pedagog kadrlar ijtimoiy va ijodiy faolligi, gʼoyaviy-siyosiy maʼnaviy 
axloqiy yetukligi oʼqituvchilar kasbiy tayyorgarligi va va ularning tarkibiy 
qismlariga bevosita va bilvosita taʼsir koʼrsatadi. Maʼlumki, gʼoyaviy–siyosiy ilmiy 
– metodik tayyorgarlikning tarkibiy qismi boʼlgan metodologik malakali yuksak 
kasb – hunar madaniyatiga ega boʼlgan metodologik bilim, koʼnikma va malakalarga 
asos boʼlib xizmat qiladi. Ijtimoiy va ijodiy faollik oʼqituvchining oʼz kasb-hunar 
madaniyatiga ega boʼlgan oʼqituvchining pedagogik faoliyatiga ijodiy yondashuviga 
va ijtimoiy faolligiga oʼz taʼsirini koʼrsatadi; yuqori malakali raqobatbardosh 
pedagog boʼlgan oʼqituvchi, oʼz navbatida yuksak maʼnaviyat va madaniyat egasi, 
milliy istiqlol gʼoyalarini singdirgan shaxs sifatida, taʼlim-tarbiya jarayonidagi 
istiqbol vazifalarni ilgari surish va hal etish orqali, jamiyat taraqqiyotiga munosib 
hissa qoʼshadi, hayotda mustaqil ravishda moʼljalni toʼgʼri oladigan boʼladi; 
oʼqituvchini tayyorlashda kasbiy tayyorgarlikning tarkibiy qismlari, yuqori 
malakali raqobatbardosh pedagogik kadr va shaxs sifatidagi xususiyatlarini yaxlit 


holda tasavvur qilib, ularning oʼrtasidagi uzviylikni amalga oshirish zarur. 
oʼqitishda kasbiy yoʼnaltirilganlik orqali boʼlgʼusi oʼqituvchilarning gʼoyaviy-
siyosiy, maʼnaviy – axloqiy yetukligini, ixtisoslik fanlar tarkibidagi mutaxassislik 
fanlari ilmiy-nazariy tayyorgarlikni, psixologiya va pedagogika fanlarini oʼqitishda 
kasbiy sifatlar va kasbiy tayyorgarlikning tarkibiy qismlarini shakllantirish, 
psixologik-pedagogik tayyorgarlikni ilmiy-metodik tayyorgarlik bilan uzviy holda 
amalga oshirish orqali kasbiy tayyorgarlikni mos ravishda shakllantirish va orttirish 
nazarda tutildi. Kadrlar tayyorlash milliy modelimizning asosiy tarkibiy qismi 
quyidagilardan iborat:
SHАXS - kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta’lim 
soxasidagi xizmatlarining iste’molchisi va uni amalga oshiruvchisi.
DАVLАT va JАMIYAT—ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini 
tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni 
qabul qilib olishning kafillari:
UZLUKSIZ TАʼLIM—malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning 
asosi bo’lib, ta’limning barcha turlarini, DTSni, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi 
va uning faoliyat ko’rsatish muxitini o’z ichiga oladi. FАN—yuqori malakali 
mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg’or pedagogik va axborot 
texnologiyalarini ishlab chiquvchi:
ISHLАB CHIQАRISH—kadrlarga bo’lgan extiyojni, shuningdek ularni 
tayyorgarlik sifati va saviyasiga qo’yiladigan talablarni belgilovchi asosiy 
buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy texnika jixatidan 
taminlash jarayonining qatnashchisi.
Davlat va jamiyat uzluksiz talim va kadrlar tayyorlash tizimi barcha uchun 
ochiq bo’lishni va xayot o’zgarishlariga moslanuvchanligini taminlaydi. Аynan bu 
yo’nalishda respublikamizda Ta’lim to’g’risida Qonun, uzluksiz ta’lim DTS, 
umumiy o’rta ta’lim konstepstiyalari ishlab chiqilib amaliy jarayyonda tadbiq 
qilinmoqda. Kadrlar tayyorlash milliy dasturimizning o’zagini tashkil qiluvchi 


Milliy modelimizning keng qamrovliligi va ichki yaxlitligi dunyoda mavjud boshqa 
modellardan uning prinstipial farqli jihatidir. Milliy modelimiz konsepsiyasining 
mazmuni milliy turmush tarzimiz va manaviy axloqiy an’analarimiz bilan ham 
nafasdir. Chunki bizda qadimdan marifatli inson tushunchasi ancha keng ma’noni 
anglatadi. Unutmasligimiz kerakki, marifat xalqimiz, millatimiz konidadir.

Download 468,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish