Oʼzbekiston respublikаsi oliy vа oʼrtа mаxsus tа'lim vаzirligi mirzo ulug’bek nomidаgi sаmаrqаnd dаvlаt аrxitekturа qurilish instituti



Download 468,57 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/15
Sana08.04.2022
Hajmi468,57 Kb.
#537889
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Amaliyot XISOBOT maqsud

 
 


OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI KАDRLАR TАYYORLАSH MILLIY 
DАSTURINING IJTIMOIY MOHIYATI. 
Oʼzbekiston Respublikasi siyosiy mustaqillikni qoʼlga kiritgach, ijtimoiy 
xayotimizning barcha sohalarida tub islohotlar amalga oshirila boshlandi. Totalitar 
boshqaruv usuli asosida, ish yuritilayotgan xalq taʼlimi tizimida ham soʼngi oʼn 
yilliklar davomida yuzaga keladigan muammolarni hal etish vazifasi Respublika 
hukumati hamda mutasaddi tashkilotlarni taʼlim tizimida ham jiddiy oʼzgarishlarni 
amalga oshirishga undadi. Bu boradagi say-harakatlarning samarasi sifatida 1992 yil 
iyul oyida mustaqil Oʼzbekistonning ilk "Taʼlim toʼgʼrisida"gi qonuni qabul qilindi. 
Mazkur Qonun mazmunida Respublika taʼlimi tizimi, uning asosiy, yoʼnalishlari, 
maqsad, vazifalari, taʼlim bosqichlari va ularning moxiyati kabi masalalar oʼz 
ifodasini topdi. Biroq, 1997 yilga kelib, Oʼzbekiston Respublikasining "Taʼlim 
toʼgʼrisida"gi Qonuni va uning mazmunida ilgari surilgan gʼoyalarning amaliyotga 
tadbiq tahlil etilganda, bu borada muayyan kamchiliklarga yoʼl qoʼyilganligi 
aniqlandi. Oʼtkazilgan tahlil natijalariga koʼra, taʼlim tizimida olib borilayotgan 
islohot aksariyat oʼrinlarda chuqur ilmiy asoslarga ega boʼlmaganligi maʼlum boʼldi 
hamda kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish zarurligi belgilandi. Shu bois 
Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida yangi tahrirdagi 
Oʼzbekiston Respublikasining "Taʼlim toʼgʼrisida"gi Qonuni va "Kadrlar tayyorlash 
milliy dasturi" qabul qilindi. Har 
qanday 
mamlakatning 
kuchi 
uning, 
fuqarolarining maʼnaviy etukligi, intellektual salohiyatga egaligi bilan belgilanadi. 
Fuqarolarning maʼnaviy etukligi, intellektual salohiyati esa taʼlim tizimining 
mazmuni, shaxsning har tomonlama shakllanishi uchun xizmat qiluvchi moddiy va 
maʼnaviy shart-sharoitlarning mavjudligi, jamiyatda qaror topgan ijtimoiy sogʼlom 
muhit darajasi, ijtimoiy munosabatlar mazmuni, shuningdek, aholining 
etnopsixologik xususiyatlari, axloqi qarashlari va hayotiy eʼtiqodlari asosida 
shakllantiriladi. "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"ning yaratilishida mazkur 
jihatlar toʼla oʼrganildi. Milliy dastur asosini Oʼzbekistonning taraqqiyotini 
taʼminlay oladigan, uni jahoni ilgʼor mamlakatlari darajasiga koʼtarilishiga hissa 
qoʼshuvchi dadil, mustaqil fikrlovchi, bilimli, malakali mutaxassis, shuningdek 


ijobiy sifatlarga ega boʼlgan kadrlarni tayyorlab voyaga yetkazish jarayonini tashkil 
etadi. 
Xoʼsh, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" qanday hujjat? Uning mazmunida 
qanday gʼoyalar ifoda etilgan? "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" Oʼzbekiston 
Respublikasining "Taʼlim toʼgʼrisida"gi Qonunining qoidalariga muvofiq, milliy 
tajribaning tahlili va taʼlim tizimidagi, jahon miqyosidagi yutuklar asosida 
tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy 
faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda moʼljalni toʼgʼri ola bilish 
mahoratiga ega boʼlgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir 
kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yoʼnaltirilgandir. 
"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" ning maqsadi - taʼlim sohasini tubdan isloh 
qilish, uni oʼtmishdan qolgan mafkuraviy qarash va sarqitlardan toʼla xalos etish, 
rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak maʼnaviy va axloqiy talablarga 
javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdan 
iboratdir.
"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da ilgari surilgan maqsadni toʼlaqonli 
roʼyobga chiqarish bir qator vazifalarning ijobiy hal qilishni nazarda tutadi. Dasturda 
bu boradagi vazifalarning quyidagilardan iboratligi koʼrsatiladi: 
- "Taʼlim toʼgʼrisida"gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq taʼlim 
tizimini isloh qilish, davlat va nodavlat taʼlim muassasalari hamda taʼlim va kadrlar 
tayyorlash sohasida, raqobat muhitini shakllantirish negizida taʼlim tizimini yagona 
oʼquv, ilmiy-ishlab chiqarish majmui sifatida izchil rivojlantirishni taʼminlash; - 
taʼlim va kadrlar tayyoorlash tizimini jamiyatga amalga oshirayotgan demokratik 
huquqiy davlat qurilish jarayonlariga moslashtirish; - kadrlar tayyorlash tizimi 
muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan taʼminlash, pedagogik 
faoliyatining nufuzi va ijtimoiy maqomini koʼtarish; - kadrlar tayyorlash tizimi va 
mazmunini mamlakatni ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat 
ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarning zamonaviy 
yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish; - taʼlim oluvchilarni maʼnaviy 


axloqiy tarbiyalashning va maʼrifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini 
ishlab chiqish va joriy etish; - taʼlim va kadrlar tayyorlash, taʼlim muassasalarini 
attestatsiyadan oʼtkazish va akkreditatsiya qilish sifatiga baho berishning holis 
tizimini joriy qilish; - yangi ijtimoiy - iqtisodiy sharoitlar taʼlimning talab 
qilinadigan darajasi va sifatini, kadrlar tayyorlash tizimining amalda faoliyat 
ko’rsatishi va barqaror rivojlantirishning kafolatlarini, ustuvorligini taʼminlovchi 
normativ, moddiy - texnika va axborot bazasini yaratish; - taʼlim, fan, ishlab 
chiqarish samarali integratsiyalashuvini taʼminlash, tayyorlanayotgan kadrlarning 
miqdori va sifatiga nisbatan davlatning talablarini, shuningdek, nodavlat tuzilmalari, 
korxonalar va tashkilotlarning buyurtmalarini shakllantirishning mexanizmlarini 
ishlab chiqish; - uzluksiz taʼlim va kadrlar tayyorlash tizimiga byudjetdan tashqari 
mablagʼlar, shu jumladan, chet el investitsiyalari jalb etishning real mexanizmlarini 
ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
- kadrlar tayyorlash sohasida oʼzaro manfaatli xalqaro hamkorlikni 
rivojlantirish. Milliy dasturning maqsad va vazifalarini bosqichma - bosqich amalga 
oshiriladi. Har bir bosqichda muayyan vazifalarning hal etilishi nazarda tutiladi.

Download 468,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish